Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech

logouz5logouz3

logouz4

flag gerb kons madhiya

 

Maqolalar sana bo'yicha

« Fevral 2017 »
Duy Sey Chr Pay Jum Shn Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28          

 

transport va xizmat korsatish kolleji sayti

 

Yangiliklarga

captcha 

 

 

orphus uz

FARG'ONA VILOYATI XOKIMING

VIRTUAL QABULXONASI

________________________

Murojat uchun telefon

1088

________________________
Ish vaqti dushanba-juma
soat 09:00 dan 18:00 gacha
tushlik 13:00-14:00

Saytni baholang

Sayt ustida ishlash kerak - 43.6%
Qoniqarli - 4.3%
Yaxshi - 8.5%
A'lo - 41%

Ovozlar soni: 117
The voting for this poll has ended bo'yicha: Yanvar 30, 2017

faq ban

Vazirlar Mahkamasi 250-son qarori

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

Qarori

O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi huzuridagi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini ta'minlash markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida

(O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2013 y., 38-son, 492-modda)

 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi huzurida davlat muassasalari shaklidagi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini ta'minlash markazi (keyingi o'rinlarda Markazlar deb ataladi) tashkil etilsin.

2. Quyidagilar O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi huzuridagi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:

«Elektron hukumat» tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirishning strategik yo'nalishlarini, shu jumladan jahon tendentsiyalarini hamda xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil va tadqiq qilish asosida ishlab chiqish;

«Elektron hukumat» tizimini shakllantirishda davlat organlarida qo'llaniladigan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma'lumotlar bazalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va integratsiyasining kelishilgan mexanizmini hamda «Elektron hukumat» tizimi loyihalarini amalga oshirishning normativ-metodik ta'minotini tashkil etishni nazarda tutuvchi yagona texnologik yondashuvni ta'minlash;

davlat organlari faoliyatining funktsional va operatsion jarayonlarini tizimli qayta tashkil etishni amalga oshirish, davlat xizmatlari ko'rsatish bilan bog'liq bo'lgan biznes jarayonlarni boshqarishni maqbullashtirish, takomillashtirish va innovatsion mexanizmlarini joriy etish bo'yicha takliflar tayyorlash;

«Elektron hukumat» tizimini samarali joriy etish uchun amaldagi normativ-huquqiy bazani maqsadli tahlil qilish va uni takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlash;

«Elektron hukumat» tizimi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini tizimli monitoring qilish, baholash, shu jumladan axborot tizimlari va resurslarini joriy etish samaradorligini o'rganish, davlat organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish samaradorligini reytingli baholash tizimini yuritish;

«Elektron hukumat» tizimi doirasida interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatish va ulardan foydalanish samaradorligining asosiy ko'rsatkichlarini aniqlash metodikasini ishlab chiqish, loyihalarni amalga oshirishning maqsadli indikatorlari va ko'rsatkichlarini aniqlash.

3. Quyidagilar O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi huzuridagi Axborot xavfsizligini ta'minlash markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:

«Elektron hukumat» tizimi axborot tizimlari komplekslari, resurslari va ma'lumotlar bazalarining axborot xavfsizligini ta'minlash;

amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq «Elektron hukumat» tizimini joriy etish doirasida axborotlashtirish ob'ektlarini attestatsiyadan o'tkazish;

davlat organlarining axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko'maklashish;

axborot xavfsizligiga hozirgi vaqtdagi tahdidlar to'g'risidagi ma'lumotlarni yig'ish, tahlil qilish va to'plash, «Elektron hukumat» tizimi axborot tizimi, resurslari va ma'lumotlar bazalariga noqonuniy kirib olish holatlarining oldini olishni ta'minlaydigan tashkiliy va dasturiy-texnik yechimlarni samarali qabul qilish bo'yicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish;

davlat axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini ta'minlash yuzasidan monitoring natijalari to'g'risidagi statistik ma'lumotlarni O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasiga belgilangan tartibda taqdim etish;

«Elektron hukumat» tizimining axborot tizimlari, resurslari va ma'lumotlar bazalarining, shuningdek Internet tarmog'i milliy segmentining axborot xavfsizligini ta'minlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;

telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari bilan hamkorlik qilish, davlat organlarining kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasidagi qonun buzilishlarining oldini olish masalalari bo'yicha birgalikdagi ishlarini tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;

Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog'i milliy segmentida axborot xavfsizligiga paydo bo'layotgan tahdidlar to'g'risida o'z vaqtida xabardor qilish, shuningdek axborotlarni muhofaza qilish bo'yicha konsultatsiya xizmatlari ko'rsatish;

qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish;

Internet tarmog'i milliy segmentida axborot xavfsizligi hodisalarining oldini olish bo'yicha o'zaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

4. Quyidagilar:

O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi huzuridagi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazining xodimlarining cheklangan soni 150 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 23 nafar bo'lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi huzuridagi Axborot xavfsizligini ta'minlash markazining xodimlarining cheklangan soni 135 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 23 nafar bo'lgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasiga «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazining hamda Axborot xavfsizligini ta'minlash markazining amaldagi tuzilmalariga xodimlarning tasdiqlangan soni doirasida o'zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.

6. Belgilab qo'yilsinki, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini ta'minlash markazi faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnika ta'minoti:

tasdiqlangan smeta doirasida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fondi;

xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat va hukumatga qarashli bo'lmagan tashkilotlarning beg'araz texnikaviy ko'magi (grantlari);

xo'jalik faoliyatidan, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablag'lar hisobiga amalga oshiriladi.

7. O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi huzuridagi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jalb etiladigan, «Elektron hukumat» tizimini joriy etish va rivojlantirish loyihalarini hamda tadbirlarini amalga oshirishni moliyalashtirishga yo'naltiriladigan beg'araz texnikaviy ko'mak (grantlar)dan, xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlaridan foydalanish bo'yicha mas'ul muvofiqlashtiruvchi etib belgilansin.

8. O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, xalqaro moliya institutlaridagi O'zbekiston Respublikasidan boshqaruvchilar manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va hukumatga qarashli bo'lmagan tashkilotlar bilan «Elektron hukumat» tizimini joriy etish va rivojlantirish hamda uning axborot xavfsizligini ta'minlash loyihalari va tadbirlarini moliyalashtirish uchun beg'araz texnikaviy ko'mak (grantlar) va imtiyozli kreditlar mablag'larini jalb etish masalalari bo'yicha ishlarni faollashtirsinlar.

9. O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi:

«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini ta'minlash markazi ustavlari bir oy muddatda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek ularning belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilishini ta'minlasin;

Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazini hamda Axborot xavfsizligini ta'minlash markazini zarur yo'nalishdagi malakali kadrlar bilan ta'minlash, shuningdek Markazlarning moddiy-texnika bazasini shakllantirish chora-tadbirlarini ko'rsin.

10. Quyidagilar:

O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi huzuridagi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko'chasi, 4-uyga;

O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi Toshkent shahar, SHayxontohur tumani, TS-14, 33-uyga;

O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi huzuridagi Axborot xavfsizligini ta'minlash markazi Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy ko'chasi, 282a-uyga joylashtirilsin.

11. Quyidagilar:

O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasining Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko'chasi, 4-uy manzilidagi bo'shatilagan binosi O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi huzuridagi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markaziga;

«O'zbektelekom» aktsiyadorlik kompaniyasining Toshkent shahar, SHayxontohur tumani, TS-14, 33-uy manzilidagi binosi O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasiga belgilangan tartibda, operativ boshqarish huquqi bilan bepul berilsin.

12. O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda o'z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.

 O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri  Sh. MIRZIYOEV

Toshkent sh.,

2013 yil 16 sentyabr,

250-son

YUKLAB OLISH

Izoh qoldirish

X

Ekran suhandoni


Saytda ovozli hamroh mavjud!


Matnni tinglash uchun sichqoncha bilan belgilang va enter tugmasini bosing

Murojaatlar monitoringi

2016-yil 09 dekabr holatiga

Barcha murojaatlar 3304 ta100%
Javob berilgan 3237 ta97.9%
Ko`rib chiqilmoqda 67 ta2.1%

1083
Ishonch telefoni
________________________________
0 373 244 05 23
Yagona telefon
z-index
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ

tabBg3

 

Foto lavhalar

 

collage photocat

Murojaat holatini tekshirish

Murojaatingiz holatini tekshirish uchun so'ralgan ma'lumotlarni kiriting

Murojaat holatini tekshirish

Sizning murojaatingiz qabul qilingan.Ayni paytda murojaatingiz ko`rib chiqish jarayonida!

Hozir saytda

5
online foydalanuvchilar

Agro.uz.pngCCITT.uz.pngHUKUMAT PORTALI.pngID.uz.pngParlament.gov.uz.pngPrezident.uz.pngSenat.gov.uz.pngegov.uz.pnglex.uz.pngmy.gov.uz.pngsoliq.uz.pngwww.uz.png
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ