Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech

logouz5logouz3

logouz4

flag gerb kons madhiya

 

Maqolalar sana bo'yicha

« Fevral 2017 »
Duy Sey Chr Pay Jum Shn Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28          

 

transport va xizmat korsatish kolleji sayti

 

Yangiliklarga

captcha 

 

 

orphus uz

FARG'ONA VILOYATI XOKIMING

VIRTUAL QABULXONASI

________________________

Murojat uchun telefon

1088

________________________
Ish vaqti dushanba-juma
soat 09:00 dan 18:00 gacha
tushlik 13:00-14:00

Saytni baholang

Sayt ustida ishlash kerak - 43.6%
Qoniqarli - 4.3%
Yaxshi - 8.5%
A'lo - 41%

Ovozlar soni: 117
The voting for this poll has ended bo'yicha: Yanvar 30, 2017

faq ban

SOG’LOM ONA VA BOLA YILI

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori

«Sog’lom ona va bola yili» Davlat dasturi to’g’risida

(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2016 y., 7-son, 62-modda)

Xalqimizning asriy an’analarini hisobga olib, «Ona va bola sog’lom bo’lsa, oila baxtli, oila baxtli bo’lsa, jamiyat mustahkam bo’ladi» degan hayotbaxsh qadriyat va olijanob g’oya jamiyatda chuqurroq anglab etilishiga va qaror topishiga yo’naltirilgan keng chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, jamiyatda onalarga alohida hurmat-e’tibor muhitini shakllantirish, sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, oilaning mustahkam, sog’lom va ahil bo’lishida mahalliy davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish maqsadida, shuningdek 2016 yil O’zbekiston Respublikasida «Sog’lom ona va bola yili» deb e’lon qilinganligi munosabati bilan:

1. «Sog’lom ona va bola yili» Davlat dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin, quyidagilar uning ustuvor vazifalari va amalga oshirilishi yo’nalishlari etib belgilansin:

oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar manfaatlarini himoya qilish, sog’lom bolani tarbiyalashda ularning rolini oshirish, kuchli, barqaror va ravnaq topayotgan davlatning negizi sifatida oila institutini mustahkamlashga yo’naltirilgan qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;

olis va chekka qishloq tumanlarida yashayotgan aholi, ayniqsa ayollar uchun zarur ijtimoiy, maishiy va tibbiy nuqtai nazardan zarur shart-sharoitlar yaratish, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosidagi zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini barpo etish, qishloq aholisini toza ichimlik suv, tabiiy gaz bilan ta’minlash, xizmatlar ko’rsatish va servis darajasini yuksaltirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish;

tibbiyot muassasalarining, jumladan perinatal va skrining markazlarning moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarining ish samaradorligini oshirish, patronaj tibbiyot hamshiralarining sonini ko’paytirishni ta’minlash, akusher-ginekologlar va bolalar shifokorlari malakasini oshirish;

nikohga kirayotgan shaxslarning nikohdan oldin to’liq tibbiy ko’rikdan o’tishini ta’minlash uchun tibbiyot xodimlarining mas’uliyatini kuchaytirish, shu asosda tug’ma va irsiy kasalliklar sonini kamaytirish hamda ushbu maqsadlarda poliklinikalarni zamonaviy tashxis uskunalari bilan jihozlash, ko’rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, mustahkam oila qurish va sog’lom farzand tug’ilishi uchun nikohdan oldin tibbiy ko’rikdan o’tishning muhimligini aholi keng qatlamlari ongiga singdirishga qaratilgan keng qamrovli tushuntirish ishlarini olib borish;

aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sanitariya va gigiena, homilador ayollarning sog’lig’ini saqlash va psixofiziologik ahvolini yaxshilash, yosh onalar va bolalarni tegishli tarzda parvarish qilish sohasidagi ishlarni kuchaytirish, ularning ovqatlanish ratsioni sifati va kaloriyasi yaxshilanishini ta’minlash;

yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, yoshlarni, ayniqsa qishloq joylarda qizlarni sport bilan muntazam shug’ullanishga jalb etish, yangi sport ob’ektlarini qurish, ishlab turganlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, yuqori malakali trener kadrlar va murabbiylar bilan ta’minlash;

mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik va farovonlikni yanada mustahkamlashning muhim sharti sifatida oilalarda sog’lom ma’naviy muhitni, xususan, o’zaro hurmat-ehtirom, er-xotin o’rtasida, ota-onalar bilan farzandlar, qaynona-kelin o’rtasida, qo’ni-qo’shnilar o’rtasida mehr-oqibat ruhini shakllantirish;

qiz bolalarni — bo’lajak onalarni — jismonan sog’lom va intellektual rivojlangan tarzda voyaga etkazish, ularning akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida albatta ta’lim olishini, zamonaviy bilimlar va kasb-hunarlarga ega bo’lishlarini ta’minlash, ularning hayotda munosib o’rin egallashlarida, kelajakda sog’lom va mustahkam oila qurishlarida asosiy shart hisoblangan hayotga bo’lgan mustahkam nuqtai nazarni va mustaqil fikrlashni shakllantirish;

sog’lom bolani voyaga etkazishda ta’lim tizimining rolini kuchaytirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini yanada rivojlantirish, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish, ilg’or pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etgan holda boshlang’ich ta’limning yuqori sifatini ta’minlash, sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish tadbirlarini amalga oshirish;

kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini, avvalo qizlarni ishga joylashtirish, o’z biznesini yo’lga qo’yish ishtiyoqidagi yoshlarga imtiyozli kreditlar, yosh oilalarga uy-joy sotib olish va qurish uchun ipoteka kreditlari, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar xarid qilish uchun iste’mol kreditlari ajratish chora-tadbirlarini ta’minlash;

dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog’liq masalalarni hal etishda mahalliy hokimiyat organlari bilan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, xotin-qizlar va yoshlar birlashmalari, faxriylar tashkilotlari o’rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, bu ishlarga jamiyatda hurmat va obro’-e’tiborga sazovor bo’lgan keksa avlod vakillarini keng jalb etish;

ommaviy axborot vositalari, shu jumladan elektron axborot vositalarining va Internet tarmog’ining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda «Sog’lom ona va bola yili» Davlat dasturining maqsad va vazifalari hamda Dasturning amalga oshirilishi to’g’risida keng axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish.

2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 10 dekabrdagi F-4577-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Respublika komissiyasiga Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar to’liq, o’z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish yuklansin.

Respublika komissiyasi (Sh. Mirziyoev):

bir hafta muddatda — Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli hududlarning hokimlari boshchiligida Davlat dasturini amalga oshirish bo’yicha tegishli komissiyalar tashkil etilishini ta’minlasin, ularga Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlar so’zsiz, to’liq va o’z vaqtida amalga oshirilishi uchun shaxsiy mas’uliyatni yuklasin;

ikki hafta muddatda — vazirliklar, idoralar, aktsiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan har bir davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, viloyat, shahar, tuman va aholi punkti bo’yicha «Sog’lom ona va bola yili» tarmoq va hududiy dasturlari ishlab chiqilishi va qabul qilinishini;

Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar to’liq va o’z vaqtida bajarilishiga qaratilgan ishlarni davlat va xo’jalik boshqaruvi respublika organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari darajasida muvofiqlashtirilishini ta’minlasin, tadbirlar amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat o’rnatsin;

yilning har bir choragi yakunlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlar bajarilishi to’g’risidagi axborot taqdim etilishini ta’minlasin.

3. O’zbekiston Milliy axborot agentligi, O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O’zbekiston matbuot va axborot agentligi, O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:

Davlat dasturining maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish bo’yicha asosiy yo’nalishlar va chora-tadbirlar bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet tarmog’i jalb etilgan holda aholi orasida muntazam, tizimli va keng yoritilishini;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, mahallalar, nodavlat notijorat tashkilotlari Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishda amalda ishtirok etishi va aniq ulush qo’shishi aks ettirilgan holda uning amalga oshirilishidan keng jamoatchilik doimiy ravishda xabardor qilinishini ta’minlasinlar.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoev zimmasiga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2016 yil 9 fevral,

PQ-2487-son

YUKLAB OLISH

Izoh qoldirish

X

Ekran suhandoni


Saytda ovozli hamroh mavjud!


Matnni tinglash uchun sichqoncha bilan belgilang va enter tugmasini bosing

Murojaatlar monitoringi

2016-yil 09 dekabr holatiga

Barcha murojaatlar 3304 ta100%
Javob berilgan 3237 ta97.9%
Ko`rib chiqilmoqda 67 ta2.1%

1083
Ishonch telefoni
________________________________
0 373 244 05 23
Yagona telefon
z-index
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ

tabBg3

 

Foto lavhalar

 

collage photocat

Murojaat holatini tekshirish

Murojaatingiz holatini tekshirish uchun so'ralgan ma'lumotlarni kiriting

Murojaat holatini tekshirish

Sizning murojaatingiz qabul qilingan.Ayni paytda murojaatingiz ko`rib chiqish jarayonida!

Hozir saytda

5
online foydalanuvchilar

Agro.uz.pngCCITT.uz.pngHUKUMAT PORTALI.pngID.uz.pngParlament.gov.uz.pngPrezident.uz.pngSenat.gov.uz.pngegov.uz.pnglex.uz.pngmy.gov.uz.pngsoliq.uz.pngwww.uz.png
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ