
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
Yana bir muhim o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi
2018-03-15 21:02:16 367
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq viloyat, tuman va shahar hokimliklari tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishning yangi tartibini tushuntirish maqsadida bugun 2018 yil 15 mart kuni viloyat Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi majlislar zalida o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi.
Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi YUridik bo‘lim boshlig‘i B.Yunusov va viloyat hokimligi yuridik xizmati boshlig‘i A.Madalimovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining 2018 yil 26 fevraldagi 3057-xh-son topshiriq xati va ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Hisob palatasi raisining tegishli topshiriq xatiga muvofiq joriy etilgan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha yangi tartib, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining va Vazirlar Mahkamasining reglamentlari hamda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash masalalari bo‘yicha qabul qilingan boshqa tegishli qonun hujjatlari mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.
Mamlakatimizda o‘tgan davr mobaynida davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish, faoliyat sifatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi PQ–2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 19 yanvardagi PQ–2733-son Qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 250-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining bir qancha buyruqlari qabul qilindi.
Ta’kidlash joizki, Prezidentning PQ–2733-son qarorida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qonuniylikni yanada mustahkamlash, demokratik va huquqiy islohotlarni amalga oshirishda yuridik xizmatlarning roli va javobgarligini izchillik bilan kuchaytirish maqsadida davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri etib davlat organlari
va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish belgilandi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish funksiyani amalga oshirishdagi tartib-taomillarni belgilab beruvchi huquqiy asos bo‘lib – O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013 yil 1 fevraldagi 29-mh-son “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi (ro‘yxat raqami 2420, 2013 yil 1 fevral) buyrug‘i xizmat qilmoqda.
Seminarda viloyat hokimligi mas’ul xodimlari, Adliya, Moliya, Iqtisodiyot, Investitsiya boshqarmalari boshliqlari va mas’ul tarkibiy bo‘linmalari xodimlari, tuman va shahar hokimliklarining mas’ul xodimlari va yuridik xizmati xodimlari qatnashdilar.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar oldilar.
Ma’murjon Topvoldiev
Farg‘ona viloyat hokimligi
bosh yuristkonsulti