Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech

logouz5logouz3

logouz4

flag gerb kons madhiya

 

Maqolalar sana bo'yicha

« Mart 2017 »
Duy Sey Chr Pay Jum Shn Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

 

transport va xizmat korsatish kolleji sayti

 

Yangiliklarga

captcha 

 

 

orphus uz

FARG'ONA VILOYATI XOKIMING

VIRTUAL QABULXONASI

________________________

Murojat uchun telefon

1088

________________________
Ish vaqti dushanba-juma
soat 09:00 dan 18:00 gacha
tushlik 13:00-14:00

Saytni baholang

MAHALLA ISNTITUTI FAOLIYATI

qadriabad milliy qadriyatlar va zamonaviy mezonlar asosida rivojlanadi

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 3 fevral kungi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni mamlakatimizda dunyoda o’xshashi yo’q va noyob tuzilma – fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi bo’lgan mahalla faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Bu borada fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o’rni va rolini kuchaytirish, ularni joylarda xalqimizning chinakam maslakdoshi va ko’makdoshiga aylanishi ko’zda tutilayotgani barchamizni behad mamnun etadi. Bu esa, o’z navbatida, jamiyatimizda o’zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini shakllantirishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishda mahallaning ahamiyati va nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi. Barkamol avlod tarbiyasi, aholining ehtiyojmand qatlamlari, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash sohasida mahallaning davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o’zaro hamkorligini mustahkamlay-di. Jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolarda qonunga hurmatni kuchaytirishda bevosita mahallaning ishtirokini kengaytirib, mahalla tizimida yagona huquqni qo’llash amaliyotini shakllantirish imkonini beradi.

Ta’kidlash joizki, ushbu huquqiy hujjatda belgilangan ezgu tashabbuslarni hayotga tatbiq etish borasida viloyatimizda ham keng ko’lamli sa’y-harakatlar olib borilyapti. Shu maqsadda joriy yilning 16 mart kuni viloyatimizning barcha hududlarida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha shahar-tumanlar kengashlarining ta’sis yig’ilishlari bo’lib o’tdi. Yig’ilishlarda viloyat hokimligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi mas’ul xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda fuqarolar yig’inlaridan saylangan delegatlar ishtirok etishdi.

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Yozyovon tuman Kengashining ta’sis konferentsiyasida fuqarolar yig’inlaridan saylangan 132 nafar delegatlar qatnashdi. Yig’ilishda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Yozyovon tuman Kengashi va uning namunaviy nizomi, ijro apparati, kengash raisi, birinchi o’rinbosari hamda raisning yoshlar, diniy-ma’rifiy masalalar, keksalar va faxriylar ishlari bo’yicha o’rinbosarlari hamda kengash kotiblari tasdiqlandi.

–     Ta’sis konferentsiyasida mahalla tizimi faoliyatini har tomonlama namunali tarzda tashkil etish borasida oldimizda turgan eng muhim ustuvor vazifalarga jiddiy e’tibor qaratildi, – deydi “Ishtirxon” mahalla fuqarolar yig’inining diniy-ma’rifiy masalalar bo’yicha maslahatchisi Mayramxon Sultonova. – Ishonamizki, bundan buyon mahalla tizimida katta hayotiy tajriba va bilimga ega bo’lgan faol hamda fidoyi insonlar jamul-jam bo’lib, zimmamizga yuklatilayotgan mas’uliyatli vazifani sharaf bilan uddalaydilar.

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Farg’ona shahar kengashining ta’sis konferentsiyasi ham ochiq va oshkora, samimiy muloqot tarzida o’tkazildi. Yig’ilish ishtirokchilari davlatimiz rahbarining mazkur qarori hayotbaxsh islohotlar jarayonida mahalla institutining o’rni va mavqeini yanada yuksaltirishini alohida mamnuniyat bilan ta’kidlashdi.

–     Qadriabad qadriyatlarimiz sirasiga kiruvchi mahalla tizimi o’ziga xos an’analarga ega, – deydi shahardagi “To’qimachilar” mahalla fuqarolar yig’ini raisi Ergash-ali Zokirov. – Bugungi ezgu maqsadlar esa tizim faoliyatini davr talabi asosida rivojlantirish imkoniyatini yaratishi bilan e’tiborga sazovordir.

Shuningdek, viloyatimizning barcha hududlarida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha shahar-tuman kengashlarining ta’sis konferentsiyalari o’tkazilib, tashkiliy masalalar ko’rib chiqildi. O’z navbatida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha viloyat kengashi tashkiliy yig’ilishida ishtirok etish uchun delegatlar saylandi hamda respublika kengashi ta’sis konferentsiyasida qatnashish uchun hududdagi mavjud fuqarolar yig’inlari nomidan bir nafar ishonchli vakil ishtirok etishi haqidagi takliflar ma’qullandi.

YUKLAB OLISH

Izoh qoldirish

Ushbu toifalarda boshqa materiallar:

X

Ekran suhandoni


Saytda ovozli hamroh mavjud!


Matnni tinglash uchun sichqoncha bilan belgilang va enter tugmasini bosing

Murojaatlar monitoringi

2017-yil 10 mart holatiga

Barcha murojaatlar 1073 ta100%
Javob berilgan 950 ta88.5%
Ko`rib chiqilmoqda 23 ta11.5%

1083
Ishonch telefoni
________________________________
0 373 244 05 23
Yagona telefon
z-index
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ

tabBg3

 

Foto lavhalar

 

collage photocat

Murojaat holatini tekshirish

Murojaatingiz holatini tekshirish uchun so'ralgan ma'lumotlarni kiriting

Murojaat holatini tekshirish

Sizning murojaatingiz qabul qilingan.Ayni paytda murojaatingiz ko`rib chiqish jarayonida!

Hozir saytda

7
online foydalanuvchilar

Agro.uz.pngCCITT.uz.pngHUKUMAT PORTALI.pngID.uz.pngParlament.gov.uz.pngPrezident.uz.pngSenat.gov.uz.pngegov.uz.pnglex.uz.pngmy.gov.uz.pngsoliq.uz.pngwww.uz.png
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ