Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 119 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


GERMANIYA BILAN HAMKORLIKDA FARG’ONADA ZAMONAVIY TIBBIY DIAGNOSTIKA MARKAZI BARPO ETILADI, TIBBIYOT JIHOZLARI YIG’ISH YO’LGA QO’YILADI

×

 2022-08-01 14:40:19    1419

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasining 25-30 iyul kunlari bo’lib o’tgan Germaniya va Avstriyaga tashrifi davomida tibbiyot sohasida hamkorlik bo’yicha katta kelishuvlarga erishildi.

Xususan, Germaniyaning “RCI Consulting International” kompaniyasi rahbari Karl Rauxel bilan muzokaralar natijasida “Luqmoni Hakim Farg’ona German Medical” MChJ bilan hamkorlikda nemis investitsiyasi ishtirokida Farg’ona shahrida Germaniya standartlari asosida zamonaviy laboratoriya bilan jihozlangan tibbiy diagnostika markazini tashkil etish bo’yicha qiymati 10 mln. dollarlik shartnoma imzolandi.

Diagnostika markaziga pozitron-emission tomografiya (PET) uskunasi o’rnatiladi, ushbu klinikaning o’zida PET uskunasi uchun zarur bo’lgan tsiklatron-radioizotop suyuqligini ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi.

Shartnomaga binoan, “Luqmoni Hakim Farg’ona German Medical” tibbiy diagnostika markazi bir yil muddatda foydalanishga topshiriladi.

Shuningdek, “Dixion Vertrieb medizinischer Geräte” va Farg’ona shahridagi “Marafon Group” xolding kompaniyasi tarkibidagi “Meridian Diagnostic Hospital” MChJ o’rtasida birinchi bosqichda jarrohlik stoli, jarrohlik lampasi va jihozlari, narkoz apparatlari, elektrokardiograflar (EKG), PSR texnikalari, bemor kuzatuv monitorlarini Farg’ona viloyatida yig’ish loyihasi doirasida 3 mln. yevrolik kelishuvga erishildi.

Germaniyaning “OPASCA” kompaniyasi bilan muzokaralarda viloyat sog’liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, mavjud bemorlar va kasalliklarni yagona monitoring bazasini yaratish hamda tibbiyot sohasidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun nemis banklari kredit liniyalarini jalb qilish yuzasidan hamkorlik o’rnatish yo’nalishlarida kelishuvlarga erishildi.

Mangeym tibbiyot universiteti va klinikasi rahbariyati uchrashuv davomida Farg’ona viloyati bilan yaqindan hamkorlikda ishlashga tayyorligini bildirdi.

O’zbek shifokorlarini nemis soha mutaxassislari yordamida Mangeym universiteti yoki Farg’ona shahrida malakasini oshirish, Farg’ona tibbiyot universiteti va Mangeym universitetlari o’rtasida hamkorlik o’rnatish, nevrologiya, pediatriya va radikologiya sohalariga Germaniya ta'lim standartini jalb qilishga kelishib olindi.

Joriy yil sentyabr oyida farg’onalik shifokorlar guruhi Mangeym shahriga borishi, nemis universiteti rahbariyati esa oktyabr oyida Farg’ona viloyatiga kelishi belgilab olindi.

Germaniyaning “Edison Technologies” kompaniyasi rahbari Edison Kasapoglu bilan ham samarali muzokaralar o’tkazildi. Joriy yil avgust oyidan tibbiyot buyumlari hamda bolalar uchun tagliklar ishlab chiqarishni tashkil etish bo’yicha ikkita loyihaning amalga oshirish yuzasidan ularning iqtisodiy samaradorligi, xom ashyo bilan ta'minlanganligi va mavjud talabni o’rganish ishlari boshlanadi.