Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech

logouz5logouz3

logouz4

flag gerb kons madhiya

 

Maqolalar sana bo'yicha

« Fevral 2017 »
Duy Sey Chr Pay Jum Shn Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28          

 

transport va xizmat korsatish kolleji sayti

 

Yangiliklarga

captcha 

 

 

orphus uz

FARG'ONA VILOYATI XOKIMING

VIRTUAL QABULXONASI

________________________

Murojat uchun telefon

1088

________________________
Ish vaqti dushanba-juma
soat 09:00 dan 18:00 gacha
tushlik 13:00-14:00

Saytni baholang

Sayt ustida ishlash kerak - 43.6%
Qoniqarli - 4.3%
Yaxshi - 8.5%
A'lo - 41%

Ovozlar soni: 117
The voting for this poll has ended bo'yicha: Yanvar 30, 2017

faq ban

Farg’ona viloyati hokimining

QARORI

03.05.2016 y.                                                                                 № 152

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2016 yil 27 apreldagi 123-son qarori haqida

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 24 fevraldagi
"Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish to’g’risida"gi PQ-2497-son va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 apreldagi “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari to’g’risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 123-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida

QAROR QILAMAN:

1.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil
27 apreldagi “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari to’g’risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 123-son qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2.Farg’ona viloyati hokimligi boshqaruv apparati to’g’risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3.Viloyat hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi (M.Muxidinov) uch kun muddatda viloyat hokimi o’rinbosarlari, viloyat hokimligi boshqarma, guruh, xizmat rahbarlari va mas’ul xodimlari bilan birgalikda viloyat hokimligi boshqaruv apparati xodimlarining funktsional vazifalarini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun kiritsin.

4.Viloyat hokimligi boshqaruv apparati tarkibiy bo’linmalari(tashkiliy-nazorat guruhi, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi, ishlar boshqarmasi, axborot-tahlil xizmati, tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish guruhi, hokim o’rinbosarlarining kotibiyatlari) Farg’ona viloyati hokimligi boshqaruv apparati to’g’risidagi Nizomdan kelib chiqqan holda uch kun muddatda o’z nizomlarini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun kiritsin.

5.Shaharlar va  tumanlar hokimliklari uch kun muddatda:

a) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil
27 apreldagi “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari to’g’risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 123-son qarori bilan tasdiqlangan namunaviy nizomlar asosida: 

shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari to’g’risidagi nizomlarni;

shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari tarkibiy bo’linmalari to’g’risidagi nizomlarni;

shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari xodimlarining funktsional vazifalarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;

b) o’zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

6.Viloyat hokimligi boshqaruv apparati va shaharlar, tumanlar hokimlariga tasdiqlangan nizomlar talablari og’ishmay bajarilishi, ijro intizomi mustahkamlanishi va boshqaruv apparatlarining O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 24 fevraldagi "Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish to’g’risida"gi
PQ-2497-son qaroridan kelib chiquvchi vazifalarni yuqori professional darajada amalga oshirishga qodir bo’lgan malakali kadrlar bilan o’z vaqtida to’ldirilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.

7.Viloyat hokimligi huquqshunosi (A.Madalimov) viloyat hokimligi tomonidan qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki hafta muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirish yuzasidan taklif kiritsin.

8.Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining o’rinbosarlari zimmasiga yuklansin. 

             Viloyat hokimi                                                                           Sh.G’aniev


Viloyat hokimining

2016yil 3maydagi

___-son qaroriga

ilova

Farg’ona viloyati hokimligining boshqaruv apparati to’g’risida                                       

NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1.Ushbu nizom "Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  "Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish to’g’risida" 2016 yil
24 fevraldagi PQ-2497-son qaroriga muvofiq Farg’ona viloyati hokimligi boshqaruv apparatining (keyingi o’rinlarda boshqaruv apparati deb ataladi) vazifalari, funktsiyalari, huquqlari, mas’uliyatini hamda  faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2.Boshqaruv apparati o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, "Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga,  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga,  boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari Kengashining va hokimning hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.

3.Boshqaruv apparati hokimlik faoliyatini axborot-tahliliy, huquqiy, tashkiliy-texnik va moliyaviy-xo’jalik jihatidan ta’minlaydi, xalq deputatlari Kengashi majlislarini uning reglamentiga muvofiq tayyorlaydi,  xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, ularni amalga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ijroni muntazam ravishda tekshiradi.

Boshqaruv apparati xalq deputatlari Kengashi faoliyatiga tashkiliy, texnik va boshqa xizmatlar ko’rsatilishini ta’minlaydi.

4.Boshqaruv apparati o’z faoliyatini hokimning rahbarligida amalga oshiradi.

5.Boshqaruv apparati o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shaharlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek davlatning boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik qiladi.

II. Boshqaruv apparatining vazifalari va funktsiyalari

6.  Quyidagilar boshqaruv apparatining vazifalari hisoblanadi:

hokimning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, O’zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida"gi Qonunida va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ta’minlash;

viloyatni, shaharlar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendentsiyalarini kompleks tahlil qilish, asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlar dinamikasi, tarkibiy va institutsional o’zgartirishlar, mahalliy byudjetlar ijrosining tizimli monitoringini olib borish;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan eng muhim ustuvor vazifalarga muvofiq  viloyatni, shaharlar va tumanlarni kompleks rivojlantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;

viloyatda, shaharlar va tumanlarda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiyalash, iqtisodiyotda, eng avvalo, sanoatda va qishloq xo’jaligida tarkibiy o’zgartirishlarga doir tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;

viloyat, shaharlar va tumanlarning subventsiya olishini qisqartirish, korxonalarning moliyaviy  barqarorligini oshirish, o’zaro hisob-kitoblar tizimini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ta’minlash, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquqlarini va kafolatlarini ta’minlash yuzasidan hududiy boshqaruv organlarining mas’uliyatini oshirish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etish;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, hududiy investitsiya dasturlari, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik yangilash va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari, mahalliylashtiri dasturi, muhandislik-kommunikatsiya va yo’l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturlari, yangi ish o’rinlari tashkil etish va bandlikni ta’minlash dasturlari, shuningdek boshqa hududiy dasturlar amalga oshirilishi monitoringini olib borishning samarali tizimini yaratish;

hudud iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo’jaliklari, tadbirkorlik sub’ektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama rag’batlantirish bo’yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni tashkil etish;

qishloq xo’jaligida islohotlarni va tarkibiy o’zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, er va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari amalga oshirilishi yuzasidan tizimli tahlilni tashkil etish;

aholi bandligini ta’minlash bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, hududiy boshqaruv organlarining, boshqa tashkilotlarning yangi ish o’rinlari yaratish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi  turmushi darajasi va sifatini yanada oshirishga doir ishlarini muvofiqlashtirish;

qonuniylikni, huquq-tartibotni va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa ekstremal holatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan bog’liq chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish;  

rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari,

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish;

normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o’tkazish, shu jumladan ularning ayrim tarmoqlarga va umuman hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qisqa muddatli va uzoq muddatli ta’sirini kompleks baholash.

7.Boshqaruv apparati o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari,  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari,  O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o’rinbosarlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati, hokim va uning o’rinbosarlari topshiriqlari bo’yicha tegishli tahliliy, ma’lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ko’rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek xalq deputatlari Kengashi va hokim tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o’tkazilishini ta’minlaydi;

O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta’minlash bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;

muammoli masalalarni hal etish hamda viloyatni, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda hokimga  va uning o’rinbosarlariga taqdim etadi;

iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning muhim ustuvor vazifalari, davlat dasturlari amalga oshirilishi, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bajarilishi bo’yicha tegishli tizimlangan ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;

xalq deputatlari Kengashi sessiyalari, hududlarning faollari yig’ilishlari, hokim va uning o’rinbosarlari ishtirokida o’tkaziladigan yig’ilishlar va boshqa tadbirlar o’tkazilishini ta’minlaydi, qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;

xalq deputatlari Kengashi va hokimlikning komissiyalari va boshqa ishchi organlari ishlarini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

hokimning mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim va dolzarb masalalari bo’yicha hisoboti xalq deputatlari Kengashi tomonidan eshitilishini tashkil qiladi;

hokimlikning ish rejasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko’rib chiqadi;

maxfiylik rejimini, davlat sirlari bo’lgan ma’lumotlar yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa axborotlarning himoya qilinishini ta’minlaydi;

xalq deputatlari Kengashi va hokimlikning faoliyati to’g’risida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor qilishni tashkil etadi.

Boshqaruv apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni ham bajaradi.

III.Boshqaruv apparatining huquqlari va javobgarligi

8.Boshqaruv apparati o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

hokimlikda ko’rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur bo’lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so’rash va olish;

zarurat bo’lganda, hokimlikda ko’rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari  loyihalarini tayyorlash uchun davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlari va xodimlarini taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari tashkil etish;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari va qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish;

hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida ko’rib chiqilishi  va muhokama qilinishini tashkil etish;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan masalalar bo’yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlarning normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning, xalq deputatlari Kengashi hujjatlari, hokimning hujjatlari va topshiriqlari, uning o’rinbosarlari topshiriqlari bajarilishi yuzasidan  ishlarini belgilangan tartibda o’rganish.

9.Boshqaruv apparati:

o’ziga yuklangan vazifalar hamda funktsiyalarning sifatli va o’z vaqtida bajarilishi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari apparatlari hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining topshiriqlariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalari har tomonlama va o’z vaqtida tayyorlanishi;

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendentsiyalarining, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishining tizimli monitoringi olib borilishi, hokimning ko’rib chiqishi va qaror qabul qilishini talab etuvchi muammoli masalalarning kelib chiqishi sabablari o’z vaqtida aniqlanishi va takliflar tayyorlanishi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan viloyat hokimligiga kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va o’z vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o’tkazilishi, shuningdek asoslangan xulosalar tayyorlanishi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, xalq deputatlari Kengashiga ko’rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o’tkazish sifati, shuningdek kiritilgan loyihalar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari;

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi;

O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, shuningdek hokim va uning o’rinbosarlari topshiriqlarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatining o’z vaqtida o’rganilishi uchun javob beradi.

                       

IV. Boshqaruv apparatining tuzilmasi

10.Boshqaruv apparatining tuzilmasi hokimning yordamchisi, hududni kompleks rivojlantirish yig’ma boshqarmasi, tashkiliy-nazorat guruhi, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi, voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiyaning mas’ul kotibi, yurist, axborot-tahlil xizmati, ishlar boshqarmasi,  hokim o’rinbosarlarining kotibiyatlaridan  iborat bo’ladi.

Boshqaruv apparatining tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish to’g’risida" 2016 yil 24 fevraldagi PQ-2497-son qarori bilan belgilanadi.

11.Boshqaruv apparatining ishlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 apreldagi 123-son “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari to’g’risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida” qarori bilan tasdiqlangan Namunaviy nizomga, hokim tomonidan tasdiqlanadigan Boshqaruv apparati va xodimlarning funktsional vazifalari to’g’risidagi Nizomga, Ish yuritish bo’yicha yo’riqnomaga, shuningdek Hududni kompleks rivojlantirish yig’ma boshqarmasi to’g’risidagi Namunaviy nizomga, tashkiliy-nazorat guruhi, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi, axborot-tahlil xizmati, ishlar boshqarmasi, tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish guruhi, hokim o’rinbosarlari kotibiyatlari  to’g’risidagi nizomlarga muvofiq tashkil etiladi.

12.Hokimning yordamchisi, hududni kompleks rivojlantirish yig’ma boshqarmasi, tashkiliy-nazorat guruhi, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi, voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiyaning mas’ul kotibi, yurist, axborot-tahlil xizmati va ishlar boshqarmasi o’z faoliyatida hokimga bo’ysunadi.

Kotibiyatlar hamda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish guruhi  o’z faoliyatida hokimning tegishli o’rinbosarlariga bo’ysunadi.

13.Hududni kompleks rivojlantirish yig’ma boshqarmasi boshlig’i O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining  Tashkiliy-kadrlar xizmati bilan kelishgan holda hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Axborot-tahlil xizmati rahbari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy  o’zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish  masalalari yig’ma axborot-tahlil departamenti bilan kelishgan holda hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Hokim o’rinbosarining kotibiyati mudiri va mutaxassislari, shuningdek mutaxassislar hokimning tegishli o’rinbosari taqdimnomasi bo’yicha hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Hokimning yordamchisi va boshqaruv apparatining boshqa xodimlari hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

14.Hududni kompleks rivojlantirish yig’ma boshqarmasi to’g’risidagi Namunaviy nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Tashkiliy-nazorat guruhi, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi hamda ishlar boshqarmasi, axborot-tahlil xizmati, tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish guruhi, hokim o’rinbosarlarining kotibiyatlari to’g’risidagi nizomlar, shuningdek ular xodimlarining, hokim yordamchisining, voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiya mas’ul kotibining va yuristning funktsional vazifalari hokim tomonidan tasdiqlanadi.

V. Boshqaruv apparati faoliyatini tashkil etish

15.Boshqaruv apparati ishlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga,  "Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga,  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  hujjatlari va topshiriqlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o’rinbosarlari topshiriqlariga, hokim va uning o’rinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek hokimlik, tarkibiy bo’linmalar, ularning rahbarlari va mutaxassislarining ish rejalari asosida tashkil etiladi.

16.Hokimlar o’rinbosarlarining faoliyati O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bilan hokimlikka quyidagi sohalarda yuklangan vazifalarni bajarish bo’yicha aniq chora-tadbirlarning samarali, sifatli va natijali amalga oshirilishini ta’minlashga yo’naltirilgan:

a) ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari, o’zini o’zi boshqarish va yoshlar siyosati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

jamoat tartibiga rioya etishni, fuqarolar xavfsizligini, ularning huquqlari va erkinliklari va sog’lig’ini muhofaza qilishni, huquqbuzarliklarning oldini olishni ta’minlash, pasport-viza rejimiga rioya qilish, huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish masalalarida huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida muvofiqlashtirish;

huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etgan shaxslar bilan ishlash masalalarida huquqni muhofaza qilish va davlatning boshqa organlari va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni ta’minlash;

huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha davlat dasturlari tayyorlanishi va  amalga oshirilishini ta’minlash;

huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha hududiy dasturlar ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va amalga oshirilishini ta’minlash;

huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning holatini tahlil qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va jinoyatchilikni qisqartirish shakllari va usullarini, shuningdek chora-tadbirlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish;

jinoyatchilik, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashishga jamoatchilikni keng jalb etish ishlarini tashkil qilish yo’li bilan qonun ustuvorligini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

davlat strategik va safarbarlik zaxiralarini shakllantirishni, shu jumladan ularni to’plash, saqlash va yangilab borishni, shuningdek davlat strategik va safarbarlik zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkorlik bilan foydalanishga doimiy tayyor bo’lishni ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish;

O’zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va  redemarkatsiya qilish, chegaralar yaqinidagi muommalarni hal etish, nolegal migratsiyaga qarshi kurashish, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni noqonuniy olib kirish masalalari bilan bog’liq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirish;

ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, ommaviy tadbirlarni o’tkazishning belgilangan tartibiga rioya etish yuzasidan nazoratni ta’minlash;

demokratik o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhitning barqarorligini mustahkamlash, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda mahalla institutining roli va ahamiyatini kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari oldida turgan, shu jumladan yoshlarni ma’rifiy, ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, kasbga yo’naltirish, kichik va xususiy tadbirkorlikni, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini manzilli ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish, jamoatchilik nazoratini tashkil etish, tabiatni muhofaza qilish, hududlarni obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda, ijtimoiy masalalarni hal etishda mahalla institutining ahamiyati to’g’risida aholini, ayniqsa yoshlarni keng xabardor qilish, shuningdek eng avvalo, kamol topayotgan avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yosh oilalarni qo’llab-quvvatlash, keksalarga va aholining ijtimoiy nochor qatlamlariga manzilli yordam berish, ish bilan ta’minlash, odamlarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash va hududlarni obodonlashtirishda mahallalarning faoliyatini har tomonlama yoritish bo’yicha tizimli ishlarni ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda tashkil etish;

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha hududiy kengashlarning samarali faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan zarur sharoitlar yaratish, fuqarolar yig’inlariga qonunchilikda berilgan vakolatlarini ro’yobga chiqarishda ko’maklashish ishlarini tashkil etish;

fuqarolar yig’inlarining nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklik mexanizmlarini shakllantirish va rivojlantirishga yo’naltirilgan faoliyatini takomillashtirishga ko’maklashish;

O’zbekiston "Mahalla" xayriya jamoat fondining mintaqaviy tuzilmalariga ularning vazifalarini amalga oshirishda, shu jumladan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga metodik, amaliy va moddiy-texnik yordam ko’rsatish sohalarida ko’maklashish;

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini, kasbiy va boshqaruv ko’nikmalarini, huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarini oshirishni muntazam tashkil etish, viloyat hokimligi huzuridagi fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari xodimlari malakasini oshirish o’quv kurslari faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni ta’minlash;

fuqarolar yig’inlari raisi va uning maslahatchilari saylovlarini tashkil etish va o’tkazishda fuqarolar yig’inlariga davlat organlarining ko’maklashishini ta’minlash, zarur hollarda ularni xonalar, transport vositalari va aloqa vositalari bilan ta’minlash;

fuqarolar yig’inlari ishlarini tizimli tahlil qilish, shu jumladan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutning mintaqaviy bo’linmalari bilan o’zaro hamkorlik qilish imkoniyatlaridan foydalangan holda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyati sohasida qonunchilikni va huquqni qo’llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlash;

har tomonlama kamol topgan, qat’iy e’tiqodga va qarashlarga ega bo’lgan, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek yoshlarni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish;

yosh avlodning huquqiy savodxonligini va ijtimoiy faolligini oshirishga, shuningdek yoshlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olishga yo’naltirilgan ishlarni tashkil etish;

yoshlarning ish bilan bandligi, ularni kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, shuningdek yosh oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash masalalarini hal qilish;

iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini  ro’yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish;

bolalar va yoshlarni sport bilan muntazam shug’ullanishga keng jalb etish, jismoniy sog’lom yosh avlodni shakllantirish, sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash va ulardan samarali foydalanish, ularni jahon standartlariga javob beradigan jihozlar va uskunalar bilan ta’minlash;

uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini tashkil etish, ta’lim jarayoniga xalqaro normalar va talablarga javob beradigan ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, ta’lim standartlarini joriy etish ishlarini amalga oshirish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, ularni zamonaviy o’quv va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash hamda shu asosda ta’lim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, uning faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;

madaniyat va san’atni rivojlantirish, milliy madaniy va ma’naviy merosni ehtiyotlab asrash va ko’paytirish, aholining madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy ravishda o’sib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini ta’minlash, yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish, shuningdek  madaniyat, bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularning faoliyati samaradorligini oshirishni muvofiqlashtirish va takliflar ishlab chiqish;

b)sanoat,kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jaligini rivojlantirish sohasida:

hududning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, yuqori qo’shilgan qiymatli, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha ishlab chiqarishlarni kengaytirish asosida hududning eksport salohiyatini oshirishga yo’naltirilgan mineral-xomashyoni va qishloq xo’jaligi xomashyosini sanoat yo’li bilan yanada chuqur qayta ishlash bo’yicha yangi, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish  dasturiy chora-tadbirlarini amalga oshirish;

sanoatning ishlamayotgan korxonalari faoliyatini tiklash chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni mahalliylashtirish dasturlari amalga oshirilishini ta’minlash;

viloyatda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohasida yagona davlat siyosati o’tkazilishini tashkil etish, xalqaro standartlarni qo’llash, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo’yicha mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshliligini oshirish;

shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;

kapital qurilishni tashkil etish va pudrat ishlari dasturlarini amalga oshirish;

pudrat tashkilotlarini mutanosib rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

qurilish industriyasini va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish;

muhandislik va yo’l-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

transport xizmati ko’rsatishni yaxshilash;

ko’rsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini oshirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

aholini sifatli ichimlik suv bilan va sanitariya jihatidan tozalash tizimi bilan ta’minlash;

aholi punktlarini obodonlashtirish, kommunal xo’jaligini rivojlantirish; 

v) qishloq va suv xo’jaligi sohasida:

qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fermerlik harakatini rivojlantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy o’zgartirishni ta’minlash;

dehqonchilik va agrotexnologiyalarning ilg’or usullarini joriy etish chora-tadbirlarini ko’rish, qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor tamoyillari va mexanizmlari asosida xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar, bo’g’inlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

suv resurslaridan oqilona foydalanish va ulardan foydalanish  samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish va suv iste’molining bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, suv xo’jaligi ob’ektlaridan foydalanish ishlarining va sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarining  bajarilishini muvofiqlashtirish;

qishloq xo’jaligini, suv xo’jaligini va o’rmon xo’jaligini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish, ushbu sohalarga tashqi va mahalliy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlarini ko’rish;

 chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash,   naslchilik ishlarini rivojlantirish, hayvonlarni sun’iy urug’lantirish xizmatlarini kengaytirish, zooveterinariya xizmati ko’rsatish tarmog’ini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;

ipakchilikning ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsuldor tut ipak qurtini  etishtirish, tirik  pilla etishtirishni ko’paytirish;

tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularning saqlanishi ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish;

qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korxonalarini tashkil etish va mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi ob’ektlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini  amalga oshirish;

g) iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar ko’rsatish va tadbirkorlik sohasida:

iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash maqsadida iqtisodiyotda tarkibiy o’zgartirishlarni amalga oshirishga, amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini chuqurlashtirishga, faol investitsiya siyosatini olib borishga, innovatsion rivojlanish mexanizmini izchil joriy etishga yo’naltirilgan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, bandlikni, aholi daromadlari o’sishini va hayoti darajasi oshishini ta’minlash;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hududiy bo’linmalarining, shaharlar va tumanlar hokimliklarining, boshqa tashkilotlarning, birinchi navbatda, eksport tuzilmasida yuqori qo’shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada ko’paytirish hisobiga eksport salohiyatini oshirish bo’yicha mintaqaviy dasturlarni amalga oshirishga doir faoliyatini muvofiqlashtirish;

mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish va ularni jahon hamda mintaqa bozorlariga kiritish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishning ko’paytirilishini rag’batlantirish va mahsulotlarning tarkibini takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

hududiy investitsiya dasturlari amalga oshirilishini, yangi ishlab chiqarishlarni qurish va o’z vaqtida ishga tushirish hamda ishlayotgan ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalashni ta’minlash, shuningdek ularni amalga oshirishga xorijiy investorlarni jalb etish ishlarini faol bajarish;

xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va korxonalarning ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, shu jumladan xorijiy investorlarga sotish hisobiga respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning darajasi va rolini oshirish;

 respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning o’rtacha va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko’maklashish;

ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish va yangi ish o’rinlari tashkil etish hisobiga band bo’lmagan aholini, ayniqsa yoshlarni ishga joylashtirishni ta’minlash bo’yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish;

qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularning moddiy va kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, xususiy mulkning manfaatlarini, tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquqlari va kafolatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

tibbiy xizmat ko’rsatish darajasini oshirish, onalar va bolalar sog’lig’i muhofazasini ta’minlash, qishloq vrachlik punktlarining, diagnostika, perinatal va skrining-markazlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash;

iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada islohotlarning strategik vazifalariga va ustuvor yo’nalishlariga muvofiq ilmiy va texnologik salohiyatni yanada rivojlantirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarning, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarning darajasi, sifati va samaradorligini oshirish, ularning natijalaridan amalda keng foydalanish;

davlat organlarida, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda  axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, axborot faoliyati, arxiv ishi, intellektual mulk ob’ektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza va himoya  qilish samaradorligini oshirish;

iste’mol tovarlari, aholini iste’mol tovarlari va pulli xizmatlar bilan ta’minlash bo’yicha marketing tadqiqotlari yuzasidan bozorlar, yarmarka va ko’rgazmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;

chakana va ulgurji savdoni, pulli xizmatlar ko’rsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar ko’rsatishning yangi shakllari va usullarini keng joriy etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek savdo va xizmatlar ko’rsatishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

d) jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar sohasida:

mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy va diniy masalalarni hal etishda yagona siyosat olib borish;

davlat organlarining viloyatda joylashgan jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan o’zaro aloqasi va hamkorligini ta’minlash;  

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tgan diniy tashkilotlarning manfaatlarini hisobga olish bo’yicha davlat siyosatini amalga oshirish;

davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan o’zaro harakatlarini muvofiqlashtirish hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish;

"Haj" va "Umra" tadbirlarini o’tkazishda mahalliy davlat, jamoatchilik va diniy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

ma’naviy va milliy qadriyatlarga, xalqimizning diniy e’tiqodlari va urf-odatlariga qarshi yo’naltirilgan mafkuraviy tahdidlarga qarshi samarali kurashish, yot g’oyalarni tarqatishga qarshi kurash olib borish tadbirlari  amalga oshirilishini ta’minlash;

millatlararo totuvlikni va diniy bag’ri kenglikni ta’minlashda davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan hamkorligini muvofiqlashtirish;

millatlararo do’stlik printsiplarini qaror toptirishga, millatlararo munosabatlar madaniyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan jamoatchilik tashabbuslarini rag’batlantirish, muvofiqlashtirish va taqdirlash chora-tadbirlarini ko’rish;

O’zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg’armasining, O’zbekiston "Mahalla" xayriya jamoat fondining va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining mintaqaviy tuzilmalari faoliyatiga ko’maklashish;

e) Xotin-qizlar qo’mitasi faoliyatini qo’llab-quvvatlash sohasida:

xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, oilada, jamiyatda va davlat qurilishi vazifalarini hal etishda ularning rolini oshirish ishlarining holatini muntazam o’rganish va baholash;

xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni ishga joylashtirishga har tomonlama ko’maklashish, ayollar tadbirkorligining har xil shakllarini rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va qabul qilish;

xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar bajarilishini ta’minlash;

xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishga yo’naltirilgan tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish, mamlakatning ijtimoiy, siyosiy hayotida, xalqaro xotin-qizlar harakatida ayollar nodavlat notijorat tashkilotlarining faol ishtirok etishiga ko’maklashish.

Hokimning o’rinbosarlari qonun hujjatlariga va hokim tomonidan tasdiqlanadigan funktsional vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradilar. 

17.Hokimning yordamchisi:

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Devonining, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining,  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bevosita hokimga yo’llangan yozma topshiriqlari to’g’risida o’z vaqtida axborot berilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi va hokimning rezolyutsiyasiga muvofiq uning ijrosini tashkil etadi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Devoni, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlari  bajarilishini nazorat qilish va tahlil etishni ta’minlaydi, topshiriqlarning bajarilishi va natijalari to’g’risida hokimga axborot beradi;

hokimning joriy ish rejalarini shakllantirishda ishtirok etadi va ularning ijrosini tashkil qiladi;

hokimning nomiga tushgan xat-xabarlarni tahlil qiladi, puxta ekspertizadan o’tkazadi, zaruriyat bo’lganda, boshqaruv apparatining tarkibiy bo’linmalari bilan birgalikda tegishli topshiriqlarni (fishkalarni) tayyorlaydi, tegishli materiallar haqida hokimga axborot beradi va imzolangan topshiriqlarning belgilangan tartibda ijrochilarga yuborilishini tashkil etadi;

jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining hokim tomonidan qabul qilinishini tashkil etadi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning og’zaki, yozma va elektron murojaatlarini ko’rib chiqish natijalari bo’yicha qabul qilingan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

hokim tomonidan yuklangan va funktsional vazifalarda nazarda tutilgan boshqa funktsiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.

18.Hududni kompleks rivojlantirish yig’ma boshqarmasi:

hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish darajasini tahlil qilish asosida mavjud nomutanosibliklar va zaxiralarni aniqlaydi, shu asosda hududni kompleks rivojlantirishni ta’minlashga, tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirishga va mintaqa iqtisodiyotini diversifikatsiyalashga yo’naltirilgan takliflarni ishlab chiqadi;

tarmoq tuzilmalari bilan birgalikda mintaqaning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, mineral-xomashyo resurslari va qishloq xo’jaligi xomashyosini sanoat yo’li bilan yanada  chuqur qayta ishlash bo’yicha yangi yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni, yuqori qo’shilgan qiymatli raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va shu  asosda eksportga etkazib beriladigan mahsulotlar hajmi va turlarini ko’paytirish bo’yicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;

hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi ishlab chiqarishlarni qurish va o’z vaqtida ishga tushirish va ishlab turganlarini modernizatsiyalash, respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning tasdiqlangan o’rtacha muddatli va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko’maklashish, pudrat tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mutanosib rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, mintaqaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xorijiy investorlarni jalb etish borasida faol ish olib borish bo’yicha monitoring tayyorlanishi va olib borilishini ta’minlaydi;

muhandislik, yo’l-transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish, transport xizmati ko’rsatishni yanada yaxshilash, ko’rsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini tubdan oshirish, aholini sifatli ichimlik suv va sanitariya jihatidan tozalash tizimi bilan ta’minlash, aholi punktlarini obodonlashtirish bo’yicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;

qishloq xo’jaligini yanada rivojlantirish, er-suv resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq xo’jaligi ekinlarini maqbul joylashtirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy o’zgartirish, zamonaviy agrotexnologiyalar va suv iste’molini joriy etish, erlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo’jaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash hamda meva-sabzavot va go’sht-sut mashulotlarini saqlash bo’yicha sovutish quvvatlarini barpo etish chora-tadbirlarini amalga oshirishni chuqur tahlil qiladi va takliflar ishlab chiqadi;

demografik jarayonlarni va mintaqa aholisining jins-yosh tarkibini, aholi bandligi darajasi va tuzilmasini tizimli tahlil qilishni, shu asosda ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish va yangi ish o’rinlari tashkil etish hisobiga band bo’lmagan aholini, ayniqsa yoshlarni ishga joylashtirishni, aholi turmushi darajasi va sifatini yanada oshirishni ta’minlashga doir takliflar tayyorlash, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, aholiga tibbiy, ta’lim va ijtimoiy-madaniy xizmat ko’rsatishni yanada takomillashtirishni ta’minlaydi;

xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari va qarorlari loyihalarini ekspertizadan o’tkazishni tashkil etish va sifatli tayyorlash bo’yicha hokimning o’rinbosarlari bilan mustahkam o’zaro hamkorlik qiladi;

Hududni kompleks rivojlantirish yig’ma boshqarmasi to’g’risidagi Namunaviy nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

19.Tashkiliy-nazorat guruhi:

ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi hamda  davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishi holatini o’rganish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

belgilangan tartibda hokimlik ish rejasi loyihasini shakllantiradi, uning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;

boshqaruv apparati rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni rag’batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo’llash to’g’risidagi takliflarni hokimning ko’rib chiqishi uchun belgilangan tartibda kiritadi;

tasdiqlangan lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish, mutaxassislarni tayinlash va lavozimidan ozod qilish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshiradi, ko’rib chiqilayotgan nomzodlarni har tomonlama o’rganishni va ular bo’yicha ishonchli materiallar tayyorlanishini ta’minlaydi;

kelgusida davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hududiy bo’linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlariga ko’tarish uchun boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish ishlarini tashkil etadi;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hududiy bo’linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari faoliyatining tizimli monitoringini olib boradi;

boshqaruv kadrlarini hisobga olish, ularning shaxsiy hujjatlar yig’majildlarini shakllantirish va yuritish ishlarini tashkil qiladi;

zaxiraga kiritilgan boshqaruv kadrlarining kasbiy bilimlarini doimiy takomillashtirish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini tashkil qiladi;

hokimning mutasaddilik qiladigan o’rinbosarlari bilan birgalikda hokimlik apparati kadrlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish bo’yicha takliflar tayyorlaydi;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hududiy bo’linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari va ularning zaxirasi to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirishni va doimiy yangilab borishni ta’minlaydi;

tashkiliy-kadrlar masalalari bo’yicha hokimning qarorlari va boshqa huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, hokim rahbarligida o’tkaziladigan yig’ilishlar, majlislar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish chora-tadbirlarini ko’radi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari saylovlarini, O’zbekiston Respublikasi referendumlarini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tegishli saylov komissiyalariga yordam ko’rsatadi;

xalq deputatlari Kengashining, uning komissiyalarining va boshqa ishchi organlarning faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlaydi, deputatlarga ularning o’z vakolatlarini amalga oshirishda ko’maklashadi;

fuqarolarning mahalla yig’inlari raislari (oqsoqollari) saylovlarini tashkil etish va o’tkazishda hududiy davlat organlariga ko’maklashadi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati bilan o’zaro hamkorlik qiladi;

Tashkiliy-nazorat guruhi to’g’risidagi Nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

20.Harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi:

qonun hujjatlariga muvofiq harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar  bo’yicha hokimlikka yuklangan vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

mudofaa qudratini ta’minlash, harbiy xizmatga majbur shaxslarni hisobga olish chora-tadbirlarini amalga oshirish, bronga qo’yish masalalari bo’yicha davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa ekstremal holatlarda tegishli organlarning ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

hokim tomonidan o’tkaziladigan harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar  masalalari bo’yicha yig’ilishlarning kun tartibi loyihalarini shakllantiradi, hokimga tasdiqlatadi va tegishli hujjatlarning tayyorlanishini ta’minlaydi;

hokim tomonidan o’tkaziladigan harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo’yicha yig’ilishlarni tashkil qiladi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi, ularning bajarilishi va natijalari to’g’risida hokimni belgilangan muddatlarda xabardor qiladi;   

Harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar  masalalari guruhi to’g’risidagi Nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

21.Voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiya mas’ul kotibining faoliyati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 yanvardagi 13-son qarori bilan tasdiqlangan Voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalar to’g’risidagi Nizom talablariga muvofiq tashkil etiladi.

22.Yuristning faoliyati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining    2007 yil 24 avgustdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Davdat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati to’g’risidagi Nizom talablariga muvofiq tashkil etiladi.

23.Axborot-tahlil xizmati:

hokimlikning ish rejasi bajarilishi monitoringini tashkil etadi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati bilan o’zaro hamkorlik qiladi;

ekspertiza natijalari bo’yicha hujjatlar loyihalari haqida hokimga axborot beradi, hokim tomonidan imzolangan hujjatlarga viza qo’yadi va ularning chiqarilishini tashkil etadi;

hududni kompleks rivojlantirish yig’ma boshqarmasi bilan birgalikda hokim tomonidan o’tkaziladigan majlislarda, shu jumladan har haftalik apparat yig’ilishlari va turli komissiyalarning kun tartibi loyihalarini shakllantiradi, hokimga tasdiqlatadi va tegishli hujjatlar tayyorlanishini ta’minlaydi;

hokim tomonidan o’tkaziladigan majlislarni tashkil etadi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi, hokimni va hududni kompleks rivojlantirish yig’ma boshqarmasi boshlig’ini ularning bajarilishi va natijalari to’g’risida belgilangan muddatlarda xabardor qiladi;

boshqaruv apparatining tarkibiy bo’linmalari bilan birgalikda hokimning ko’rib chiqishi uchun axborot-ma’lumotnoma va boshqa materiallarni, shuningdek hokimning ma’ruzalari va nutqlarini tayyorlaydi;

xalq deputatlari Kengashi hamda hokimning hujjatlari loyihalarini ekspertizadan o’tkazishni tashkil etish va sifatli tayyorlash bo’yicha hokimning o’rinbosarlari bilan o’zaro mustahkam hamkorlik qiladi;

amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar to’g’risida jamoatchilikni darhol xabardor qilish hamda hokimlikning faoliyati matbuot, radio, televidenie va butunjahon Internet axborot tarmog’ida xolisona yoritilishi uchun boshqaruv apparatining ommaviy axborot vositalari bilan o’zaro hamkorligini ta’minlaydi;

xalq deputatlari Kengashining va hokimlikning faoliyatini yanada to’liq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlar bilan o’zaro hamkorlik qiladi;

matbuot konferentsiyalari, brifinglar o’tkazish, intervyular olishni va hokimlikning rahbariyati va xodimlari bilan ommaviy axborot vositalari vakillarining boshqa uchrashuvlarini tashkil qiladi;

xalq deputatlari Kengashining va hokimlikning faoliyati masalalari yuzasidan jamoatchilik fikrini hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari nuqtai nazarini o’rganish bo’yicha tahliliy ishlarni amalga oshiradi, hokimlik rahbariyatiga axborot berish uchun matbuotda e’lon qilingan dolzarb materiallar sharhlarini tayyorlaydi;

ommaviy axborot vositalari bilan axborot-ma’lumotnomalarni e’lon qilish  ishlarini amalga oshirish uchun xalq deputatlari Kengashi va hokimlik faoliyati to’g’risidagi tahliliy, statistik va boshqa materiallar ma’lumotlarining tizimlashtirilgan bankini tashkil qiladi;

Axborot-tahlil xizmati to’g’risidagi Nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

24.Ishlar boshqarmasi:

boshqarma apparati faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlashni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yo’li bilan ishlar sifatini yaxshilashni amalga oshiradi;

tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ish yuritish va arxiv ishlarini tashkil etishni ta’minlaydi, tushadigan xat-xabarlarni qabul qilish, ro’yxatdan o’tkazish, hisobga olish, taqsimlash va mansubligiga ko’ra yuborishni, chiquvchi xat-xabarlarni qabul qilish va jo’natishni tashkil qiladi;

xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlarini ro’yxatdan o’tkazish, hisobga olish, rasmiylashtirish, ko’paytirishni va shu jumladan elektron pochta orqali jo’natishni ta’minlaydi;

hokimning yordamchisi va hokim o’rinbosarlarining kotibiyatlari bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan tartibda ko’rib chiqishni tashkil qiladi;

boshqa tarkibiy bo’linmalar bilan birgalikda xalq deputatlari Kengashi sessiyalariga va boshqa yig’ilishlarga texnik xizmat ko’rsatishni tashkil qiladi;

hokimlikning faoliyatini moliyaviy-xo’jalik va moddiy-texnik ta’minlashni tashkil qiladi, hokimlik xodimlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish tadbirlarini amalga oshiradi, moliya intizomiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

maxfiylik rejimini va davlat sirlari hisoblanadigan ma’lumotlarni yoki qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirlarni himoya qilishni ta’minlaydi;

Ishlar boshqarmasi to’g’risidagi Nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

25.Hokim o’rinbosarining kotibiyati:

o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bo’yicha hokim o’rinbosari ishlarini tashkil qiladi;

hokimlikka kiritilgan takliflarning hamda kotibiyat yuritishi sohasiga kiruvchi masalalar bo’yicha xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalari ko’rib chiqilishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatdan ishlab chiqilishini, qabul qilingan hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi;

tizimli monitoring tashkil etilishini va tegishli tarmoqlar hamda sohalarda iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi to’g’risidagi ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish bo’yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, tarmoqlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini  ta’minlaydi;

hokim vaG’yoki uning o’rinbosari tomonidan o’tkaziladigan majlislar, shu jumladan har haftalik apparat yig’ilishlari va turli komissiyalar majlislari materiallari tayyorlanishini va ularda qabul qilingan qarorlar rasmiylashtirilishini ta’minlaydi;

Hokim o’rinbosari kotibiyati to’g’risidagi Nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

26.Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish guruhi:

biznesni yuritish, shu jumladan biznesni ro’yxatdan o’tkazish, er uchastkalari berish, ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish  va shu kabilar bo’yicha xalqaro tashkilotlarning tadqiqotlari doirasida baholanadigan tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda joriy etilishi monitoringini olib boradi va chuqur tahlil qiladi;

"yagona darcha" tamoyili bo’yicha tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko’rsatuvchi yagona markazlarning va davlat xizmatlari ko’rsatuvchi boshqa vakolatli organlarning faoliyatini, shuningdek davlat organlari bilan tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning bevosita aloqasiz shakllarini joriy etishning holatini tahlil qiladi;

ishbilarmonlik muhiti indikatorlarini baholash va tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida o’tkazilgan so’rovlar natijalari asosida tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi to’g’risidagi tahliliy materiallarni tayyorlaydi va keyinchalik ularni O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga kiritadi;

hududda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni rag’batlantirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;

tadbirkorlikni rivojlantirishdagi eng muhim muammolar bo’yicha seminarlar va davra suhbatlarini muntazam o’tkazish, shuningdek tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to’g’risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish yo’li bilan tadbirkorlik sub’ektlari orasida axborot va tushuntirish ishlarini tashkil etadi.

Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish guruhi to’g’risidagi Nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

27.Boshqaruv apparati tarkibiy bo’linmasining rahbari (kotibiyat mudiri, guruh rahbari va boshqalar):

tarkibiy bo’linmaga bevosita rahbarlik qiladi, o’z mutaxassislarning ishlarini tashkil qiladi hamda bo’linmaga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;

kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko’rib chiqishda davlat printsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo’yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar ro’yxatiga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaxassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish, ularni rag’batlantirish va ularga jazo choralari ko’rish bo’yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va kiritadi;

 mutaxassislar o’rtasida vazifalar taqsimotini, shuningdek bo’linmaning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi, mutaxassislarning ish rejalarini tasdiqlaydi;

hokim yoki uning o’rinbosari o’tkazadigan yig’ilishlarda, shu jumladan har haftalik apparat yig’ilishlarida va komissiyalar majlislarida, shuningdek kotibiyatning ish yuritish sohasiga kiruvchi masalalar bo’yicha o’tkaziladigan boshqa yig’ilishlarda qatnashadi;

ish yuritishni belgilangan tartibda olib borishni ta’minlaydi, chiquvchi  xat-xabarlarni imzolaydi.

28.Bosh mutaxassis (etakchi mutaxassis, I toifali mutaxassis):

funktsional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o’z vaqtida tayyorlanishi hamda  funktsional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;

tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo’yicha tahliliy materiallarni va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;

materiallar va hujjatlar loyihalari to’g’risida kotibiyat mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda hokimning o’rinbosariga axborot beradi;

qabul qilingan hujjatlar bo’yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari bo’yicha - O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari,  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi;

tegishli funktsional masalalar va hujjatlar bo’yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;

davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining tegishli hududiy bo’linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlarining tarkibiy bo’linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda o’rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;

hokim vaG’yoki uning o’rinbosari tomonidan o’tkaziladigan majlislarda, shu jumladan har haftalik apparat yig’ilishlarida va o’ziga biriktirilgan masalalar bo’yicha har xil komissiyalar majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etadi;

tegishli bo’linmalar to’g’risidagi nizomga va funktsional vazifalarga muvofiq boshqa funktsiyalarni amalga oshiradi.

29.Boshqaruv apparati boshqa tarkibiy bo’linmalari rahbarlari va mutaxassislarining vazifalari va funktsiyalari tegishli tarkibiy bo’linmalar to’g’risidagi nizomlarda va hokim tomonidan tasdiqlanadigan funktsional vazifalarni taqsimlashda belgilanadi.

30.Boshqaruv apparatini saqlash va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Oxirgi o'zgarish 04.06.2016 16:04

Yuklab olish uchun manba:
YUKLAB OLISH

Izoh qoldirish

X

Ekran suhandoni


Saytda ovozli hamroh mavjud!


Matnni tinglash uchun sichqoncha bilan belgilang va enter tugmasini bosing

Murojaatlar monitoringi

2016-yil 09 dekabr holatiga

Barcha murojaatlar 3304 ta100%
Javob berilgan 3237 ta97.9%
Ko`rib chiqilmoqda 67 ta2.1%

1083
Ishonch telefoni
________________________________
0 373 244 05 23
Yagona telefon
z-index
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ

tabBg3

 

Foto lavhalar

 

collage photocat

Murojaat holatini tekshirish

Murojaatingiz holatini tekshirish uchun so'ralgan ma'lumotlarni kiriting

Murojaat holatini tekshirish

Sizning murojaatingiz qabul qilingan.Ayni paytda murojaatingiz ko`rib chiqish jarayonida!

Hozir saytda

5
online foydalanuvchilar

Agro.uz.pngCCITT.uz.pngHUKUMAT PORTALI.pngID.uz.pngParlament.gov.uz.pngPrezident.uz.pngSenat.gov.uz.pngegov.uz.pnglex.uz.pngmy.gov.uz.pngsoliq.uz.pngwww.uz.png
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ
Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Fargona viloyat hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ