Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 68 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XAYRULLO BOZOROV VA MANZURA SALIMOVA OLIY MAJLIS SENATI A'ZOSI ETIB SAYLANDILAR

×

 2021-02-27 14:15:29    371

PDF yuklash
Chop etish



Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashlarining Oliy Majlis Senati a'zolari saylovi bo’yicha qo’shma majlisida yashirin ovoz berish jarayoni yakunlandi. 

Sanoq komissiyasining hisoboti tinglandi. Unga ko’ra, 2-Mirzo Ulug’bek saylov okrugi bo’yicha xalq deputatlari viloyat kengashi deputati, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, 31-Quva saylov okrugi bo’yicha viloyat kengashi deputati, viloyat ona va bola skrining markazi direktori Manzura Salimova Oliy Majlis Senati a'zosi etib saylandilar.

Deputatlar ovoz berish natijalarini tasdiqladi.

— Bildirilgan katta ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman. Bor kuchim, g’ayratim, bilimim bilan Farg’ona viloyatiga, xalqimizga xizmat qilishga va'da beraman.

Xalqimizda “Yolg’iz otning changi chiqmas, changi chiqsa ham dong’i chiqmas” degan maqol bor. Birlikda, hamjihatlikda ish olib borsak, viloyatimiz ahlini rozi qilamiz, xalqimiz oldida, Davlatimiz rahbari oldida yuzimiz yorug’ bo’ladi.

 Muhtaram Prezidentimiz bir necha kun oldin Farg’onaga qilgan tashriflari chog’ida viloyatimiz uchun katta marralarni belgilab berdilar. Bundan kelib chiqib ulkan maqsadlarni reja qilganmiz. Xudo xohlasa, 2021 yil barcha jabhada Farg’ona yili bo’ladi — dedi Xayrullo Bozorov. 

Oliy Majlis Senati a'zolari saylovi bo’yicha qo’shma majlis o’z ishini yakunladi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube