Yozyovon
Yozyovon tuman hokimligida hokim va o`rinbosarlari qabul kunlari
| F.I.Sh. |
Lavozimi |
Qabul kunlari |
| Toxliev Abdurahmon Murotovich |
Tuman hokimi |
Haftaning seshanba kuni soat 09:00 dan 12:00 gacha |
| Sulaymonov Alijon Yulbarsovich |
Tuman hokimining I-o`rinbosari |
Haftaning chorshanba kuni soat 14:00 dan 18:00 gacha |
| Shokirov Inomjon Nurmatovich |
Tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy masalalari bo`yicha o`rinbosari |
Haftaning payshanba kuni soat 09:00 dan 12:00 gacha |
| Shermatova Mo`tabarxon Nurmatovna |
Tuman hokimining o`rinbosari, xotin-qizlar qo`mitasi raisi |
Haftaning juma kuni soat 14:00 dan 18:00 gacha |
Yozyovon tuman hokimligi manzili: Farg'ona viloyati Yozyovon shahri Mustaqillik ko'chasi 1 uy 713740 Ishonch telefoni: 8 (373) 412-18-26
1. Tuman tashkil topganligi haqida ma'lumot Tuman 1980 yilda tashkil topgan. Tuman markazi - Yozyovon tumani.
2. Tuman joylashganligi haqida ma'lumot. Tuman Farg`ona viloyati shimolida joylashgan bo`lib, Toshloq, Oxunboboev va Quva tumanlari, hamda Andijon va Namangan viloyatlari bilan chegaradosh. Umumiy yer maydoni - 410 kv.km ni tashkil etadi.
3. Aholi haqida ma'lumot. Tumandagi 36 ta aholi yashash bo`limlarida 82,3 ming kishi istiqomat qiladi. Shundan shaharda 53,1 ming kishi (64,5%) ni, qishloqda 29,2 ming kishi (35,5%) ni tashkil qiladi. Aholini 81,3% ni o`zbeklar, 12,9% ni tojiklar, 5,3% ni qirg`izlar va boshqa millatlar tashkil etadi.
4. Sanoat korxonalari Tumanda kichik biznes sanoat korxonalari faoliyat yuritadi.
5. Yangi yaratilgan ishchi o`rinlari. Tumanda 1505 ta yangi ishchi o`rinlari yaratildi.
6. Kichik biznes sub'ektlari va fermer xo`jaliklari. Kichik biznes sub'ektlarining umumiy soni-1474, shundan 987 tasi fermer xo`jaliklari (har bitta fermer xo`jaligi uchun o`rtacha yer maydoni 21,4 ga).
7. Bilim yurtlari va sog`liqni saqlash ob'ektlari. Tumanda 14895 ta o`quvchigi mo`ljallangan o`rta umumta'lim maktablari 36 ta, 3833 ta talabaga mo`ljallangan 4 ta kasb hunar kollejlari mavjud. Tumanda 260 ta bemorga mo`ljallangan 3 kasalxona, 12 ta qishloq vrachlik punktlari va 16 ta shifoxonalar mavjud.
|