
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o'rganish natijalari
2021-07-06 12:29:34 527
Tahlillarga ko‘ra, 2021 yilning 1-choragida viloyat hokimligiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 2502 ta murojaat kelib tushib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 barobarga yoki 1284 taga ko‘paygan.
Murojaatlarni to‘liq va sifatli ko‘rib chiqilmaganligi, joylarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish choralari ko‘rilmaganligi natijasida Quvasoy (4,1 barobar), Farg‘ona (3,3 barobar), Marg‘ilon (2,7 barobar), shaharlari, Quva (2,8 barobar), Yozyovon (3,3 barobar), Farg‘ona (3,2 barobar), Toshloq (2,7 barobar), Qo‘shtepa (2,6 barobar) tumanlarida murojaatlar kelib tushishi o‘tgan yilning 1-choragiga nisbatan ortgan.
Murojaatlarni sohalar kesimida tahlil qilganda, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan bolalar nafaqa puli to‘lash (3,7 barobar), bank krediti ajratsh (2,6 barobar), uy-joylarni ta’mirlash (2,2 barobar), moddiy yordam ajratish (1,6 barobar) masalasida kelib tushayotgan murojaatlar soni ortib bormoqda.
Jumladan, Qo‘qon shahrida moddiy yordam ajratish, mahalla fuqarolar yig‘inlari masalalari, Bog‘dod tumanida ish haqi, fermer xo‘jaliklari masalalari, Dang‘ara tumanida moddiy yordam ajratish, fermer xo‘jaliklari masalalari, Oltiariq tumanida nafaqa to‘lash va qurilish masalalari, Furqat tumanida bank krediti va ish haqi masalalari, Rishton tumanida fermer xo‘jaliklari masalalaridagi murojaatlar kelib tushishi keskin ortib ketgan.
Shahar, tumanlar hokimliklarida murojaatlarni to‘liq va holisona ko‘rib chiqmaslik natijasida murojaatlarni ijobiy hal etish viloyat bo‘yicha 55,4% ni tashkil etgan bo‘lsada, Qo‘qon (34,8%), Quvasoy (35,2%), Farg‘ona (39,8%), Marg‘ilon (44,8%) shaharlari, Quva (45,1%), Yozyovon (44,3%) va So‘x (23,7%) tumanlarida murojaatlarni ijobiy hal etish choralari yetarli darajasi ko‘rilmayapti.
Shahar, tumanlar hokimliklari hamda viloyat boshqarma va tashkilotlari tomonidan joylarda axolining eng ko‘p kelib tushayotgan murojaatlarini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan tizimli ishlar tashkil etilmaganligi, bu borada mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yilayotganligi natijasida Farg‘ona shahri, Oltiariq, Quva, Farg‘ona, Toshloq, Qo‘shtepa tumanlaridan kelayotgan og‘zaki murojaatlar, ayniqsa jamoaviy murojaatlar soni ham ortib bormoqda.
Ayniqsa, fuqarolar o‘rtasida subsidiya tartibda uy-joy olish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun yer maydoni ajratish, bog‘dorchilik va chorvachilik uchun ajratib berish, chet elda davolanish uchun moddiy yordam ajratish, masjidlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalaridagi murojaatlar bo‘yicha shahar, tumanlarda tushuntirish ishlari to‘g‘ri olib borilmagan.
Ayrim hokimliklarda jismoniy va yuridik shaxslar vakillaridan kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash ustidan yetarli nazorat o‘rnatilmaganligi natijasida 21 ta murojaat qonuniy muddatlaridan kechikib ijro etilgan. Jumladan, Furqat (3 ta), Uchko‘prik (4 ta), Beshariq (5 ta), Quva (7 ta), Yozyovon (2 ta) tumanlarida murojaatlar asossiz ravishda kechiktirilgan.