Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech

logouz5logouz3

logouz4

flag gerb kons madhiya

 

Maqolalar sana bo'yicha

« Mart 2017 »
Duy Sey Chr Pay Jum Shn Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

 

transport va xizmat korsatish kolleji sayti

 

Yangiliklarga

captcha 

 

 

orphus uz

FARG'ONA VILOYATI XOKIMING

VIRTUAL QABULXONASI

________________________

Murojat uchun telefon

1088

________________________
Ish vaqti dushanba-juma
soat 09:00 dan 18:00 gacha
tushlik 13:00-14:00

Saytni baholang

faq ban

Huquqiy davlatchilikni shakllantirish ko’plab muammolarni bartaraf etish bilan bog’liq bo’lgan murakkab va davomli jarayondir. Parlamentarizm printsiplari asosida faoliyat ko’rsatuvchi davlat institutlari bilan bog’liq masalalar O’zbekistonda huquqiy davlatchilikning qaror topishiga taalluqli muammolar silsilasida muhim o’rin tutadi. Chunki XXI asrning boshlariga kelib oddiy bir haqiqat - to’la vakolatga ega bo’lgan parlamentsiz mamlakatda to’laqonli demokratiya bo’lishi mumkin emasligi yaqqol ko’zga tashlanib qoldi. Binobarin, fuqarolar demokratiya to’g’risidagi tasavvurlarini avvalo davlatni idora etishda o’zlari ishtirok etishlarining real imkoniyati bilan, qolaversa parlament orqali qonun ijodkorligi jarayoniga ta’sir ko’rsata olish imkoniyatlari bilan bog’laydilar.

            Parlament tarixi asrlar bilan o’lchanadi.Zamonlar o’zgarishi bilan parlamentlarning roli ham izchil o’zgarib, uning mohiyati yangi g’oyalar, tamoyillar bilan, shakllanish va faoliyat ko’rsatish tajribasi bilan boyib bormoqda. Parlamentarizm g’oyasi birinchi ming yillik bo’sag’asida Rimda, Angliya va Ispaniyada xalq majlislari shaklida yuzaga kelgan bo’lib, shundan so’ng davlat anjumani darajasiga ko’tarilgunga qadar yana bir necha taraqqiyot bosqichlaridan o’tdi.Shu zaylda parlament davlat instituti sifatida uzoq tarixni bosib o’tdi. Parlamentarizm taraqqiyotining bosh tendentsiyasi shundan iboratki, parlamentlar ijtimoiy turmushda markaziy o’rin tutadi. Tabiiyki, har bir davlat parlamentning tuzilishi va faoliyat ko’rsatish masalalarini o’zicha hal etadi. Lekin bu keng amaliyotida hisobga olinadigan mushgarak belgilar bo’lishi mumkin emas, degan ma’noni anglatmaydi, albatta. Shu munosabat bilan parlament institutlari qaror topishi va rivojlanish tajribasi o’rganilishini ta’minlash, tarixdagi ularning ahamiyatini, o’rnini anglash, ular tabiatining hozirgi paytdagi tadrijiy garaqqiyoti va mohiyatini tushunib etish, kelgusida uni rivojlantirish istiqbollarini belgilab olish juda muhimdir.

            O’zbekiston qonun chiqaruvchi oliy organining qaror topishi o’ziga xos jihatlariga ega. Bu avvalo tarixiy o’tmishga bog’liq. Milliy o’zlik davlat qurilishining turli shakl va usullarini nazarda tutadi. Shunday qurilishning tanlab olingan muayyan usuli esa milliy-tarixiy o’ziga xoslik bilan umumjahon tamoyillarining sintezidir. Zero, har qanday ijtimoiy voqelikni anglash uchun birinchi navbatda u muayyan tarixiy bosqichning konkret sharoitlarida qay tarzda yuzaga kelganligini, o’z taraqqiyotida qaysi asosiy bosqichlardan o’tganligini, ana shu rivojlanish jarayonida qay darajada o’zgarganligini, istiqbolda uning qay tarzda harakat qilishini anglab olish muhim ekanligi bejiz emas. Ana shu qoidalar har qanday ijtimoiy voqelikni, shu jumladan parlament singari muhim institut masalasini ko’rib chiqishda alohida ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, amaliyotning dalolat berishicha, parlamentarizmning qaror topishi o’ta murakkab, ba’zan esa mashaqqatli jarayondir. Unda tarixiy davrning o’ziga xos jihatlari, har bir alohida mamlakatning ijtimoiy va davlat hayoti, milliy an’analari, xalqning huquqiy madaniyati va siyosiy xohish-irodasi namoyon bo’ladi. Tabiiyki, ijtimoiy amaliyotning rivoji, tarixiy taraqqiyotning kechishi mamlakat qonun chiqaruvchi organi to’g’risidagi nazariy tasavvurlarni ham o’zgartirib boradi.

            Qonunchilik hokimiyati davlat hokimiyatining muhim tarkibiy qismi bo’lib, uni takomillashtirish davlat hokimiyati butun tizimining tarixiy evolyutsiyasi bilan bog’liq. Shu sababli qonun chiqaruvchi oliy organlarning qaror topishi va rivojlanishi muammolarini har tomonlama tahlil etish davlat qurilishi nazariyasi va amaliyoti uchun, O’zbekiston parlamentarizmining kelajagi uchun teran ahamshgg kasb etadi. Ayni paytning o’zida istiqbolni belgilab olish uchun o’tmishni chuqur va xolis o’rganmoq zarur. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov ta’kidlaganidek: "Millatni asrash kerak, millatni asrash uchun esa uning haqiqiy tarixini o’rganish, avaylab himoyalash kerak". Demak, tarixiy yondashuv siyosiy-huquqiy tahlilning ajralmas qismi bo’lib, usiz siyosiy voqelikka haqqoniy baho berib bo’lmaydi.

            O’zbekistan 1991 yil 1 sentyabrda davlat mustaqilligiga erishgach, davlat hokimiyatining eng muhim institutlaridan biri sifatida milliy parlamentni rivojlantirishning sifat jihatidan yangi bosqichi boshlandi. Milliy parlamentarizmning eng yangi tarixi umum e’tirof etilgan uchta asosiy davrga bo’linadi.

            Birinchi davr: 1991-1994 yillar;  ikkinchisi: 1995-2004 yillar; uchinchi davr: 2005 yildan hozirgi paytgacha.

Birinchi davr: 1991-1994 yillar

 

 

 

            O’tish davri parlamenti deb atash mumkin bo’lgan oxirgi chaqiriq Oliy Kengash davlat boshqaruvining mutlaqo yangi organlarini tashkil etishning, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan adolatli demokratik jamiyat qurishning huquqiy negizi bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi.Parlament yosh davlatning suverenitetini mustahkamlashga qaratilgan «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi, «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida»gi, «O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to’g’risida»gi, «O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to’g’risida»gi, «O’zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi, «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida»gi va boshqa bir qator qonunlarni qabul qildi.

            Oliy Kengashning o’n ikkinchi sessiyasi 1994 yil 23 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi saylovni 1994 yil 25 dekabrda o’tkazish to’g’risida qaror qabul qildi.

            Uch bosqichda (1994 yil 25 dekabrda, 1995 yil 8 va 22 yanvarda) bo’lib o’tgan saylov yakunlariga binoan 245 nafar deputatdan iborat tarkibdagi parlament shakllantirildi. Saylov ko’p partiyaviylik asosida o’tkazildi.

Ikkinchi davr: 1995-2004 yillar

            Oliy Kengash o’rniga O’zbekiston Respublikasining bir palatali parlamenti — Oliy Majlis shakllantirildi. Birinchi chaqiriq (1995-1999 yillar) Oliy Majlis tarkibida O’zbekiston Xalq-demokratik partiyasidan ko’rsatilgan 69 nafar, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan 47, «Vatan taraqqiyoti» partiyasidan 14 va «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan ko’rsatilgan 7 nafar deputat bo’lib, deputatlarning qolgan qismini hokimiyat vakillik organlaridan ko’rsatilgan shaxslar tashkil etdi.

 

                              2.jpg

            Ikkinchi chaqiriq (2000-2004 yillar) Oliy Majlisga saylov hokimiyat vakillik organlari bilan bir katorda beshta siyosiy partiya va saylovchilar tashabbuskor guruhlari ishtirokida bo’lib o’tdi. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisda 11 nafar deputatni birlashtirgan «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi fraktsiyasi, 10 nafar deputatdan iborat «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraktsiyasi, 20 nafar deputatga ega bo’lgan «Vatan taraqqiyoti» partiyasi fraktsiyasi, 34 nafar deputat tashkil etgan Fidokorlar milliy-demokratik partiyasi fraktsiyasi, 49 nafar deputatdan iborat Xalq-demokratik partiyasi fraktsiyasi, 107 nafar kishidan iborat hokimiyat vakillik organlaridan saylangan deputatlar bloki va 16 nafar saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bloki ro’yxatga olindi. Keyinchalik «Vatan taraqqiyoti» va «Fidokorlar» partiyalari bitta «Fidokorlar» partiyasiga birlashganligi munosabati bilan ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning ikkinchi sessiyasida ularning parlamentdagi fraktsiyalari a’zolari ham birlashib, 54 nafar deputatni birlashtirgan bitta fraktsiyani tashkil etdilar.

            Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis tarkibida siyosiy partiyalarning fraktsiyalari va deputatlar bloklaridan tashqari quyidagi 13 ta qo’mita ham faoliyat ko’rsatdi:

- Byudjet, bank va moliya masalalari qo’mitasi; - Iqtisodiyotni isloh qilish masalalari va tadbirkorlik qo’mitasi; - Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo’mitasi; - Sanoat, qurilish, transport va aloqa masalalari qo’mitasi; - Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari qo’mitasi; - Matbuot va axborot qo’mitasi; - Ijtimoiy masalalar va bandlik qo’mitasi; - Agrar, suv xo’jaligi masalalari va oziq-ovqat qo’mitasi; - Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo’mitasi; - Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo’mitasi; - Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari qo’mitasi; - Yoshlar ishlari qo’mitasi; - Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo’mitasi.

Parlamentda, shuningdek 3 ta doimiy komissiya ishlagan: Reglament, odob va deputatlar faoliyatining ta’minoti komissiyasi; Oila va ayollar muammolari komissiyasi; Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi.

            Mazkur bosqichda qonun ijodkorligi deputatlar ishining bosh yo’nalishiga aylandi. 1995-2004 yillarda Oliy Majlis 240 ta qonun, 778 ta qaror qabul qildi, amaldagi qonun hujjatlariga 1573 ta o’zgartish va qo’shimcha kiritdi, 130 tadan ziyod xalqaro shartnoma va bitimni ratifikatsiya qildi. Mamlakatning qonun chiqaruvchi oliy organi mazkur bosqichda davlat suverenitetini, fuqarolar tinchligi va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga, jamiyatda demokratik, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga ko’maklashadigan qonunlar ishlab chiqish va qabul qilishga intildi. Natijada parlament mamlakatning demokratik va taraqqiyot yo’lidan mustaqil rivojlanib borishining huquqiy negizini anchagina kengaytirdi va mustahkamladi. Misol uchun, birinchi chaqiriq Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan «Siyosiy partiyalar to’g’risida»gi, «Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida»gi, «Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) to’g’risida»gi, «Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida»gi qonunlarda, boshqa qonun hujjatlarida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida asos solingan normalar yanada rivojlantirildi.

            Parlament nazorati ham Oliy Majlis faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri bo’ldi. Oliy Majlis qo’mitalari va komissiyalari qonunlar, konventsiyalar, milliy dasturlar ijrosini nazorat qilish tartibida har yili 60 ga yaqin masalani ko’rib chiqdilar. Bunday nazorat Qoraqalpog’iston Respublikasi, mamlakatning barcha viloyatlari, shuningdek Toshkent shahrini qamrab oldi. Bir palatali Oliy Majlisning nazorat faoliyatini tahlil etish bir qator qonuniyatlarni namoyon etdi. Birinchidan, mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichini va huquqni tatbiq etish amaliyotini hisobga olgan holda muqaddam qabul qilingan qonunlarni takomillashtirish tamoyili yil sayin kuchaya bordi. Ikkinchidan, qonun ijodkorligi ishi borgan sari tarmoq tusini kasb etib, ayrim sohalardagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga intildi. Uchinchidan, bir necha qo’mita va komissiyalarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan tayyorlangan hamda muhokamaga kiritilgan huquqiy hujjatlarning soni ortib bordi.

            Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylov va ikki palatali parlamenta o’tish (2004 yil dekabr — 2005 yil yanvar).

            Ikki palatali parlamentga o’tish munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartishlar kiritish asosida amalga oshirilgan konstitutsion islohotlar, shuningdek asosiy konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilinishi natijasida Qonunchilik palatasiga saylov o’tkazilib, u ikki bosqichdan iborat bo’ldi. Saylov o’tkazish uchun O’zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida»gi Qonunga muvofiq, saylov uchastkalariga bo’lingan 120 ta saylov okrugi tashkil etdi. Saylovning birinchi bosqichi 2004 yil 26 dekabr kuni o’tkazilib, 62 nafar xalq noibi, 2005 yil 9 yanvarda bo’lib o’tgan ikkinchi bosqichda Qonunchilik palatasiga 58 nafar deputat saylandi. Saylovlar ham O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar, ham saylovchilarning tashabbuskor guruhlari ko’rsatgan deputatlikka nomzodlar ishtirokida bo’lib o’tdi. Saylovda quyidagi siyosiy partiyalar ishtirok etdi: O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O’zbekiston Xalq-demokratik partiyasi, O’zbekiston «Fidokorlar» milliy-demokratik partiyasi (2000 yilning iyunida «Fidokorlar» partiyasi «Vatan taraqqiyoti» partiyasi bilan birlashgan), O’zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, shuningdek O’zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi.

Uchinchi davr.

            Milliy parlamentarizm rivoj topishining uchinchi davri Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2005 yil 28 yanvardagi qo’shma majlisidan boshlanib, bunda yangi ikki palatali Oliy Majlis deputatlari va senatorlari amalda o’z ishlariga kirishdilar. Mamlakatimiz qonun chiqaruvchilarining ana shu tarixiy anjumanida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov dasturiy ma’ruza qilib, unda jamiyatimizni demokratlashtirish hamda yangilashning aniq va teran asoslantirilgan kontseptsiyasini, shuningdek mamlakatimizni 2005 yilda va uzoq muddatli istiqbolda isloh etish hamda modernizatsiya qilishning asosiy vazifalarini ilgari surdi.

            O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilishning davlatimiz boshlig’i tomonidan olg’a surilgan ustuvor yo’nalishlari hamda aniq maqsadli vazifalari asosida ishlab chiqilgan 2005-2009 yillarga mo’ljallangan qonunchilik faoliyati dasturini qabul qildi.

            Ikki palatali parlament tashkil etilgach, O’zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi hokimiyat o’z taraqqiyotida yangi pog’onaga ko’tarildi. Eng asosiysi, garchi qonunchilik jarayoni ancha murakkablashgan bo’lsa-da, qabul qilingan qonunlarning sifati sezilarli darajada oshdi. Qonunlarni qabul qilishda siyosiy partiyalarning roli kuchaydi. Qonun loyihalarini partiyalarning fraktsiyalarida oldindan ko’rib chiqish, Qonunchilik palatasi yalpi majlislarida huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda ularning fikrlarini albatta eshitish amaliyoti shakllandi.

Oxirgi o'zgarish 13.11.2015 12:08

Yuklab olish uchun manba:
YUKLAB OLISH

Izoh qoldirish

X

Ekran suhandoni


Saytda ovozli hamroh mavjud!


Matnni tinglash uchun sichqoncha bilan belgilang va enter tugmasini bosing

Murojaatlar monitoringi

2017-yil 10 mart holatiga

Barcha murojaatlar 1073 ta100%
Javob berilgan 950 ta88.5%
Ko`rib chiqilmoqda 23 ta11.5%

1083
Ishonch telefoni
________________________________
0 373 244 05 23
Yagona telefon
z-index
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ

tabBg3

 

Foto lavhalar

 

collage photocat

Murojaat holatini tekshirish

Murojaatingiz holatini tekshirish uchun so'ralgan ma'lumotlarni kiriting

Murojaat holatini tekshirish

Sizning murojaatingiz qabul qilingan.Ayni paytda murojaatingiz ko`rib chiqish jarayonida!

Hozir saytda

9
online foydalanuvchilar

Agro.uz.pngCCITT.uz.pngHUKUMAT PORTALI.pngID.uz.pngParlament.gov.uz.pngPrezident.uz.pngSenat.gov.uz.pngegov.uz.pnglex.uz.pngmy.gov.uz.pngsoliq.uz.pngwww.uz.png
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ