Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech

logouz5logouz3

logouz4

flag gerb kons madhiya

 

Maqolalar sana bo'yicha

« Fevral 2017 »
Duy Sey Chr Pay Jum Shn Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28          

 

transport va xizmat korsatish kolleji sayti

 

Yangiliklarga

captcha 

 

 

orphus uz

FARG'ONA VILOYATI XOKIMING

VIRTUAL QABULXONASI

________________________

Murojat uchun telefon

1088

________________________
Ish vaqti dushanba-juma
soat 09:00 dan 18:00 gacha
tushlik 13:00-14:00

Saytni baholang

Sayt ustida ishlash kerak - 43.6%
Qoniqarli - 4.3%
Yaxshi - 8.5%
A'lo - 41%

Ovozlar soni: 117
The voting for this poll has ended bo'yicha: Yanvar 30, 2017

faq ban

“Keksalarni e’zozlash yili” viloyat dasturi

24 fevral 2015 yil      № 66

 Keksalarni e’zozlash yili” viloyat dasturi to’g’risida

Keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash ko’lamini kengaytirish, yoshi ulug’ insonlar, ayniqsa, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, pensiya ta’minoti va tibbiy xizmat ko’rsatishni takomillashtirish, oila va jamiyatda, yoshlarni o’zbek xalqining ko’p asrlik qadriyat va an’analari ruhida tarbiyalashda keksalarning o’rnini mustahkamlash, shuningdek, 2015 yilning “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 18 fevraldagi “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi to’g’risida”gi PQ-2302-sonli qarori ijrosi ta’minlash maqsadida

QAROR QILAMAN:

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 

18 fevraldagi “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi to’g’risida”gi  PQ-2302-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

"Keksalarni e’zozlash yili" Davlat dasturini amalga oshirishning ustuvor vazifa va yo’nalishlari etib quyidagilar belgilanganligi inobatga olinsin:

keksalarga g’amxo’rlik ko’rsatish va e’tiborni kuchaytirish, ularning hayot darajasi va sifatini oshirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, pensiya ta’minoti va ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, yoshi ulug’ insonlarga davlat xizmatlari, shu jumladan, turli ma’lumotnoma va tasdiqlovchi hujjatlarni olish xizmatlari ko’rsatishning eng qulay tizimini shakllantirish;

keksalar, avvalambor, fashizm ustidan qozonilgan g’alaba va Vatanimizni qayta tiklashga munosib hissa qo’shgan 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, yoshi ulug’ insonlar, birinchi navbatda, yolg’iz qariyalar va nogironlarga ko’rsatiladigan ijtimoiy va maishiy xizmatlar ro’yxatini kengaytirish, ularni farovon va munosib turmush sharoitlari bilan ta’minlash uchun mahallalar, "Nuroniy" jamg’armasi, boshqa nodavlat tashkilotlari va ijtimoiy tuzilmalar tomonidan moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash miqyosini oshirish;

faxriylar va yoshi ulug’ insonlarga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko’rsatish darajasi va sifatini oshirish, ularni tizimli asosda sog’lomlashtirishni tashkil etish, profilaktika tadbirlarini ko’paytirish, ko’rish va eshitish organlari, tayanch-harakat tizimi va yurak-qon tomir kasalliklarini davolashning zamonaviy usullari bilan qamrab olish va ulardan foydalanishni kengaytirish, keksalar va nogironlarni yordamchi hamda texnik reabilitatsiya vositalari bilan, jumladan, imtiyozli asosda ta’minlash, keksalarga xizmat ko’rsatishga ixtisoslashtirilgan sanatoriya-sog’lomlashtirish va ijtimoiy xizmat ko’rsatish muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash;

mamlakatimizning mudofaa qobiliyati, iqtisodiy, madaniy va intellektual salohiyatini oshirish, jamiyatimizda tinchlik, totuvlik va barqarorlik muhitini mustahkamlashga bebaho hissa qo’shgan, sog’lom va barkamol unib o’sayotgan avlodni tarbiyalashda faol ishtirok etayotgan keksa avlod vakillariga munosib e’tibor qaratish va ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash bo’yicha keng ko’lamli chora-tadbirlarni tizimli asosda amalga oshirish, oila va jamiyatda yoshi ulug’ insonlarning o’rni va obro’sini oshirish, bolalar va yoshlarni ota-onalarni, har bir nuroniyni chuqur hurmat qilish, e’zozlash va ularga g’amxo’rlik ko’rsatish tuyg’usi ruhida tarbiyalash bo’yicha aniq tadbirlarni amalga oshirish;

har bir keksaga har tomonlama e’tibor qaratish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini kuchaytirish va oshirish, keksalarning hayot faoliyati va dam olishini tashkil etish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish, bunda ular uchun tuman va mahallalarda muloqot markazlari, qiziqishi bo’yicha klublar tashkil etishga alohida e’tibor qaratish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishlari uchun sharoit yaratish, televidenie, ommaviy axborot vositalari, kinoteatrlar, teatr va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalarda yoshi ulug’ insonlarning qiziqishlariga mos mavzuda yangi maxsus ko’rsatuvlar, spektakl va filmlar yaratish va efirga uzatish hajmini ko’paytirish;

mahallalar va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tashkiliy tuzilmasida keksalar va nogironlarga doimiy e’tibor qaratadigan sektorni mustahkamlash, bunda ularga xizmat ko’rsatadigan idora va xizmatlar, birinchi navbatda, pensiya, ijtimoiy va tibbiy ta’minot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni nazarda tutish.

  1. Viloyat hokimining 2014 yil 20 dekabrdagi 272-f-sonli farmoyishiga muvofiq tuzilgan viloyat komissiyasi tomonidan manfaatdor boshqarma va tashkilotlar, shahar, tuman hokimliklari, jamoat va nodavlat tashkilotlari hamda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan "Keksalarni e’zozlash yili" viloyat dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. "Keksalarni e’zozlash yili" viloyat dasturini amalga oshirish va uning monitoringini olib borish bo’yicha viloyat hokimligi komissiyasi tarkibiga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar hisobga olinib 2-ilovaga muvofiq;

"Keksalarni e’zozlash yili" viloyat dasturini o’z vaqtida va samarali bajarilishini ta’minlash maqsadida shahar, tumanlarga biriktirilgan rahbarlar tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. "Keksalarni e’zozlash yili" viloyat dasturini bajarilishini tahlil qilish, muvofiqlashtirish va natijalarini viloyat hamda Respublika komissiyasiga belgilangan muddatlarda taqdim etib borish maqsadida viloyat hokimligida Monitoring guruhi tashkil etilsin.

Monitoring guruhiga viloyat Adliya, Mehnat, Sog’liqni saqlash boshqarmalari, Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi, va “Mahalla” hayriya jamoat fondi rahbarlari bir nafardan malakali xodim ajratsinlar hamda ularni joriy yilning 10 martidan Monitoring guruhiga yuborsinlar.

  1. Viloyat komissiyasi zimmasiga "Keksalarni e’zozlash yili" viloyat dasturiga kiritilgan tadbirlarning to’liq, o’z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish yuklansin.

viloyat hokimligi komissiyasi:

bir hafta muddatda shahar va tuman hokimlari boshchiligida viloyat dasturini amalga oshirish bo’yicha tegishli hududiy komissiyalar tashkil etilishini ta’minlasin va ularning zimmasiga dasturda belgilangan vazifalarni so’zsiz, to’liq va o’z vaqtida bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin;

ikki hafta muddatda boshqarmalar, tashkilotlar, korxonalar, uyushmalar va boshqa xo’jalik birlashmalari, shahar, tuman hokimliklari tomonidan har bir boshqarma va tashkilot, shahar, tuman va aholi punktlarining "Keksalarni e’zozlash yili" bo’yicha hududiy va tarmoq dasturlari ishlab chiqilishi hamda qabul qilinishini ta’minlasin;

viloyat davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, joylardagi davlat hokimiyati organlari darajasida tasdiqlangan viloyat dasturiga kiritilgan tadbirlarni o’z vaqtida va sifatli bajarish bo’yicha ishlarni muvofiqlashtirsin va ushbu tadbirlar amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat o’rnatsin;

har chorak yakunlari bo’yicha "Keksalarni e’zozlash yili" viloyat dasturida belgilangan tadbirlar bajarilishi to’g’risida viloyat hokimligiga axborot berib borsin.

  1. Viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha yordamchisi F.Qosimov, viloyat teleradiokompaniyasi (N.Mo’minov), “Farg’ona haqiqati” va “Ferganskaya pravda” gazetalari birlashgan tahririyati (N.Sobirov):

bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, internet-resurslarni jalb etgan holda, aholi o’rtasida "Keksalarni e’zozlash yili" viloyat dasturining maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish bo’yicha asosiy yo’nalishlar hamda chora-tadbirlar muntazam va keng ko’lamda yoritilishini;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining viloyat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishdagi ishtiroki va qo’shgan aniq hissasini aks ettirgan holda, dasturning bajarilishi haqida keng jamoatchilikni muntazam xabardor qilib borishni ta’minlasin.

  1. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni  o’z zimmamda qoldiraman.

             Viloyat hokimi                                                                     Sh.G’aniev

Oxirgi o'zgarish 22.06.2016 16:11

Yuklab olish uchun manba:
YUKLAB OLISH

Izoh qoldirish

X

Ekran suhandoni


Saytda ovozli hamroh mavjud!


Matnni tinglash uchun sichqoncha bilan belgilang va enter tugmasini bosing

Murojaatlar monitoringi

2016-yil 09 dekabr holatiga

Barcha murojaatlar 3304 ta100%
Javob berilgan 3237 ta97.9%
Ko`rib chiqilmoqda 67 ta2.1%

1083
Ishonch telefoni
________________________________
0 373 244 05 23
Yagona telefon
z-index
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ

tabBg3

 

Foto lavhalar

 

collage photocat

Murojaat holatini tekshirish

Murojaatingiz holatini tekshirish uchun so'ralgan ma'lumotlarni kiriting

Murojaat holatini tekshirish

Sizning murojaatingiz qabul qilingan.Ayni paytda murojaatingiz ko`rib chiqish jarayonida!

Hozir saytda

5
online foydalanuvchilar

Agro.uz.pngCCITT.uz.pngHUKUMAT PORTALI.pngID.uz.pngParlament.gov.uz.pngPrezident.uz.pngSenat.gov.uz.pngegov.uz.pnglex.uz.pngmy.gov.uz.pngsoliq.uz.pngwww.uz.png
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ