Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech

logouz5logouz3

logouz4

flag gerb kons madhiya

 

Maqolalar sana bo'yicha

« Mart 2017 »
Duy Sey Chr Pay Jum Shn Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

 

transport va xizmat korsatish kolleji sayti

 

Yangiliklarga

captcha 

 

 

orphus uz

FARG'ONA VILOYATI XOKIMING

VIRTUAL QABULXONASI

________________________

Murojat uchun telefon

1088

________________________
Ish vaqti dushanba-juma
soat 09:00 dan 18:00 gacha
tushlik 13:00-14:00

Saytni baholang

faq ban


snSadriddinov Nodirjon Sadirovich 

2016 yil  iyundan: Farg’ona viloyati hokimligi Axborot-taxlil guruhi rahbari
Tug'ilgan yili: 01.01.1970
Tug'ilgan joyi: Farg'ona viloyati,
Millati: O'zbek
Partiyaviyligi: Yo'q
Ma'lumoti: Oliy
Tamomlagan: 1993 y. Kiev savdo-iqtisod instituti (kunduzgi),
2004 y. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabi (kunduzgi)
Davlat mukofoti bilan taqdirlanganmi: yo'q
Xalq deputatlari respublika, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa
saylanadigan organlarning a’zosimi: yo'q

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot-tahlil guruhi to’g’risidagi

Nizom      

1. Viloyat hokimligining Axborot-tahlil guruhi viloyat hokimligi apparatining tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi.

2. Axborot-tahlil guruhining faoliyati quyidagi asosiy vazifalarni
bajarishga yo’naltirilgan:

hokimlikning ish rejasi bajarilishi monitoringini tashkil etadi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati bilan o’zaro hamkorlik qiladi;

ekspertiza natijalari bo’yicha hujjatlar loyihalari haqida hokimga axborot beradi, hokim tomonidan imzolangan hujjatlarga viza qo’yadi va ularning chiqarilishini tashkil etadi;

hududni kompleks rivojlantirish yig’ma boshqarmasi bilan birgalikda hokim tomonidan o’tkaziladigan majlislarda, shu jumladan har haftalik apparat yig’ilishlari va turli komissiyalarning kun tartibi loyihalarini shakllantiradi, hokimga tasdiqlatadi va tegishli hujjatlar tayyorlanishini ta’minlaydi;

hokim tomonidan o’tkaziladigan majlislarni tashkil etadi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi, hokimni va hududni kompleks rivojlantirish yig’ma boshqarmasi boshlig’ini ularning bajarilishi va natijalari to’g’risida belgilangan muddatlarda xabardor qiladi;

boshqaruv apparatining tarkibiy bo’linmalari bilan birgalikda hokimning ko’rib chiqishi uchun axborot-ma’lumotnoma va boshqa materiallarni, shuningdek hokimning ma’ruzalari va nutqlarini tayyorlaydi;

xalq deputatlari Kengashi hamda  hokimning hujjatlari loyihalarini ekspertizadan o’tkazishni tashkil etish va sifatli tayyorlash bo’yicha hokimning o’rinbosarlari bilan o’zaro mustahkam hamkorlik qiladi;

amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar to’g’risida jamoatchilikni darhol xabardor qilish hamda hokimlikning faoliyati matbuot, radio, televidenie va butunjahon Internet axborot tarmog’ida xolisona yoritilishi uchun boshqaruv apparatining ommaviy axborot vositalari bilan o’zaro hamkorligini ta’minlaydi;

xalq deputatlari Kengashining va hokimlikning faoliyatini yanada to’liq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlar bilan o’zaro hamkorlik qiladi;

matbuot konferentsiyalari, brifinglar o’tkazish, intervyular olishni va hokimlikning rahbariyati va xodimlari bilan ommaviy axborot vositalari vakillarining boshqa uchrashuvlarini tashkil qiladi;

xalq deputatlari Kengashining va hokimlikning faoliyati masalalari yuzasidan jamoatchilik fikrini hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari nuqtai nazarini o’rganish bo’yicha tahliliy ishlarni amalga oshiradi, hokimlik rahbariyatiga axborot berish uchun matbuotda e’lon qilingan dolzarb materiallar sharhlarini tayyorlaydi;

ommaviy axborot vositalari bilan axborot-ma’lumotnomalarni e’lon qilish  ishlarini amalga oshirish uchun xalq deputatlari Kengashi va hokimlik faoliyati to’g’risidagi tahliliy, statistik va boshqa materiallar ma’lumotlarining tizimlashtirilgan bankini tashkil qiladi;

hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

3. Axborot-tahlil guruhi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, "Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga,  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga,  boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari Kengashining va hokimning hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.

4. Axborot-tahlil guruhi o’z faoliyatini viloyat hokimi rahbarligida, shuningdek viloyat hokimligi komplekslari va kotibiyatlari, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

5. Axborot-tahlil guruhi tegishli ravishda viloyat hokimiga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o’zgartirishlar, horijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig’ma axborot-tahlil departamentiga hisobot beradi.

I. Guruhning vazifalari va funktsiyalari

6. Quyidagilar guruhning asosiy vazifalari hisoblanadi:

tarmoqlarda va hududlarda islohotlarning borishi monitoringi va ma’lumotlar bazasini shakllantirish, investitsiya dasturi, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik jihatdan yangilash va texnologiya bilan qayta jihozlash dasturlari amalga oshirilishini nazorat qilish tizimini tashkil etish;

Investitsiya dasturi, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlari bajarilishi monitoringi natijalarini umumlashtirish va kompleks taxlil qilish, ular asosida tasdiqlangan parametrlarga so’zsiz erishish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;

tarmoqlar va hududlar darajalarida iqtisodiy islohotlar, iqtisodiy rivojlanish dasturlari, qabul kilingan qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bajarilishini nazorat qilish;

import hajmi va turlarini chuqur tahlil qilish asosida mahsulot ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish yo’nalishlari, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan o’zlashtirish uchun tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ro’yxatlari bo’yicha takliflarni shakllantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

horijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish uchun investitsiya takliflarining yagona bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish jarayonini muvofiqlashtirishni ta’minlash, shunindek amalga oshirilishi tavsiya qilinayotgan investitsiya takliflari to’g’risidagi ma’lumotlarni potentsial horijiy investorlar va kreditorlarga etkazish;

horijiy kreditlar va investitsiyalarni jalb etish masalalari bo’yicha xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda boshqa investorlar bilan hamkorlik dasturlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish, shuningdek hamkorlikning ustuvor va istiqbolli yo’nalishlari bo’yicha takliflar ishlab chiqish;

iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini rivojlantirish va uning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyasi bo’yicha shart-sharoitlar yaratishda va chora-tadbirlar bajarilishi monitoringini olib borishda qatnashish.

7. Axborot-tahlil guruhi o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

viloyatni va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy islohotlarning amalga oshirilishi, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, davlat dasturlari va hududiy dasturlarni amalga oshirish masalalari bo’yicha ma’lumotlar bazalari yaratilishi, yuritilishi va muntazam yangilab borilishini ta’minlaydi;

o’zi mutasaddilik qiladigan sohaga kiradigan masalalar bo’yicha axborotlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi, viloyat hokimi uchun tegishli ma’lumotnomalar, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;

hududlarda ishlarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini, ijtimoiy-iqtisodiy, tarkibiy va ma’muriy islohotlar masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari ijrosini, shu jumladan joyiga borgan holda o’rganadi, viloyat hokimiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;

viloyat hokimning qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini, ularni ishlab chiqishni hamda kelishishni amalga oshiradi, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallarning sifatli tayyorlanishini ta’milaydi;

viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari bo’yicha yig’ilishlarini tayyorlash bilan bog’liq materiallarni ishlab chiqishda va qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi hamda mazkur materiallar to’g’risida viloyat hokimiga axborot beradi, shuningdek viloyat hokimligining tegishli yig’ilish qarorlari bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

viloyat hokimi tomonidan o’gkaziladigan yig’ilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;

o’ziga yuklangan boshqa funktsiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.


II. Axborot-tahlil guruhining huquqlari va javobgarligi

8. Axborot-tahlil guruhi o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Viloyat hokimligida ko’rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo’lgan materiallar va ma’lumotlarni viloyat hokimligining boshqa tarkibiy bo’limlaridan, davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va so’rash;

davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, boshqa organlar va tashkilotlarning, shuningdek viloyat hokimligining tarkibiy komplekslarining makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy va institutsional islohotlar, iqtisodiyot tarmoqlari, sektorlari va mintaqalarni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish masalalari bo’yicha axborot-tahliliy faoliyatini muvofiqlashtirish;

davlatva xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari xamda vakillari ishtirokida yig’ilishlar o’tkazish;

markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqotmarkazlari vainstitutlari xodimlarini, ekspertlarni jalb etgan holda axborot va tahliliy tadqiqotlar o’tkazish uchui ekspert guruhlari tashkil etish;

xalqaro konferentsiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va kengashlar ishida, shuningdek iqtisodiy, ijtimoiy, institutsional va tarkibiy islohotlar muammolari bo’yicha axborot-tahliliy tadqiqotlar sohasidagi xalqaro loyihalarda qatnashish;

zarurat bo’lganda, viloyat hokimligida ko’rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, boshqa organlar va tashkilotlarning, ilmiy muassasalarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish;

9. Axborot-tahlil guruhi:

o’ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;

viloyat hokimligiga kiritilgan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi;

O’zbekiston Respublikasi qonunlarining, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlarining, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining, viloyat hokimi qarorlari, farmoyishlarini viloyat hokimligi komplekslari, shahar, tuman hokimliklari, boshqarma, tashkilot va xo’jalik boshqaruv organlari tomonidan o’z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi;

Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida” 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi uchun javob beradi.

                                           


III. Axborot-tahlil guruhining tuzilmasi

10. Axborot-tahlil guruhining tuzilmasiga guruh rahbari, 1 ta bosh mutaxassis va 1 ta etakchi mutaxassis kiradi.

Axborot-tahlil guruhi tuzilmasi viloyat hokimi qarori bilan tasdiqlanadi.

11. Axborot-tahlil guruhi ishlariga guruh rahbari rahbarlik qiladi.

12.Axborot-tahlil guruhi rahbari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy  o’zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish  masalalari yig’ma axborot-tahlil departamenti bilan kelishgan holda hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Axborot-tahlil guruhi mutaxassislari hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

IV. guruh faoliyatini tashkil etish

13. Axborot-tahlil guruhi ishlari viloyat hokimining Ish rejasiga, ushbu Nizomga, viloyat hokimligida ish yuritish bo’yicha yo’riqnomaga, viloyat hokimining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek viloyat hokimligining ish rejalari, guruhning ish rejalari, guruh rahbari va mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Axborot-tahlil guruhiining ish rejalari va guruh rahbarining shaxsiy ish rejasi viloyat hokimi tomonidan,  mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari guruh rahbari tomonida tasdiqlanadi.

14. Axborot-tahlil guruhi rahbari:

Axborot-tahlil guruhiga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, o’z mutaxassislari ishlarini tashkil qiladi hamda Axborot-tahlil guruhiga yuklangan vazifalar, funktsiyalarning bajarilishi va ijro intizomi holati uchun shaxsan javob beradi;

Viloyat hokimiga kiritilgan Axborot-tahlil guruhi mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo’yicha hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni ko’rib chiqadi, mazkur loyihalarga rozilik beradi hamda ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi;

Viloyat hokimligi majlislarida, viloyat hokimi, uning o’rinbosarlari o’tkazadigan yig’ilishlarda, viloyat komissiyalari majlislarida, viloyat hokimi tomonidan Axborot-tahlil guruhi mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo’yicha o’tkaziladigan yig’ilishlarda qatnashadi;

Viloyat hokimi bilan kelishgan holda Axborot-tahlil guruhi mutaxassislari o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi;

Viloyat hokimligida amalda bo’lgan Yo’riqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini ta’minlaydi;

chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;

Axborot-tahlil guruhi ishlarini takomillashtirish, mutaxassislarning ish va kasb malakasini oshirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

Axborot-tahlil guruhi mutaxassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni rag’batlantirish hamda ularga tanbeh berish to’g’risidagi takliflarni viloyat hokimiga taqdim etadi.

Axborot-tahlil guruhi  rahbari  vaqtinchalik  bo’lmagan taqdirda uning  vazifasini bosh mutaxassis bajaradi.

15. Axborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisi:

o’ziga biriktirilgan masalalar bo’yicha materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, materiallarning o’z vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarnint bajarilishi ustidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;

ishlab chiqilayotgan qarorlar loyihalarini amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ekspert baholashni amalga oshiradi;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, viloyat hokimi va uning o’rinbosarlarining o’ziga biriktirilgan masalalar bo’yicha topshiriqlari bajarilishini nazorat qiladi, tegishli masalalar bo’yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasi yaratilishini va yuritilishini, muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;

ma’lumotlar to’g’risida Axborot-tahlil guruhi rahbariga axborot beradi;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni o’rganadi, o’ziga biriktirilgan masalalar bo’yicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur tahliliy ma’lumotlarni tayyorlaydi;

islohotlarni chuqurlashtirish, viloyatni, tarmoqlar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek o’ziga biriktirilgan masalalar bo’yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi va guruh rahbariga taqdim etadi;

o’ziga birkktirilgan masalalar bo’yicha viloyat hokimi va uning o’rinbosarlari o’tkazadigan yig’ilishlarda, viloyat komissiyalari yig’ilishlarida belgilangan tartibda qatnashadi;

tayyorlanayotgan viloyat hokimi qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun o’ziga biriktirilgan masalalar bo’yicha davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yig’ilishlar o’tkazadi;

tegishli masalalar bo’yicha etakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi.

Axborot-tahlil guruhirahbari vaqtinchalik bo’lmagan taqdirda uning vazifasini bajaradi.

16. Axborot-tahlil guruhining etakchi mutaxassisi:

Axborot-tahlil guruhirahbari va bosh mutaxassisning o’ziga biriktirilgan masalalar bo’yicha topshiriqlarini bajaradi, materiallarning o’z vaqtida tayyorlanishini, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi usgidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;

O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, shuningdek, viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlarining o’ziga biriktirilgan masalalar bo’yicha topshiriqlari bajarilishining holati to’g’risida axborotlarni tayyorlaydi va umumlashtiradi;

o’ziga biriktirilgan soha bo’yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, uning to’ldirilishini va muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlaydi;

ma’lumotlarni guruh rahbari va bosh mutaxassisga taqdim etadi;

viloyat boshqarma va tashkilotlari, shahar, tuman hokimliklari tomonidan taqdim etilgan materiallarni o’rganadi, o’ziga biriktirilgan masalalar bo’yicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur tahliliy ma’lumotlarni tayyorlaydi;

o’ziga biriktirilgan masalalar bo’yicha viloyat hokimi va uning o’rinbosarlari o’tkazadigan yig’ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;

guruh rahbari va bosh mutaxassis bilan kelishgan holda davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan viloyat hokimini qarorlari va farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida muhokama qiladi.  

 

Oxirgi o'zgarish 16.03.2017 14:44

Yuklab olish uchun manba:
YUKLAB OLISH

Izoh qoldirish

X

Ekran suhandoni


Saytda ovozli hamroh mavjud!


Matnni tinglash uchun sichqoncha bilan belgilang va enter tugmasini bosing

Murojaatlar monitoringi

2017-yil 10 mart holatiga

Barcha murojaatlar 1073 ta100%
Javob berilgan 950 ta88.5%
Ko`rib chiqilmoqda 23 ta11.5%

1083
Ishonch telefoni
________________________________
0 373 244 05 23
Yagona telefon
z-index
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ

tabBg3

 

Foto lavhalar

 

collage photocat

Murojaat holatini tekshirish

Murojaatingiz holatini tekshirish uchun so'ralgan ma'lumotlarni kiriting

Murojaat holatini tekshirish

Sizning murojaatingiz qabul qilingan.Ayni paytda murojaatingiz ko`rib chiqish jarayonida!

Hozir saytda

10
online foydalanuvchilar

Agro.uz.pngCCITT.uz.pngHUKUMAT PORTALI.pngID.uz.pngParlament.gov.uz.pngPrezident.uz.pngSenat.gov.uz.pngegov.uz.pnglex.uz.pngmy.gov.uz.pngsoliq.uz.pngwww.uz.png
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ