Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Mart 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 98 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATIDA 3 TA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI (NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTI) DAVLAT GRANTLARIGA EGA BO’LDI

×

 2024-05-31 19:16:00    1360

PDF yuklash
Chop etish


Ma'lumki, Xalq deputatlari Farg’ona viloyat Kengashi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta'minlashda “Fuqarolik jamiyati institutlarining loyihalarini qo’llab-quvvatlash” mavzusida davlat grantini ajratish uchun 1-tanlovi e'lon qilingan edi.

2024 yilning 1 apreldan 1 maygacha davom etgan hujjatlarni qabul qilish jarayonida viloyat bo’yicha jami 18 ta grant loyihalar topshirildi.

Bulardan 13 ta loyiha NNT vakillaridan, 4 ta loyiha OAVlardan, 1 ta loyiha mahalla fuqarolar yig’inlaridan kelib tushgan.

Mazkur loyihalar Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo’yicha jamoat komissiyasi a'zolari tomonidan ko’rib chiqildi.

Yakuniy natijalarga ko’ra, Farg’ona viloyati “Azim-Tafakkur” nodavlat notijorat tashkilotining “Yoshlar bandligi - yurt tinchligi” loyihasiga (69 mln.750 ming so’m), O’zbekiston shaxmat Federatsiyasi Farg’ona viloyat xududiy bo’limining “Maktabgacha ta'lim muassasalarda iqtidorli, tajribali yosh shaxmatchilarni aniqlash, o’sib kelayotgan yangi avlodni shaxmat sport turiga qiziqtirish, ommaviylashtirish, intellektual ongini oshirish” loyihasiga (67 mln. 210 ming so’m), Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Farg’ona viloyat bo’limining “Ezgulik - shiorimiz, ma'rifat qurolimiz” loyihasiga (70 mln. so’m) g’olib deb topildi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo’yicha jamoat komissiyasi qaroriga ko’ra, viloyat Jamoat fondi tomonidan jami 3 ta davlat grant loyihasi uchun 206 mln. 960 ming so’m mablag’ ajratildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram