Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech

logouz5logouz3

logouz4

flag gerb kons madhiya

 

Maqolalar sana bo'yicha

« Mart 2017 »
Duy Sey Chr Pay Jum Shn Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

 

transport va xizmat korsatish kolleji sayti

 

Yangiliklarga

captcha 

 

 

orphus uz

FARG'ONA VILOYATI XOKIMING

VIRTUAL QABULXONASI

________________________

Murojat uchun telefon

1088

________________________
Ish vaqti dushanba-juma
soat 09:00 dan 18:00 gacha
tushlik 13:00-14:00

Saytni baholang

EZGULIK QO’ShIG’IN KUYLAYVER, NAVRO’Z!

Quvasoy. Bu yilgi Navro’zni quvasoyliklar o’zgacha shukuh va ko’tarinkilik bilan qarshi oldilar. Erta tongda mahallalarda mashinada karnay chalinib, jarchilar barchani shahar markaziga – katta xalq sayliga taklif etdilar.

Shaharda o’ndan ortiq millat vakillari totuvlikda istiqomat qiladilar. “Kamolot” bog’ida 30 ta mahalla fuqarolar yig’ini, 4 ta kasb-hunar kolleji, 28 ta umumta’lim maktabi, 14 ta maktabgacha ta’lim muasassasi ko’rgazmalari, milliy hunarmandchiligimiz namunalari bilan ishtirok etdilar.

Katta doshqozonlarda sumalak pishirilib, elga tortiq etildi.

– O’zbekistonda birinchi bor bo’lishim, – deydi italiyalik Federika D.Eliya. – Bunday mehmondo’st, bag’ri keng va ochiq yuzli kishilarni dunyoning hech bir joyida uchratmaganman. Ayniqsa, bayramni birgalikda, shodu hurramlikda nishonlashingiz, bir-biridan mazali taomlaringiz, muomala madaniyatingiz tahsinga loyiq. Barchani Navro’zi olam bilan tabriklayman!

Bog’ markazida elimizning taniqli xonandalari, yosh ijrochilarning qo’-shiqlari barchani raqsga chorladi.

– Fermer xo’jaligimizda 55 mingta tovuq parvarish qilinadi, – deydi “Do’stlik-parranda” fermer xo’jaligi ish boshqaruvchisi Jasur Hamidov. – Bayram yarmarkasida quvasoyliklar va shahar mehmonlari uchun sifatli tuxum va go’sht mahsulotlarini arzon narxlarda sotyapmiz.

Shahar markazida rishtonlik Bahromjon Polvon guruhi dorbozlari tomonidan ajoyib tomoshalar namoyish etildi, masxarabozlarning chiqishlari quvasoyliklar kayfiyatini ko’tardi.

“Afsona” majmuasida esa 300 nafardan ortiq Quvasoyning fidoyi va faol ayollari Navro’z shodiyonasiga taklif etildilar.

Quvasoy shahridagi 2-umumta’lim maktabida 500 nafar 6 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan, muntazam sport bilan shug’ullanadigan qizlarga Prezident sovg’asi – sport kiyimlari tantanali topshirildi.

Beshariq. Beshariqliklar tuman markaziy o’yingohidan boshlab, Oltin vodiy va Sirdaryo ko’chalari, ularga tutash bo’lgan “Shodlik” madaniyat va istirohat bog’ida tashkil etilgan xalq sayllariga oshiqdilar.

Sayilgohda tashkil etilgan kurash, dorbozlik, varrak uchirish singari milliy o’yinlar tomoshasi, xalq amaliy san’ati namunalari, sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko’rgazmasi bayramga o’zgacha ruh berdi.

Navro’z oshi, yakka-yolg’izlar, yoshi ulug’lar, boquvchisini yo’qotgan oilalar uchun tuzalgan noz-ne’matlar tuman hokimligi, mahallalar, korxona va tashkilotlar hamda saxovatpesha homiylarning mehr-oqibat va yaxshilik ayyomiga atalgan ezgu tuhfasidir.

Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan oziq-ovqat va kiyim-kechak, xo’jalik buyumlari singari mahsulotlarning arzonlashtirilgan savdosi tashkil etildi.

Xalq sayliga chiqqan aholiga bepul transport xizmati yo’lga qo’yilganidan yosh-u keksa birdek minnatdor.

Bayram tantanasida taniqli estrada xonandalari, yosh ijrochilar, folklor jamoalarining milliy va zamonaviy kuy-qo’shiqlari yangradi, dilbar raqslar ijro etildi.

QUVA. Tuman ahlining Navro’z bayrami Ahmad al-Farg’oniy xiyobonida o’tkazildi.

Ertalabdanoq karnay-surnay sadolari hammani ushbu maskan sari chorladi.

Odatimizga ko’ra, 200 nafardan ziyod nuroniylarga osh tarqatildi. Ular tinchlik va osoyishtalik barqaror, dehqonchiligimiz barakali bo’lishini Ollohdan tilab duoga qo’l ochdilar.

Xiyobon maydoni va yo’laklarida yakka tartibdagi tadbirkorlar, qo’li gul hunarmandlar, oilaviy korxonalar, mohir chevarlar o’zlari ishlab chiqargan mahsulotlari ko’rgazmalarini tashkil qildilar. Maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari, kutubxonalar xodimlari, to’garaklar faoliyatidan, sahna asarlaridan namunalar, yangi kitoblarni, bolalar o’yinchoqlarini namoyish qilishdi. “Anor” va “Zebo” xalq dastalari san’atkorlarining kuy-qo’shiqlari, dor o’yinlari Navro’z sayliga o’zgacha ruh bag’ishladi. Mehmonlarga sumalak tarqatildi.

Tuman markazida tadbirkor Akmaljon Hasanovning tashabbusi bilan oziq-ovqat mahsulotlari “IDEAL” supermarketining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Tolmozor qishlog’ida Muhammadjon Abdumo’minov sobiq ombor binosi o’rnida chet el texnologiyalari yordamida mevani qayta ishlab, sharbat chiqaruvchi “KARIM A. EKSPORT” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi korxonaga asos soldi.

Navro’zi olam shodiyonalari tumandagi Dehqonobod, Yangiobod, Soyguzar, Xonobod, Turkrovot kabi 20 dan ziyod mahallalar va qishloqlarda davom etmoqda.

FURQAT. Navro’z tantanalari doirasida tuman markazi va hududlarda bayram yarmarkalari tashkil etildi.

Yarmarkada kundalik oziq-ovqat,meva-sabzavot mahsulotlari savdosi yo’lga qo’yilib, tuman ahli uchun bayram dasturxonini sifatli noz-ne’matlarbilan to’ldirish imkoniyati yaratildi.

– Belgilangan rejaga ko’ra 23 mart kuniga qadar Furqat tumani markazi va Qolgandaryo hududida bayram yarmarkalarimiz bir maromda faoliyat ko’rsatishi ko’zda tutilgan, – deydi “Qo’qonoziqovqatinvest” MChJ meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g’amlash korxonasi mas’ul xodimi Dilshod Jalilov. – Yarmarkaga qo’yilayotgan mahsulotlar bozor narxidan 45-50 foizgacha arzon sotilayotgani hamyurtlarimizga juda ham manzur bo’lmoqda.

UChKO’PRIK. Bayram shodiyonalariga tuman markazi va mahallalarda tashkil etilgan milliy sport o’yinlari, dorbozlik, askiya, masxarabozlik, bolalar musiqa va san’at maktabi o’quvchilari-ning chiqishlari, mashhur san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo’shiqlar yanada shukuh bag’ishladi.

– Bayram arafasida navbatma-navbat shoshilinch tez tibbiy yordam, qabulxona, jarrohlik, jonlantirish, bolalar va diagnostika bo’limlari kapital rekonstruktsiya qilinib, foydalanishga topshirildi, – deydi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig’i Bahodirjon Oripov. – Bu yurtimizda olib borilayotgan hayotbaxsh islohotlar zamirida inson manfaatlari ustuvor vazifa sifatida belgilanganini amaldagi yana bir tasdig’idir.  

DANG’ARA. Tumanda Navro’zi olam shodiyonalari obodonchilik, ko’kalamzorlashtirish tadbirlari bilan boshlandi. Bahorning ilk kunidanoq tuman markazidagi Yoshlar istirohat bog’ida katta ko’tarinkilik bilan hashar uyushtirilib yangidan manzarali bog’ barpo etildi.

Tumanning 15 ta hududida doshqozonlarda sumalak solinib, sayil tashkil etildi, bahoriy taom tarqatildi.

Markaziy o’yingohda “Eng yaxshi folklor jamoasi”, “Eng yaxshi hunarmand” tanlovlari, varrak uchirish musobaqalari bo’lib o’tdi. Kam ta’minlangan oilalar farzandlariga sport kiyimlari hadya sifatida ulashildi.

Markaziy ko’chalarda yo’lning ikki tomonidagi savdo yarmarkalari farovonlik, to’kinlik ifodasi, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikning namunasi bo’lib xizmat qildi. Tumandagi “Ayubxon tekstil”, “Dang’ara mega ketl” xususiy ishlab chiqarish korxonasining mahsulotlari bayram qatnashchilariga manzur bo’ldi. Shuningdek, gulchilik bilan shug’ullanayotgan oilaviy tadbirkorlarning o’zlari etishtirgan gul ko’chatlari, gultuvaklardagi anvoyi ranglarda ochilgan gullar ko’rgazmasi taassurotlarga boy bo’ldi.

YoZYoVON. Bahorni o’zgacha intiqlik bilan kutgan yozyovonliklar ham tuman markazida tashkil etilgan bayram sayillariga chiqishdi.

Bahor kelishi bilan boshlanajak dehqonchilik va bog’dorchilik ishlariga barokatlar tilab boshlangan xalq sayllarida ko’klam, bahor, qadim va azaliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi ko’rgazmalar namoyish etildi. Ko’rgazmalardan o’rin olgan bahoriy taomlar, go’zallik va yoshlikni aks ettiruvchi xalq san’ati namunalari odamlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Ayniqsa, milliy xalq o’yinlari tomoshabinlarda katta taassurotlar qoldirdi. Dorbozlaru polvonlarning chiqishlari olqishlar bilan qarshilandi.

Yozyovondagi xalq sayllari kech oqshomga qadar davom etdi. San’atkorlar ijrosidagi ko’klam va bahorni ulug’lovchi kuy va qo’shiqlar, serjilo raqslar bayram tadbiriga o’zgacha tarovat hamda shukuh bag’ishladi.

RIShTON. Tumanidagi Roshidoniy istirohat bog’ida erta tongda karnay-surnay sadolari ostida Navro’z sayli boshlandi. Sayilga kelayotgan odamlarning yuz-ko’zlarida ko’klamga, Navro’zga etkazganiga shukronalik aks etdi.

Biri-biridan go’zal rishtonlik kelinchaklar yoshu keksani birdek latif ta’zim bilan kutib oldilar. Bahoroyning tashrifi esa Navro’zni sog’ingan ko’ngillarga quvonch hadya etdi. Qish bo’yi ko’klamni intiqib kutgan nuroniy onaxonlar raqslarni boshlab yuborishdi.

Kurash, merganlik tomoshalari barchaga zavq ulashdi. Yurtimizga tashrif buyurgan chet ellik mehmonlar ham Navro’z tomoshalarini o’zgacha zavq bilan kuzatishdi. Yunisefning O’zbekistondagi vakolatxonasi direktori o’rinbosari Yulya Alenin va boshqa mehmonlar uchun non va tuz mehmondo’stligimiz ramzi sifatida ushatildi.

Yoshu qari ko’cha va xiyobonlarga, guzar va saylgohlarga, dashtu dalalarga, qir-adirlarga chiqdilar. Sayil qizigandan qizidi. Hofizu xonandalar xonish qildi, laparlar yangradi, askiyachi va qiziqchilarning ichakuzdi latifayu payrovlari ko’ngillarga shodlik ulashdi.

QO’ShTEPA tumani markazida xalq sayli tashkil etildi. Doshqozonlarda osh damlanib, elga tortiq qilindi. Sumalakning xushbo’y hidi barchaga iliq hissiyotlar ulashdi. Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari tomonidan tashkil etilgan ko’rgazmalar katta qiziqish uyg’otdi. Dorbozlar o’z san’atini namoyish etishdi.

Tuman bolalar va o’smirlar sport maktabining iqtidorli o’quvchilari boks, gimnastika va boshqa sport turlari bo’yicha o’z mahoratini ko’rsatishdi.

– Bugun ota-onam bilan Navro’z saylida ishtirok etyapman, – deydi 24-umumta’lim maktabining 5-sinf o’quvchisi Madina Yigitalieva. – Attraktsionlarda bepul uchdik. Qiziqarli tadbirlar, tengdoshlarimning ijodiy ishlarini ko’rib, havasim keldi. Ayniqsa, “Gullar va qushlar” bayramida ona tabiatni asrash va unga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish haqida qo’shimcha ma’lumotlar oldik.   Yurtimizda doim bayram bo’lishini istayman.

BAG’DOD tumani markazida tashkil etilgan bayram chinakam shodlik, xursandchilik ayyomiga aylandi.

–     Xalqimiz shu qutlug’ onlar, kunlar uchun qanchalik minnatdor ekanligini ularning yuzu ko’zidan bilsa bo’ladi, – deydi mehnat faxriysi Risolatxon Ovulg’ozieva. – Keksayu yosh bir-biriga ezgu niyatlar tilab, yangi kun bilan qutlashyapti. Bolalarning zavqlanayotganligini ko’rib, diling yayraydi. Qalbing quvonchga to’ladi. Ayniqsa, bu yil bayram o’zgacha   kutib olinyapti.

Bayram davomida tumandagi 57 ta o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan osh tanlovi o’tkazildi. Kurash, shaxmat-shashka kabi sport musobaqalari g’oliblariga sovg’alar topshirildi.

Ko’chma hayvonot bog’i, dorbozlar chiqishlari bolalarga unutilmas lahzalarni hadya qildi. Ularning beg’ubor qiyqirishlari, qo’shiq aytib, raqsga tushishlari tadbirga o’zgacha fayz kiritdi.

O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist To’lqinjon Haydarov, elimizning sevimli san’atkori Abdujalil Qo’qonovning diltortar qo’shiqlari, 16, 29-bolalar musiqa va san’at maktablari o’quvchilarining chiqishlari olqishlar bilan kutib olindi.

YUKLAB OLISH

Izoh qoldirish

X

Ekran suhandoni


Saytda ovozli hamroh mavjud!


Matnni tinglash uchun sichqoncha bilan belgilang va enter tugmasini bosing

Murojaatlar monitoringi

2017-yil 10 mart holatiga

Barcha murojaatlar 1073 ta100%
Javob berilgan 950 ta88.5%
Ko`rib chiqilmoqda 23 ta11.5%

1083
Ishonch telefoni
________________________________
0 373 244 05 23
Yagona telefon
z-index
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ

tabBg3

 

Foto lavhalar

 

collage photocat

Murojaat holatini tekshirish

Murojaatingiz holatini tekshirish uchun so'ralgan ma'lumotlarni kiriting

Murojaat holatini tekshirish

Sizning murojaatingiz qabul qilingan.Ayni paytda murojaatingiz ko`rib chiqish jarayonida!

Hozir saytda

9
online foydalanuvchilar

Agro.uz.pngCCITT.uz.pngHUKUMAT PORTALI.pngID.uz.pngParlament.gov.uz.pngPrezident.uz.pngSenat.gov.uz.pngegov.uz.pnglex.uz.pngmy.gov.uz.pngsoliq.uz.pngwww.uz.png
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ