Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech

logouz5logouz3

logouz4

flag gerb kons madhiya

 

Maqolalar sana bo'yicha

« Mart 2017 »
Duy Sey Chr Pay Jum Shn Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

 

transport va xizmat korsatish kolleji sayti

 

Yangiliklarga

captcha 

 

 

orphus uz

FARG'ONA VILOYATI XOKIMING

VIRTUAL QABULXONASI

________________________

Murojat uchun telefon

1088

________________________
Ish vaqti dushanba-juma
soat 09:00 dan 18:00 gacha
tushlik 13:00-14:00

Saytni baholang

faq ban

«Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil

7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni to’g’risida

Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga ko’tarish, hayotning barcha sohalarini liberallashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish bo’yicha eng muhim ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish yuzasidan qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevral kungi PF-4947-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:

QAROR QILAMAN:

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni
rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni bilan:

Aholi va tadbirkorlarni o’ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o’rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo’llash va ilg’or xorijiy tajribani tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan va quyidagilarni nazarda tutadigan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o’rinlarda – Harakatlar strategiyasi) 1-ilovaga asosan tasdiqlanganligi;

O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish Harakatlar strategiyasining beshta:

davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirilishga yo’naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizimlarini amalda tadbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;

qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo’naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to’laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;

iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohatlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va xududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;

ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog’lig’ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy–siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;

xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo’naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O’zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash bo’yicha ustuvor yo’nalishi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

3. Quyidagilar:

2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo’yicha Milliy komissiya va Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirish bo’yicha komissiyalar 2-7-ilovalarga muvofiq tuzilganligi;

Harakatlar strategiyasini o’z vaqtida va samarali amalga oshirish barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatining birlamchi vazifasi va bosh ustuvor yo’nalishi hisoblanganligi;

Harakatlar strategiyasi besh bosqichda, kelgusi besh yilda yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo’yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshirilishi;

2017 yil O’zbekiston Respublikasida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinganligi;

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat dasturida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va o’z vaqtida ishlab chiqilishi, kelishilishi va kiritilishi ustidan monitoring qilish hamda uning natijalari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasiga har chorakda axborot berib borilishi;

O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirish bo’yicha komissiyalarga rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy taraqqiyot tajribasini, zarur bo’lganda, xalqaro, xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari vakillarini jalb qilgan holda, o’rganishda ko’maklashishi;

Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirish bo’yicha komissiyalar zimmasiga Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar to’liq, o’z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish, shuningdek, Harakatlar strategiyasini 2018-2021 yillarda amalga oshirish bo’yicha tegishli yillik Davlat dasturlari loyihalarini tayyorlash vazifasi yuklanganligi inobatga olinsin.

4. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi (keyingi o’rinlarda – Davlat dasturi) dagi amalga oshirilishi nazarda tutilgan tadbirlarni o’z ichiga olgan Farg’ona viloyatining “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Hududiy dasturi 8-ilovaga, Dasturni ijrosini tashkil etish va ijrosi nazoratini ta’minlash bo’yicha Ishchi guruhi 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Viloyat Ishchi guruhi (Qo’chqorov, Axmedov, Nosirov, Imomov, Tojieva)ga:

Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Farg’ona viloyatini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirish bo’yicha komissiyalar bilan hamkorlikda davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, shahar va tuman hokimliklari, nodavlat notijorat tashkilotlarining Davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarini amalga oshirish bo’yicha faoliyatni muvofiqlashtirib borish, uning joylarda ijro etilishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish;

Davlat dasturi bajarib borilishi to’g’risidagi umumlashtirilgan axborot Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Farg’ona viloyatini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirish yuzasidan har chorak yakuni bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, tegishli ishchi guruhlar va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib borish vazifasi yuklatilsin.

6. Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun mas’ul davlat organlari va muassasalari quyidagilarga:

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo’lga qo’yishning yangi, samarali usul va mexanizmlarini joriy etish, mansabdor shaxslarning aholi oldida hisobot berish tizimini amalda tadbiq etish, shu asosda xalqning davlat hokimiyatiga bo’lgan ishonchini mustahkamlashga;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqishda byurokratik to’siq va g’ovlar yaratilishiga, aholi bilan muloqot jarayonini kampaniyabozlikka aylanishiga yo’l qo’ymaslikka;

Davlat dasturi doirasida o’tkazilayotgan tadbirlarning ochiqligi, ularda fuqarolar, barcha darajadagi davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar, ijodiy va ilmiy muassasalar vakillarining keng ishtirok etishiga alohida e’tibor qaratsin.

7. Shahar va tuman hokimliklariga:

bir hafta muddatda Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan ustuvor yo’nalishlarida belgilangan vazifalarni o’z vaqtida va so’zsiz ijro etilishini ta’minlash, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid hududiy dasturlarini ishlab chiqishyuzasidan zaruriy chora-tadbirlar belgilasinlar va o’zlarining qarorlari bilan tasdiqlasinlar;

Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan ustuvor yo’nalishlarni hamda hududiy dasturning bajarilishi to’g’risidagi umumlashtirilgan ma’lumotlarni har oyning 25 sanasiga qadar viloyat hokimligi Ishchi guruhiga taqdim etish vazifasi yuklatilsin.

Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirish bo’yicha komissiyalar zimmasiga Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar to’liq, o’z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Farg’ona viloyatini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirish bo’yicha komissiyalar bilan hamkorlikda davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, shahar va tuman hokimliklari, nodavlat notijorat tashkilotlarining Davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha faoliyati muvofiqlashtirib borilishini, uning joylarda ijro etilishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish;

8.  Viloyat Teleradiokompaniyasi, Matbuot va axborot boshqarmasi, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda:

qarorning maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida demokratik islohotlarni chuqurlashtirishga, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga, shuningdek inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlash, aholi farovonligini oshirish, fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish, jamiyatda qonun ustuvorligi, qonuniylik va adolat, mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikning qaror topishiga maqsadida davlat organlarining aholi bilan ochiq, to’g’ridan-to’g’ri muloqotini kuchaytirishga yo’naltirilganini jamoatchilikka tushuntirilishini;

Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning borishi va natijalari to’g’risidagi xolis, to’liq ma’lumotlarni aholiga tezlik bilan etkazilishini ta’minlasin.

9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.

Viloyat hokimi                                                         Sh.G’aniev

Oxirgi o'zgarish 17.03.2017 18:26

Yuklab olish uchun manba:
YUKLAB OLISH

Izoh qoldirish

X

Ekran suhandoni


Saytda ovozli hamroh mavjud!


Matnni tinglash uchun sichqoncha bilan belgilang va enter tugmasini bosing

Murojaatlar monitoringi

2017-yil 10 mart holatiga

Barcha murojaatlar 1073 ta100%
Javob berilgan 950 ta88.5%
Ko`rib chiqilmoqda 23 ta11.5%

1083
Ishonch telefoni
________________________________
0 373 244 05 23
Yagona telefon
z-index
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ

tabBg3

 

Foto lavhalar

 

collage photocat

Murojaat holatini tekshirish

Murojaatingiz holatini tekshirish uchun so'ralgan ma'lumotlarni kiriting

Murojaat holatini tekshirish

Sizning murojaatingiz qabul qilingan.Ayni paytda murojaatingiz ko`rib chiqish jarayonida!

Hozir saytda

7
online foydalanuvchilar

Agro.uz.pngCCITT.uz.pngHUKUMAT PORTALI.pngID.uz.pngParlament.gov.uz.pngPrezident.uz.pngSenat.gov.uz.pngegov.uz.pnglex.uz.pngmy.gov.uz.pngsoliq.uz.pngwww.uz.png
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ