Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i
2021-07-10 09:28:56 4897
Viloyat hokimining o‘rinbosari
Mamajonov Nuriddin Yoqubjonovich
Telefon: (73) 244-07-48
Fuqarolarni qabul qilish kunlari: Oyning dushanba kunlari soat 10:00 dan 13:00 gacha
2023-yildan: Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari - viloyat investisiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i
Tug‘ilgan yili: 27.07.1982
Tug‘ilgan joyi: Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahri
Millati: o‘zbek
Partiyaviyligi: yo‘q
Ma’lumoti: Oliy
Tamomlagan: 2004-yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2017-yil Markaziy Bogema universiteti (Praga), 2023-yil Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti (Praga)
Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa): yo‘q
MEHNAT FAOLIYATI
1999-2004 yy. - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi
2004-2005 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Davlat protokoli boshqarmasi amaliyotchisi
2005-2006 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi yetakchi maslahatchisi
2006-2010 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Davlat protokoli boshqarmasi referenti, attashesi, 3-kotibi
2007-2010 yy. - Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) til kurslari ishtirokchisi, Suvon, Koreya
2010-2011 yy. - Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiyasi maxsus kursi tinglovchisi, Berlin, FRG
2010-2013 yy. - O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi attashesi (madaniy-gumanitar yo‘nalish)
2013-2015 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma-huquq boshqarmasi 2-kotibi, 1-kotibi
2014-2015 yy. - O‘zbekiston milliy universiteti qoshidagi Zangiota akademik liseyi o‘qituvchisi
2015-2021 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi 2-kotibi
2016-2017 yy. - Praga shahridagi Markaziy Bogema universiteti talabasi
2021-2022 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori o‘rinbosari
2021-2023 yy. - Praga shahridagi Yevropa amaliy fanlar va menejment institutida “Biznes boshqaruv doktori” ilmiy darajasi uchun talabgor
2022-2023 yy. - O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi
2023-2023 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy diplomatiya va madaniy hamkorlik departamenti direktori o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari - Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i
2023 y. - h.v. - Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari - viloyat investisiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i