Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech

logouz5logouz3

logouz4

flag gerb kons madhiya

 

Maqolalar sana bo'yicha

« Fevral 2017 »
Duy Sey Chr Pay Jum Shn Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28          

 

transport va xizmat korsatish kolleji sayti

 

Yangiliklarga

captcha 

 

 

orphus uz

FARG'ONA VILOYATI XOKIMING

VIRTUAL QABULXONASI

________________________

Murojat uchun telefon

1088

________________________
Ish vaqti dushanba-juma
soat 09:00 dan 18:00 gacha
tushlik 13:00-14:00

Saytni baholang

Sayt ustida ishlash kerak - 43.6%
Qoniqarli - 4.3%
Yaxshi - 8.5%
A'lo - 41%

Ovozlar soni: 117
The voting for this poll has ended bo'yicha: Yanvar 30, 2017

faq ban

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI

Interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida

(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2013 y., 2-son, 23-modda; 2015 y., 10-son, 113-modda; 2016 y., 23-son, 269-modda)

«Axborotlashtirish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2012 yil 21 martdagi PQ-1730-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek elektron shaklda ma’lumotlarning to’liq ayirboshlanishini, so’rovlarni rasmiylashtirish tartibotlarini jadallashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida davlat organlari bilan tadbirkorlik sub’ektlari va aholining o’zaro hamkorligi samaradorligini oshirishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to’g’risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilab qo’yilsinki, O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o’rinlarda Yagona portal deb ataladi) Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida, shu jumladan «bir darcha» rejimida faoliyat ko’rsatadi.

2. Yagona portal:

jismoniy va yuridik shaxslarning davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xizmatlari va funktsiyalari to’g’risidagi ma’lumotlardan foydalanishini;

jismoniy va yuridik shaxslarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanishi uchun zarur bo’lgan arizalar shakllari, blankalar va boshqa hujjatlardan, shu jumladan elektron tarzda to’ldirish uchun foydalanishini;

ariza beruvchilar tomonidan davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek boshqa tashkilotlar bilan teskari aloqani amalga oshirish imkoniyatini;

elektron davlat xizmatlaridan foydalanish uchun zarur bo’lgan arizalar va boshqa hujjatlarni elektron tarzda qabul qilishni;

jismoniy va yuridik shaxslarning Yagona portal faoliyati bilan bog’liq so’rovlari va murojaatlarini hisobga olish, shu jumladan davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatish sifati monitoringi olib borilishini ta’minlaydi.

(2-band O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2016 y., 23-son, 269-modda)

3. 2013 — 2020 yillarda O’zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika komissiyasi:

(3-bandning birinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 6 martdagi 50-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 10-son, 113-modda)

Yagona portal orqali davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun ko’rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari yig’ma reestrini (keyingi o’rinlarda Yig’ma reestr deb ataladi) bir oy muddatda tasdiqlasin;

uch oy muddatda davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda davlat xizmatlarini bosqichma-bosqich interaktiv davlat xizmatlariga o’tkazish va Yig’ma reestrga kiritishning aniq muddatlarini belgilagan holda davlat xizmatlari ro’yxatini tasdiqlasin;

yangi interaktiv davlat xizmatlarini Yig’ma reestrga kiritish hamda davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatish sifatini yaxshilash ishlarining ahvoli to’g’risidagi masalalarni o’z majlislarida muntazam ravishda ko’rib borsin.

4. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:

(4-bandning birinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 6 martdagi 50-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 10-son, 113-modda)

Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatishga o’tish bo’yicha normativ-metodik rahbarlikni ta’minlasin;

2013 yil 1 iyulgacha bo’lgan muddatda Yagona portalni ishlab chiqsin va Internet tarmog’ida ishga tushirsin;

har yili 1 dekabrgacha 2013 — 2020 yillarda O’zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika komissiyasiga Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatishning holati to’g’risida hisobot va Yig’ma reestr ro’yxatini kengaytirish bo’yicha qo’shimcha takliflar kiritsin.

(4-bandning to’rtinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 6 martdagi 50-sonli qarori tahririda — O’R QHT, 2015 y., 10-son, 113-modda)

5. Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari:

Yagona portalda Yig’ma reestr tarkibiga kiradigan interaktiv davlat xizmatlari o’z vaqtida ishga tushirilishini ta’minlasinlar;

aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan o’zaro munosabatlarda elektron shaklga o’tishni ta’minlash yuzasidan o’z vakolatlari doirasida qonun hujjatlarini takomillashtirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar ko’rsinlar.

6. Belgilansinki, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari va mas’ul ijrochilari interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish va ko’rsatish, shuningdek ularning o’z vaqtida va to’liq ko’rsatilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.

7. O’zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilsin.

8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari R.S. Azimov hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYoEV

Toshkent sh.,

2012 yil 30 dekabr,

378-son

Yuklab olish uchun manba:
YUKLAB OLISH

Izoh qoldirish

X

Ekran suhandoni


Saytda ovozli hamroh mavjud!


Matnni tinglash uchun sichqoncha bilan belgilang va enter tugmasini bosing

Murojaatlar monitoringi

2016-yil 09 dekabr holatiga

Barcha murojaatlar 3304 ta100%
Javob berilgan 3237 ta97.9%
Ko`rib chiqilmoqda 67 ta2.1%

1083
Ishonch telefoni
________________________________
0 373 244 05 23
Yagona telefon
z-index
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ

tabBg3

 

Foto lavhalar

 

collage photocat

Murojaat holatini tekshirish

Murojaatingiz holatini tekshirish uchun so'ralgan ma'lumotlarni kiriting

Murojaat holatini tekshirish

Sizning murojaatingiz qabul qilingan.Ayni paytda murojaatingiz ko`rib chiqish jarayonida!

Hozir saytda

3
online foydalanuvchilar

Agro.uz.pngCCITT.uz.pngHUKUMAT PORTALI.pngID.uz.pngParlament.gov.uz.pngPrezident.uz.pngSenat.gov.uz.pngegov.uz.pnglex.uz.pngmy.gov.uz.pngsoliq.uz.pngwww.uz.png
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ