Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 148 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADAGI KOREYA XALQARO UNIVERSITETI REKTORI: MAQSADIMIZ – KOREYADAGI UNIVERSITETLARDAN HAM YUQORIROQ SAVIYADA TA'LIM BERISH!

×

 2021-06-02 18:20:45    862

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti rektori Park Jun Xoni qabul qildi.

Samimiy muloqot chog’ida oliygohda ta'lim sifatini hamda talabalar uchun sharoitlarni yanada oshirish masalalarida so’z bordi.

Viloyat rahbari Koreya xalqaro universiteti tomonidan vodiy viloyatlarida o’tkazilgan “KIUF olimpiadalari” haqida alohida to’xtalib, iqtidorli talabalarga universitet grantlari taqdim etilganini yuqori baholadi.

Oliygoh hududida yangi barpo etilgan talabalar yotoqxonasi yangi akademik o’quv yilidan boshlab talabalar ixtiyorida bo’lishini ma'lum qilgan Park Jun Xo, yangi zamonaviy laboratoriya binosi qurilishi ham yaqin davrda boshlanishini bildirdi.

“Maqsadimiz – Farg’ona shahrida Koreyadagi universitetlardan ham yuqoriroq saviyada ta'lim berish va buni amalga oshirish yo’lida jadal odimlamoqdamiz”, dedi universitet rektori.

Mamlakatimizda yo’lga qo’yilayotgan xususiy oliygohlarga ham zarur mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha davlat buyurtmasi berish tizimiga Koreya xalqaro universitetini ham jalb etish, shuningdek universitet professor-o’qituvchilari tarkibini mahalliy yuqori malakali mutaxassislar bilan to’ldirish borasida ham fikr almashildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube