Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech

logouz5logouz3

logouz4

flag gerb kons madhiya

 

Maqolalar sana bo'yicha

« Mart 2017 »
Duy Sey Chr Pay Jum Shn Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

 

transport va xizmat korsatish kolleji sayti

 

Yangiliklarga

captcha 

 

 

orphus uz

FARG'ONA VILOYATI XOKIMING

VIRTUAL QABULXONASI

________________________

Murojat uchun telefon

1088

________________________
Ish vaqti dushanba-juma
soat 09:00 dan 18:00 gacha
tushlik 13:00-14:00

Saytni baholang

LIMON DARAXTINI ShAKLGA SOLISh

Limon ko’chatlariga dastlabki ekilgan

yillarida shakl berish

Limon daraxtiga keng oval shaklda shakl berish

Limon daraxtiga keng oval shaklda shakl berish uchun shu yilgi yosh novdalar va ancha eski shoxlar kesib tashlanadi. O’suvchi novdalarni chilpish-chekanka qilish va ularni qisqartirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, shox-shabbaning ichida paydo bo’ladigan ko’k bachki novdalar hamda bulturgi shoxlardan o’sib chiqqan birinchi bachki novdalar kesib tashlanishi lozim.

Shox-shabba qalinlashib ketmasligi uchun har qaysi oldingi shoxda ko’pi bilan ikkita, eng kuchli shoxlarda esa uchtagacha novda qoldirishga ahamiyat berish kerak.

Novdalar siyraklatilgandan ke-yin shonalash va gullash davrida (8-10 ta pastki barglar paydo bo’lganda) birinchi marta chilpish o’tkaziladi, novdalar etilganda esa pastki beshinchi yoki oltinchi barglar qoldirilib, tashqi kurtak ustidan kesib tashlanadi. Novdaning qolgan qismidagi 2-3 ta uchki kurtaklar o’sa boshlaydi, bularda ko’pincha ikkita novda qoldiriladi.

Meyer limonida ikkinchi o’suv novdalarining ko’pi qisqartirilganicha qoladi, ular meva novdalariga moslashtiriladi. Bu novdalarning zaiflarini kesib tashlash, qolganlarini esa chilpimay qoldirish kerak, chunki ular ikkinchi yili hosil qiladi.

Qolgan ikkinchi va undan keyingi o’suv novdalari butaladi va shunday uzunlikda novdalar paydo bo’lishiga qarab chilpiladi.

Limon ko’chatlariga uchinchi yilda va keyingi yillarda shakl berish

Limon daraxtlarining asosiy butoqlarini hosil qilish hamda ularni daraxt tanasiga to’g’ri joylash uchun, daraxtning o’sish va rivojlanish davomida, shakl berish maqsadida o’tkazilgan birinchi va undan keyingi butashlardan so’ng birin-ketin yuqorisidan shoxlana boshlaydi, ularning soni asta-sekin ko’payadi. Meva paydo bo’lishi jihatidan to’rtinchi tartib shoxlanish o’tkinchi hisoblanib, eng yuqori tartib novdalar asosan meva beradigan shoxlarga aylanadi.

Shox-shabbani butash vaqtida shoxlarning haddan tashqari uzun bo’lib o’sishiga, shuningdek, keyinchalik tanaga taqab kesiladigan ortiqcha hamda keraksiz novdalar hosil bo’lishi va rivojlanishiga yo’l qo’yish yaramaydi. Shu sababli o’sayotgan novdalarni butamasdan, balki chilpib turish zarur. Shoxlar qisqa qoldirib butalganida yangi novdalar g’ovlab o’sib ketadi va daraxtning hosilga kirishi kechikadi.

Limon o’simliklariga asosiy tana-larini 15 sm. uzunlikda qoldirib, shox-shabbalari ko’pi bilan 2,5 m. keng-likkacha taralib va 2 m. balandlikkacha o’sadigan qilib shakl berish muvofiq ko’riladi. Bu holda daraxtdagi shox-shabbaning ko’rinishi shar shaklida dumaloq bo’lib qoladi.

Shox-shabbaga sharsimon shakl berish uchun, ko’chatlarni o’tqazishdan oldin ularning tanalari 25-30 sm. qoldirib kesiladi. Bu tanadan birinchi tartib shoxlar o’sib chiqqandan keyin, har tomonga taralib o’sgan va bir-biridan bir xil masofada joylangan 3-4 shox tanlanadi. Bu shoxlarning pastkisi ildiz bo’g’zidan taxminan 15 sm. balandlikda bo’lishi kerak. Boshqa hamma shoxlarning uchi-bargidan yuqorigi qismi chilpib tashlanadi va kelgusi yilning ko’klamida bu shoxlar tanaga taqab kesiladi. Birinchi tartib shoxlar 30 sm.ga etganida, ularning uchlari 3-4 barg chiqargan qismgacha chilpinadi va pishganlaridan keyin bu shoxlar taxminan 25 sm. uzunlikda qoldirib butaladi. Shoxlar tashqariga qarab turgan yon kurtakning yuqorisidan kesiladi.

Kurtaklar yozilganidan so’ng har qaysi birinchi tartib shoxda ikkita yon novda qoldiriladi, bu novdalar ikkinchi tartib shox bo’ladi. Yangi o’sib chiqqan boshqa ikkinchi tartib novdalar sindirib olinadi. Daraxtda qoldirilgan ikkinchi tartib shoxlar ham birinchi tartib novdalar uchun belgilangan uzunlikda qoldirib butaladi.

Uchinchi hamda to’rtinchi tartib shoxlar chilpilganidan va pishganidan so’ng 18-20 sm. uzunlikda qoldirib kesiladi, shoxlarning har birida keyinchalik shoxlaydigan ikkita novda qoldiriladi. Hamma novdalar tashqariga qarab turgan yon kurtakning yuqorisidan kesib tashlanadi, bunday qilinganida har bir novda yuqorigi tartib shoxga aylanadi va daraxtning hosilga kirishi tezlashadi. Shox-shabbada beshinchi tartib shoxlar paydo bo’lganidan so’ng, daraxtlarning shoxlari o’sish va meva tugish shoxlariga ajratiladi.

Shu sababli hosilga kirgan daraxtlarni butashga ayniqsa, katta e’tibor beriladi. Mart oyida, daraxtlar o’sa boshlaguncha, butoqlarning hamma qurigan va shikastlangan qismlari kesib olinadi. Shox-shabbaning ichkarisida ko’p yillik butoqlardan o’sib chiqqan kam kuch shoxlar, shuningdek, butoqlarning zaiflashib qolgan uchlari kesib tashlanadi.

Hosildan chiqqan zaif butoqchalar tanaga taqab kesiladi, hosildan chiqqan baquvvatroq butoqlar esa bulturgi mevalar birikib turgan joylarning pastrog’idan kesib tashlanadi. Limon daraxtidagi bulturgi uch bo’g’imli va apelsin daraxtidagi ikki bo’g’imli eng baquvvat o’sish butoqlari uchdan bir qismini kesib tashlash yo’li bilan kisqartiriladi. Bu butoqlarni shox-shabbaning hamma joylarida bir xil darajada qisqartirish kerak. Butoqlarni qisqartirishda ularning meva beradigan qismi kesib tashlanishi sababli, kamroq butoqlarni qisqartirishga harakat qilish zarur.

Daraxtlarning hosilini oshirishda shu yilgi novdalarni o’sish davrida siyraklashtirib va chilpib turish muhim rol o’ynaydi. Bu novdalar o’sib chiqqan sari siyraklashtirib turiladi. Bunda tikka o’sayotgan bachki novdalar, shox-shabbaning ichkarisidan hamda bulturgi butoqlardan o’sib chiqqan novdalar ko’kligida kesib tashlanadi.

Birgina meva beradigan bulturgi butoqlardan g’uj joylashgan o’rinbosar meva shoxchalari o’sib chiqadi. Har bir meva butog’ida bunday shoxchalardan 3-4 ta baquvvatini qoldirib, boshqalari kesib tashlanadi.

Aprel va may oylarida, daraxtlar g’unchalayotganida, novdaning birinchi qismi pastki to’rtinchi bargining yuqorisidan chilpinadi, bunda uchlarida bitta g’unchasi bo’lgan bir mevali butoqlar chilpilmay qoldiriladi.

Apelsin daraxtida ma’lum oraliq bilan bir yilda ikki marta o’sgan novdalar odatda, g’uj bo’lib joylanadi, shu sababli ularni siyraklashtirish talab etiladi. Bu novdalar siyraklashtirilmaganida shox-shabba juda qalinlashib qoladi va meva hosili kamayadi. Limon daraxtidagi ma’lum oraliq bilan bir yilda ikki marta o’sgan novdalar siyraklashtirilib, so’ngra pastdagi to’r-tinchi yoki beshinchi barg yuqorisidan chilpinadi, uch marotaba o’sgan novdalar esa chilpilmay, balki apelsinning ikki marotaba o’sgan novdalari singari siyraklashtiriladi.

Shoxlarni siyraklashtirishda ilgarigi butoqlarning har birida ko’pi bilan ikki-uch novda qoldiriladi. Turli butoqlarning bir xil yoshdagi shoxlari bir vaqtda o’sib chiqmasligi mumkin bo’lganidan, shoxlar ikki-uch muddatda siyraklashtiriladi va chilpinadi.

Oktyabr oyi boshida, issiqxonalarni yopishdan oldin, pishmagan shoxlar chilpinadi, yangidan o’sib chiqqan novdalar esa sindirib olinadi.

Mevalar terib olinganidan keyingi shakl berish

Mevalar terib olingandan keyin qishda o’simlik o’sa boshlashiga qadar asosiy butash ishlari o’tqaziladi. Daraxtlardagi shoxlarning quriy boshlagan va shikastlangan qismi, shuningdek, shox-shabbaning ichidagi eski shoxlarda paydo bo’ladigan zaif novdalar kesib tashlanadi. Meva qilib bo’lgan shoxlar oldingi meva qilgan joyining pastrog’idan kesiladi.

YUKLAB OLISH

Izoh qoldirish

X

Ekran suhandoni


Saytda ovozli hamroh mavjud!


Matnni tinglash uchun sichqoncha bilan belgilang va enter tugmasini bosing

Murojaatlar monitoringi

2017-yil 10 mart holatiga

Barcha murojaatlar 1073 ta100%
Javob berilgan 950 ta88.5%
Ko`rib chiqilmoqda 23 ta11.5%

1083
Ishonch telefoni
________________________________
0 373 244 05 23
Yagona telefon
z-index
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ

tabBg3

 

Foto lavhalar

 

collage photocat

Murojaat holatini tekshirish

Murojaatingiz holatini tekshirish uchun so'ralgan ma'lumotlarni kiriting

Murojaat holatini tekshirish

Sizning murojaatingiz qabul qilingan.Ayni paytda murojaatingiz ko`rib chiqish jarayonida!

Hozir saytda

8
online foydalanuvchilar

Agro.uz.pngCCITT.uz.pngHUKUMAT PORTALI.pngID.uz.pngParlament.gov.uz.pngPrezident.uz.pngSenat.gov.uz.pngegov.uz.pnglex.uz.pngmy.gov.uz.pngsoliq.uz.pngwww.uz.png
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ