Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech

logouz5logouz3

logouz4

flag gerb kons madhiya

 

Maqolalar sana bo'yicha

« Mart 2017 »
Duy Sey Chr Pay Jum Shn Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

 

transport va xizmat korsatish kolleji sayti

 

Yangiliklarga

captcha 

 

 

orphus uz

FARG'ONA VILOYATI XOKIMING

VIRTUAL QABULXONASI

________________________

Murojat uchun telefon

1088

________________________
Ish vaqti dushanba-juma
soat 09:00 dan 18:00 gacha
tushlik 13:00-14:00

Saytni baholang

faq ban

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI

Jismoniy va yuridik shaxslar markaziy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va «Elektron hukumat» tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida

(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2015 y., 50-son, 628-modda)

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son qaroriga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslar to’g’risidagi axborotning yagona markazlashtirilgan manbaini shakllantirish, shuningdek davlat xizmatlarini ko’rsatishda va idoralararo elektron hamkorlik qilishda «Elektron hukumat» tizimining foydalanuvchilarini haqiqiy identifikatsiyalashni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

«Elektron hukumat» tizimining jismoniy va yuridik shaxslar markaziy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va yuritish tartibi to’g’risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

«Elektron hukumat» tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi to’g’risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:

ikki hafta muddatda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat statistika qo’mitasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda «Elektron hukumat» tizimining jismoniy va yuridik shaxslar markaziy ma’lumotlar bazalarini (keyingi o’rinlarda markaziy ma’lumotlar bazalari deb yuritiladi) shakllantirish va yuritish jadvalini tasdiqlasin;

bir oy muddatda O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tuzilmalarida xodimlarning belgilangan shtatdagi soni doirasida «Elektron hukumat» tizimining markaziy ma’lumotlar bazalarini va tizimdan foydalanuvchilarni identifikatsiyalashning yagona axborot tizimini (keyingi o’rinlarda identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi deb ataladi) texnik qo’llab-quvvatlash va ularning axborot xavfsizligini ta’minlash bo’yicha guruhlarni tashkil etsin;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar axborot tizimlarining markaziy ma’lumotlar bazalari va identifikatsiyalashning yagona tizimi bilan integratsiyalashuviga qo’yiladigan texnik talablarni ikki oy muddatda tasdiqlasin;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlarida jismoniy va yuridik shaxslarning yagona identifikatorlarini joriy qilish hamda ularning markaziy ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashuviga doir chora-tadbirlar rejasini ikki oy muddatda tasdiqlash uchun 2013 — 2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish Respublika komissiyasiga kiritsin.

3. O’zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilsin.

4. Vazirliklar va idoralar ikki oy muddatda o’z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYoEV

Toshkent sh.,

2015 yil 17 dekabr,

365-son

Yuklab olish uchun manba:
YUKLAB OLISH

Izoh qoldirish

X

Ekran suhandoni


Saytda ovozli hamroh mavjud!


Matnni tinglash uchun sichqoncha bilan belgilang va enter tugmasini bosing

Murojaatlar monitoringi

2017-yil 10 mart holatiga

Barcha murojaatlar 1073 ta100%
Javob berilgan 950 ta88.5%
Ko`rib chiqilmoqda 23 ta11.5%

1083
Ishonch telefoni
________________________________
0 373 244 05 23
Yagona telefon
z-index
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ

tabBg3

 

Foto lavhalar

 

collage photocat

Murojaat holatini tekshirish

Murojaatingiz holatini tekshirish uchun so'ralgan ma'lumotlarni kiriting

Murojaat holatini tekshirish

Sizning murojaatingiz qabul qilingan.Ayni paytda murojaatingiz ko`rib chiqish jarayonida!

Hozir saytda

9
online foydalanuvchilar

Agro.uz.pngCCITT.uz.pngHUKUMAT PORTALI.pngID.uz.pngParlament.gov.uz.pngPrezident.uz.pngSenat.gov.uz.pngegov.uz.pnglex.uz.pngmy.gov.uz.pngsoliq.uz.pngwww.uz.png
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ