XDVKning hayoti
ISHONCHNI OQLASH - SHARAF
Keyingi yillarda yurtdoshlarimizda yurtimizda kechayotgan jarayonlarga daxldorlik va mas'ullik hissi yuksalib bormoqda. Bu esa hamyurtlarimizning turmush tarzi farovonlashib, ularning daromad manbai va imkoniyatlari yaxshilanib borishida muhim omil bo'layotir.
Farg'ona tumanining Log'on qishlog'ida muhtasham mahalla guzarida ishlar qizg'in. Unga qo'shimcha ravishda guzarda savdo majmuasi, otalar choyxonasi, sartaroshxona, stomatologiya bo'limi qurib bitkazilgani mahalla ahli uchun chinakam quvonch baxsh etadi. Bu yerda ijtimoiy infratuzilma xizmatlari yo'lga qo'yilib, zamonaviy shart-sharoitlar yaratiladi.
SHu hududda aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida homiylik hisobiga 4 ta yer osti quduqlari kavlanib, toza ichimlik suvi chiqarildi. Yer unumdorligini oshirish uchun to'rt kilometr masofadagi zovurlar qazildi va yer osti suvlari qochirildi. Farg'ona tumaniga qarashli Kaptarxona va Damko'l qishlog'idagi ikkita yangi mahalla yo'llariga homiylik yordami bilan shag'al yotqizildi.
Log'on qishlog'ida «Log'on Agrosanoat» korxonasi tashkil etilgan bo'lib, korxonada konserva tsexi va chorvachilik faoliyati yo'lga qo'yilgan. Natijada mahalliy aholi sut va konserva mahsulotlari bilan ta'minlanishi bilan birga 50 nafar yoshlar doimiy ish o'rniga ega bo'ldi. Bundan tashqari, «Quvasoyta'mirqu-rilish» MCHJ tomonidan Quvasoy shahrida faoliyat ko'rsatayotgan g'isht zavodiga 200 nafarga yaqin log'onliklar ishga jalb etilgan. Zavodda uch mahal issiq ovqat va ishga borib-kelish uchun avtotransport ajratilganini alohida ta'kidlab o'tish joiz.
Bugungi kunda mamlakatimizga chet el investitsiyasini jalb etish, xorijlik sheriklar bilan hamkorlikda istiqbolli loyihalarni hayotga izchil tatbiq etish hukumatimizning doimiy e'tiboridagi masalalardan biridir. SHu ma'noda, Log'on qishlog'ida ish boshlagan «Fergana-Osena» O'zbekiston-Janubiy Koreya qo'shma korxonasini bu sohada erishilgan yutuqlardan biri sifatida e'tirof etish mumkin. qo'shma korxonada ellikka yaqin ish o'rinlari yaratilgani va yaqinda ular tomonidan Farg'ona tumanining Yoshlarobod qishlog'ida namunaviy loyiha asosida 10 ta uy-joy qurib bitkazilgani e'tiborga sazovordir.
Quvasoy shahri va Farg'ona tumanidagi ko'plab qabristonlarni obodonlashtirish, Quvasoy shahridagi to'rtta ko'p qavatli uylar old fasadlarini mukammal ta'mirlash ishlarini misol tariqasida aytib o'tish mumkin. Farg'ona shahrida yashovchi o'zgalar ko'magiga muhtoj Ahror As-qarov oilasiga pishiq g'ishtdan to'rt xonali uy qurib berildi. Hozirda oila a'zolari barcha qulayliklarga ega bo'lgan uyda yashayotganlaridan mamnun.
Yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi yo'lidagi maqsadlarimizni ro'yobga chiqarishda yangi-yangi ishlab chiqarish tarmoqlari faoliyatiga yo'l ochish, talab va ehtiyojdan kelib chiqib e'tibordan chetda qolayotgan imkoniyatlarni ishga solish lozim. Yaqinda Farg'ona tumanining Mindonobod qishlog'ida 810 ming AQSH dollarilik zamonaviy texnologiya o'rnatilib, temir beton zavodi faoliyatiga asos solindi. Kelajakda ish o'rinlari soni ko'payadi, hozircha esa 50 nafar Farg'ona tumani yoshlari murakkab texnologiyalar bilan tillashgan holda ish yuritish hadisini olmoqdalar.
Farg'ona shahrida tashkil etilgan «Farg'ona Kommunal Fuqaro» qurilish loyiha guruhi zamonaviy komppyuter jihozlari va texnologik asbob-uskunalar bilan ta'minlandi. Bu yerda 40 nafar yosh mutaxassislar ish boshlagani ham loyiha guruhining kelajagi porloq ekanidan dalolatdir.
M. YO'LDOSHEV,viloyat Kengashi deputati.
--------------------------------------------------------------------------------------
XALQ DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHI SESSIYASI
2011 yil 22 dekabr kuni xalq deputatlari viloyat Kengashining o'n ikkinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
Sessiyaga O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, viloyat hokimining o'rinbosarlari, viloyat hokimligi guruh va kotibiyat mudirlari, viloyatdagi boshqarma hamda tashkilotlar, huquqni muhofaza qilish idoralari, siyosiy partiyalar rahbarlari, shahar, tuman hokimlari, ularning o'rinbosarlari, shahar, tuman Davlat soliq inspektsiyalari boshliqlari, moliya, xalq ta'limi bo'limi mudirlari, kasb-hunar kollejlari direktorlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etildi. Shuningdek, sessiya ishida bir qator respublika vazirliklari, Hisob palatasi vakillari ishtirok etishdi.
Deputatlar sessiya kun tartibini tasdiqladilar.
Shu yilning 18 dekabr kuni bo'shab qolgan o'rinlarga xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatligiga saylov bo'lib o'tdi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga ham 4 ta okrugda saylov o'tkazildi.
Ushbu masala yuzasidan viloyat saylov komissiyasi raisi I.Nosirovning axboroti eshitildi.
Deputatlar viloyat saylov komissiyasining bo'shab qolgan o'rinlarga xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlarini ro'yxatga olish to'g'risidagi qarorini tasdiqladilar.
Sessiya kun tartibidagi «2011 yil iyunp oyida Farg'ona viloyati mahalliy byudjetining 2010 yildagi daromadlarining to'liq shakllanishi, xarajatlarini optimallashuvi hamda mahalliylashtirish Dasturining ijrosi, qo'shimcha ish joylari yaratish, xizmat va servisni rivojlantirish masalalari yuzasidan o'tkazilgan tekshirishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha ko'rilgan chora-tadbirlar to'g'risida» O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bosh inspektori A.Hamroqulov axborot berdi.
O'tkazilgan tekshirishda aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf qilish bo'yicha ko'rilgan chora-tadbirlar to'g'risida viloyat Davlat soliq bosh-qarmasi boshlig'i, viloyat Kengashi deputati A.Tillavoldiev, viloyat hokimligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmasi boshlig'i B.Ismoilovaning hisobotlari eshitildi.
Sessiyada tashkiliy masala ko'rildi.
A.Po'latovni viloyat hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari etib tayinlash to'g'risidagi viloyat hokimining qarori tasdiqlandi.
Sessiyada O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi o'rinbosari Q.Akmalov, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo'mitasi raisi A.Altiev so'zga chiqdilar.
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi, viloyat Kengashi raisi SH.G'aniev sessiyada yakunlovchi nutq so'zladi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Shu bilan xalq deputatlari viloyat Kengashining o'n ikkinchi sessiyasi o'z ishini yakunladi.
Viloyat hokimligi Matbuot xizmati.
-----------------------------------------------------------------------
SENATOR BILAN UCHRASHUV
Marg'ilon shahar «SHarq» madaniyat saroyida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining VII yalpi majlisida muhokama etilgan masalalar yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va xalq deputatlari Farg'ona viloyat Kengashi bilan hamkorlikda amaliy seminar o'tkazildi.
- Keng ko'lamli demokratik islohotlar aholining siyosiy va ijtimoiy faolligini yuksaltiradi. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, nodavlat-notijorat tashkilotlari rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Oliy Majlis Senatining VII yalpi majlisida ko'rib chiqilgan masalalar fikrimizning isbotidir, - dedi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining doimiy ishlovchi senatori H.Karimov.
Yig'ilishda xalq deputatlari Farg'ona viloyat Kengashining «Qonuniylik, huquq tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash masalalari» doimiy komissiyasi raisi N.Sobirov «O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 19 yilligi munosabati bilan amnistiya to'g'risida»gi, viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig'i, viloyat Kengashi deputati F.Qosimov «2012 yilda ish o'rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash dasturi» bo'yicha, viloyat prokuraturasi bo'lim boshlig'i F.Nazarov O'zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni to'g'risida ma'ruzalar bilan chiqdilar.
Xuddi shunday yig'ilishlar Farg'ona va Toshloq tuman hokimliklarida ham bo'lib o'tdi.
|