
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
ZAMONAVIY “O’ZBEKISTON” CHEGARA BOJXONA POSTI – FARG’ONA VILOYATINI XORIJGA BOG’LOVCHI MUHIM KO’PRIK

2022-01-31 12:43:07 592
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Quvasoy shahridagi “O’zbekiston” chegara bojxona postining yangi qurib bitkazilgan, zamonaviy va ilg’or uskunalar bilan jihozlangan binosini ko’zdan kechirdi.
Viloyat bojxona boshqarmasi boshlig’i Ixvoljon Azimov, viloyat rahbariga qurilish ishlariga 10 milliard so’mdan ziyod mablag’ yo’naltirilgan yangi majmuada yaratilgan sharoitlar va texnik imkoniyatlar haqida ma'lumot berdi. Bojxona nazoratidan o’tishda ikki yo’lakli tizim – “yashil” va “qizil” yo’laklar joriy qilingan. Bojxona nazoratining eng so’nggi va zamonaviy texnik vositalari o’rnatilgan.
Xayrullo Bozorov, hozirda O’zbekiston va Qirg’iziston fuqarolari hamda transport vositalari harakatlanishi mumkin bo’lgan ushbu ikki tomonlama chegara bojxona postini, barcha davlat fuqarolari va transport vositalari harakatlanishi mumkin bo’lgan xalqaro maqomga ega postgga aylantirish lozimligiga e'tibor qaratib, bu borada viloyat hokimligi o’z vakolatlari doirasida kerakli rasmiy ishlarni amalga oshirishini ma'lum qildi.
Yaqin kunlarda “O’zbekiston” bojxona postining rasmiy ochilish marosimi o’tkazilishi ko’zda tutilgan.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram