Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


ABDUXASHIM ABDULLAYEV VILOYAT XALQ QABULXONASI MUDIRI ETIB TAYINLANDI

×

 2021-07-22 11:15:41    1294

PDF yuklash
Chop etish


Abdullayev Abduxashim Abdullayevich O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg’ona viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri etib tayinlandi.

Farg’ona viloyati Xalq qabulxonasida viloyat hokimligi vakillari hamda shahar-tumanlar xalq qabulxonalari rahbarlari ishtirokida o’tgan tadbirda viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Avazbek O’rinboyev tomonidan ushbu tayinlov o’qib eshittirildi.

Abduxashim Abdullayev 1950 yilda Farg’ona tumanida tug’ilgan. Farg’ona politexnika institutini tamomlagan. 

1972-1990 yillarda Farg’ona yog’-moy kombinatida, Farg’ona "Azot" ishlab chiqarish birlashmasida turli lavozimlarda mehnat qilgan.

1990-1991 yillarda Farg’ona shahar partiya qo’mitasi taftish komissiyasi raisi bo’lgan. 1991-1992 yillarda O’zXDP Farg’ona shahar Kengashi birinchi kotibi bo’lib ishlagan. 

1992-1994 yillarda Farg’ona "Azot" ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori, 1994 yilda O’zbekiston kimyo sanoati uyushmasi ishlab chiqarish bo’limi boshlig’ining o’rinbosari sifatida mehnat qilgan. 

1994-2005 yillarda Farg’ona "Azot" ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktorining ishlab chiqarish bo’yicha o’rinbosari, bosh direktori lavozimlarida ishlagan. 

2005-2006 yillarda Marg’ilon shahar hokimi, 2006-2008 yillarda Farg’ona viloyati hokimi bo’lgan. 

2008-2015 yillarda Farg’ona "Azot" ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktorining ishlab chiqarish bo’yicha o’rinbosari, 2015-2017 yillarda “Farg’onaazot" aktsiyadorlik jamiyati bosh direktorining birinchi o’rinbosari, 2017-2019 yillarda “O’zkimyosanoat” AJ boshqaruv raisi bo’lgan. 

Abduxashim Abdullayev 2006 yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube