Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 111 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


POYTAXTLIK MEHMONLAR UVAYSIY YURTIDA

×

 2017-04-17 14:04:03    497

PDF yuklash
Chop etish


Muhtaram Prezidentimiz Toshkent  shahrining  Yunusobod tumanidagi obod mahallalardan biri – Uvaysiy nomli mahalla majmuasi ochilishiga bag’ishlangan tadbirda Jahon otin Uvaysiy ijodiy merosini o’rganish uchun shoiraning tug’ilgan yurti – Marg’ilon shahriga borib, ilmiy-adabiy jamoatchilik vakillari bilan ijodiy hamkorlik qilish zarurligini ta’kidlagan edilar.

14 aprel kuni poytaxtimizdagi Uvaysiy nomli mahalla fuqarolar yig’inining bir guruh faollari ko’hna va navqiron Marg’ilon shahriga tashrif buyurdilar.

Poytaxtlik mehmonlarni shahar temir yo’l vokzalida viloyat hokimi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Shuhrat G’aniev hamda viloyatimiz faollari, jamoatchilik vakillari tantanali kutib oldilar. 

Poytaxtlik mehmonlar Uvaysiy uy-muzeyida bo’lib, shoira hayoti va ijodiga oid qimmatli eksponatlar va nodir ko’rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar. Shu erda adabiy tadbir tashkil etildi. Uni O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi raisi, O’zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova olib bordi.

Sahnada ikki buyuk shoira – Uvaysiy va Nodirabegim siymosi gavdalandi. Dilbar ijodkorlarning o’tlig’ satrlari jarangladi. Qalblarga satrlarda ifoda topgan yurtga va yuksak insoniy tuyg’ularga muhabbat ruhi ko’chdi. Viloyatdagi  “Oltin qalam” va “Jahon otin Uvaysiy” adabiy to’garagi a’zolarining mushoirasi buyuklar yurtining ijodkor yoshlari kamolotidan so’z ochdi.

Toshkent shahridagi Uvaysiy nomli mahalla faoli, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi adabiy maslahatchisi Munavvara Usmonova uy-muzeyga badiiy  kitoblar to’plamini topshirar ekan, bu kabi o’zaro hamkorlikdagi ijodiy uchrashuv va ezgu tashriflar mumtoz shoiramizning ijodiy merosini o’rganishga, uni xalqimiz va yoshlarimiz o’rtasida keng targ’ib qilishga katta turtki bo’lishini ta’kidladi.

Mehmonlar viloyat hokimligi va keng jamoatchilik vakillari hamrohligida shahardagi Pir Siddiq, Burhoniddin Marg’inoniy majmuasi singari diqqatga sazovor maskanlarda bo’lib, qadimiy shaharning muqaddas qadamjolari bilan yaqindan tanishdilar.

To’kin dasturxon atrofida nazm va navo chiqishlari, taniqli san’atkorlar, askiyachilar, folklor etnografik jamoalari ishtirokidagi musiqali dastur tashkil etildi.

Shanba kuni Uvaysiy mahallasi faollari Farg’ona shahridagi Ahmad al-Farg’oniy nomidagi istirohat bog’i, Islom Karimov nomidagi Teatr-kontsert saroyi, yangi qad rostlagan “Nuroniylar maskani”, Qo’qon shahridagi  Xudoyorxon o’rdasi, “Media park” savdo majmuasi, shahar drama teatri va shoirlar hiyoboni singari bunyodkorlik va obodlik shukuhi aks etgan maskanlarga sayohat qilishadi.

–Farg’onaga tashrifimiz faoliyatimizga jo’shqin kayfiyat va ishtiyoq berdi, –deydi Uvaysiy nomli mahalla faoli Faridaxon Sharapova. –Momomiz yurti – Marg’ilondagi tantanalar-u, uy-muzeyidan olgan hayratlarimizning cheki yo’q. Ayniqsa, Farg’ona viloyatidagi  muqaddas obida va majmualar, ulkan bunyodkorlik namunalari  dunyoga etuk siymolarni tarbiyalab bergan tabarruk zaminning salobatiga naqadar munosib bo’lganligiga guvoh bo’ldik.

Tadbirlar chog’ida e’tirof etilganidek, Uvaysiyning poytaxtlik va farg’onalik avlodlari, muxlislari o’rtasidagi o’zaro hamkorlik, ulug’ siymoning pok ruhiga bo’lgan ehtirom tuyg’usi  xalqimizni ezgu maqsadlar yo’lida birlashtirishga  xizmat qilajak.