Ommaviy tadbirlarni o’tkazishga ruxsat olish uchun ariza yuborish
Xizmat haqida
Ommaviy tadbirlarni o’tkazishga ruxsat olish uchun ariza yuborish
Xizmatning sohaga tegishliligi
Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar
Xizmatdan foydalanuvchining toifasi
Yuridik va jismoniy shaxslar (fuqarolar va yakka tartibdagi tadbirkorlar)
Tashkilot
Farg’ona viloyat hokimligi
Bog’lanish
Manzil: A.Navoiy ko’chasi, 15
Mo’ljal: Asia mehmonhonasi
6, 6a , 8,8a, 20 avtobuslarning yo’nalishi
Tel: (0-373) 244-07-40
E-mail: info@ferghana.uz
Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar
Arizachi tomonidan ob’ekt (bino, inshoot) ma’muriyati bilan kelishilgan holda tasdiqlangan ommaviy tadbir dasturi.
Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2014 yil 29 iyuldagi 205-son
- "Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko'rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2014 yil 31 dekabrdagi 377-son Qarorlari asosida amalga oshiriladi
Xizmat narxi va to`lash tartibi
Ruxsat berish haqidagi ariza ko'rib chiqilgani uchun haq olinmaydi.
Xizmatni ko`rsatish muddati
15 ish kuni
Natijani olish usullari
Javob Toshkent shahar hokimiyatining mas'ul xodimi tomonidan elektron shaklda Yagona portaldan ro’yxatdan o’tayotganda ko'rsatilgan elektron pochtaga yuboriladi.
Xizmat natijasi
Ommaviy tadbirlarni o’tkazishga ruxsat berilganligi yoki rad etilganligi to'g'risida qaror qabul qilinganligi haqida javob olish
Rad etish sabablari
Ruxsatnoma berilishi quyidagi sabablarga ko`ra rad etilishi mumkin:
- Ommaviy tadbir tashkilotchilari hujjatlarni to’liq taqdim etmaganda;
- Ommaviy tadbir tashkilotchilari ruxsat etilgan talablar va shartlarga javob bermagan taqdirda;
- Ommaviy tadbir tashkilotchilari taqdim etgan hujjatlarda ishonchsiz yoki noto’g’ri ma’lumotlar mavjudligi;
- Komissiya tomonidan o’tkaziladigan o’rganishlar sanitariya, epidemiya va yong’inga qarshi xavfsizlik tizimlari uchun talablar, tez tibbiy yordam ko’rsatish, evakuatsiya, kommunikatsiya uskunalari, muhandislik va himoya texnik vositalari va boshqa ommaviy tadbirlar xavfsizligini ta'minlash vositalari va tizimlariga mos kelishi yoki kelmasligi natijasiga ko’ra asoslangan salbiy natijalar hamda yagona me'yoriy-huquqiy talablarga mos kelmasligi tufayli rad javob berilishi mumkin.
Shikoyat arizasi berish tartibi
Ommaviy tadbir tashkilotchilari sudga yoki yuqori turuvchi tashkilotlarga ruxsatnoma berilishini rad etilishi, shuningdek komissiya yoki vakolatli organning xatti-harakatlari ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.