Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Aprel 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930    

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 62 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA ERKAKLAR VA AYOLLAR O’RTASIDA VOLEYBOL BO’YICHA MARKAZIY OSIYO CHEMPIONATI START OLDI

×

 2021-08-17 15:25:24    651

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahridagi ko’p tarmoqli “Samo” sport majmuasida voleybol bo’yicha birinchi Markaziy Osiyo chempionati start oldi. Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston hamda mamlakatimizning milliy terma jamoalari g’oliblik uchun o’zaro bellashadigan musobaqaning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimining o’rinbosari Xurshidjon Ahmedov, Markaziy Osiyo Voleybol konfederatsiyasi hududiy kotibi Qilichbek Sarbagishov, O’zbekiston turizm va sport vazirligi mas'ullari ishtirok etdilar. 

Ochilish marosimi bo’lib o’tgan turnirning ilk bellashuvida Qirg’iziston va Qozog’iston ayollar terma jamoalari kuch sinashdilar. Uchrashuv qozog’istonliklarning 3:0 (25:17, 25:22, 25:15) hisobidagi g’alabasi bilan yakun topdi. O’zbekiston va Tojikiston ayollar terma jamoalari uchrashuvida esa hamyurtlarimiz 3:0 (25:12,25:13,25:16) hisobida zafar quchishdi.

Musobaqa formatiga ko’ra, jamoalar dastlab guruhda o’zaro bir birlari bilan bellashishadi, so’ngra guruhda 1-o’rinni egallagan jamoa 4-o’rindagi jamoa, 2-o’rinni band qilgan jamoa esa 3-o’rin egasi bilan final yo’llanmasi uchun parketga chiqadi. Ushbu o’yinlar g’oliblari finalda, yengilgan jamoalar esa 3-o’rin uchun bahsda kurashishadi. Birinchi Markaziy Osiyo chempionati 22 avgustga qadar davom etadi.

Shuningdek, musobaqa doirasida Markaziy Osiyo davlatlari hakamlari uchun seminar-trening ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube