Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech

logouz5logouz3

logouz4

flag gerb kons madhiya

 

Maqolalar sana bo'yicha

« Mart 2017 »
Duy Sey Chr Pay Jum Shn Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

 

transport va xizmat korsatish kolleji sayti

 

Yangiliklarga

captcha 

 

 

orphus uz

FARG'ONA VILOYATI XOKIMING

VIRTUAL QABULXONASI

________________________

Murojat uchun telefon

1088

________________________
Ish vaqti dushanba-juma
soat 09:00 dan 18:00 gacha
tushlik 13:00-14:00

Saytni baholang

YOSHLAR SOG’LOM TURMUSH TARZINI TANLAYDI

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat Kengashi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi, “Sog’lom avlod uchun” xayriya jamg’armasi viloyat bo’limi va boshqa tashkilotlar hamkorligida “Sog’lom hayot sari” shiori ostidagi turkum tadbirlar o’tkazilmoqda.

Yoshlar o’rtasida giyohvandlik va jinoyatchilikning oldini olish, tibbiy madaniyatni yuksaltirish va sog’lom turmush tarzini qaror toptirishni maqsad qilgan bu tadbir viloyatimizning Quva tumanidan boshlandi.

Tumandagi kompyuter texnologiyalari, agrosanoat, qishloq xo’jaligi va ijtimoiy-iqtisodiyot, sanoat va transport kasb-hunar kollejlarida bitiruvchi bosqich o’quvchilari ishtirokida o’quv-seminari va davra suhbatlari tashkil etildi.

Unda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan “Umr zavoli” nomli hujjatli film namoyish etildi. Yoshlarga viloyat ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan   jinoyatchilik hamda huquqbuzarlikning oldini olish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida keng tushunchalar berildi.

Kasb-hunar kollejlarining quyi bosqich o’quvchilari uchun minisessiya ko’rinishidagi targ’ibot darslari tashkil etildi. Targ’ibot mashg’ulotlarida salomatlik va sog’lom turmush tarzini shakllantirish bo’yicha ma’ruzalar tinglandi. O’quvchilar mavzu yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollarga viloyat narkologiya dispanseri, “Kamolot” YoIH viloyat Kengashining ekologiya va salomatlik markazi mutaxassislaridan javob oldilar.

Tadbir doirasida yugurish marafoni ham o’tkazildi. 2500 dan ziyod o’g’il-qizlar marafonda tuman markazidagi Qayqubod ko’chasi bo’ylab ikki kilometr masofani bosib o’tdilar.

Tadbirda faol qatnashgan yoshlar munosib rag’batlantirildi.

Xuddi shunday tadbirlar Yozyovon tumanida ham bo’lib o’tdi.

– Loyiha doirasida o’tkazilgan mini-sessiyalarda tuman yoshlari faol ishtirok etishdi, – deydi “Kamolot” YoIH viloyat Kengashi qoshidagi “Salomatlik va ekologiya” markazi koordinatori G’olibjon Yo’ldoshev. – Ushbu sessiyalarda reproduktiv salomatlikni yuksaltirish, OIV infektsiyasi, sil, yod va kamqonlik kasalliklarining oldini olish, kashandalik, ichkilikbozlik va giyohvandlikni bartaraf etish, kun tartibini samarali belgilash, to’g’ri ovqatlanish, shaxsiy gigiena qoidalarini shakllantirish bo’yicha tayyorlangan ma’ruzalarni yoshlar katta qiziqish bilan tingladilar.

An’anaga ko’ra tadbirlar yakunida yugurish bo’yicha marafon o’tkazildi. Tumanning “Qatortol” qishloq fuqarolar yig’ini hududidagi Alisher Navoiy ko’chasida sportsevar yoshlar 2 kilometrdan ziyod masofani bosib o’tdilar. O’z epchilligi va mahorati bilan kollejlar miqyosida Muslimjon To’lqinov 1-, Sirojiddin Habibullaev 2-, Nodir Eminjonov 3-o’rinni egalladi. Umumta’lim maktablari o’quvchilari o’rtasida esa Ahror Zaylobiddinov, Umidjon Muzrafxonov, Lutfullo Murotalievlar marraga birinchi bo’lib etib kelishdi.

G’oliblar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Yoshlar ishtirokidagi marafon madaniy-ma’rifiy tadbir bilan o’z nihoyasiga etdi.

YUKLAB OLISH

Izoh qoldirish

Ushbu toifalarda boshqa materiallar:

X

Ekran suhandoni


Saytda ovozli hamroh mavjud!


Matnni tinglash uchun sichqoncha bilan belgilang va enter tugmasini bosing

Murojaatlar monitoringi

2017-yil 10 mart holatiga

Barcha murojaatlar 1073 ta100%
Javob berilgan 950 ta88.5%
Ko`rib chiqilmoqda 23 ta11.5%

1083
Ishonch telefoni
________________________________
0 373 244 05 23
Yagona telefon
z-index
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ

tabBg3

 

Foto lavhalar

 

collage photocat

Murojaat holatini tekshirish

Murojaatingiz holatini tekshirish uchun so'ralgan ma'lumotlarni kiriting

Murojaat holatini tekshirish

Sizning murojaatingiz qabul qilingan.Ayni paytda murojaatingiz ko`rib chiqish jarayonida!

Hozir saytda

9
online foydalanuvchilar

Agro.uz.pngCCITT.uz.pngHUKUMAT PORTALI.pngID.uz.pngParlament.gov.uz.pngPrezident.uz.pngSenat.gov.uz.pngegov.uz.pnglex.uz.pngmy.gov.uz.pngsoliq.uz.pngwww.uz.png
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ