
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONA SHAHRI MARKAZIDA 12 QAVATLI ZAMONAVIY TURAR-JOY BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

2021-08-25 13:50:34 502
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona shahri markazida, A.Navoiy ko’chasida qurib bitkazilayotgan 3 ta 12 qavatli zamonaviy turar-joy binolarining dastlabkisini foydalanishga topshirishga bag’ishlangan tadbirda ishtirok etdi.
Aholi uchun qulay va shinam, barcha zamonaviy sharoitlarga ega bo’lgan ushbu turar-joy majmuasi “Fayz Binokor Oltiariq” MChJ tomonidan barpo etildi. Binoda 120 ta xonadon mavjud bo’lib, birinchi qavatdan savdo va xizmat ko’rsatish ob'ektlari, ofislar o’rin egallagan.
Ochilish marosimida so’z olgan viloyat rahbari, aholini uy-joy bilan ta'minlash sohasida so’nggi yillarda olib borilayotgan ulkan ishlarga to’xtalib, birgina Bag’dod tumani misolida joriy yilgacha jami 49 ta ko’p qavatli turar-joy binosi qurilganini, bu yilning o’zida esa tumanda 61 ta ko’p qavatli uy-joy qad rostlayotganini qayd etdi. Yaqin o’tmishda 5 qavatli uy-joylar qurishga ruxsat olish ham muammo bo’lganini aytib o’tgan Xayrullo Bozorov, bugun har bir viloyatda 25 qavatgacha bo’lgan binolar qad rostlayotganini, aholini zamonaviy, arzon va sifatli uy-joy bilan ta'minlash masalasi bugungi islohotlarning markazida ekanini ta'kidladi. Farg’ona shahri chetida 300 gektar maydonda 40 ming aholiga mo’ljallangan Ekoshahar barpo etilishi rejalashtirayotganiga to’xtalgan viloyat rahbari, 7-25 qavatli 313 ta ko’p qavatli turar-joylar va ijtimoiy ob'ektlardan iborat bo’ladigan ushbu shaharchaning qurilishi yangi xorijiy ilg’or texnologiyalarga asoslangan bo’lishini aytib o’tdi.
Viloyat hokimi O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan quruvchi Baxtiyor Vallamov rahbarligidagi “Fayz Binokor Oltiariq” MChJ faoliyatiga omad tilab, jahonning yirik qurilish kompaniyalari qatoridan o’rin olishiga tilak bildirdi.
Ma'lumot o’rnida, Farg’ona viloyati aholisini uy-joy bilan ta'minlash maqsadida joriy yilda jami 1 trln. 524 mlrd. so’m mablag’lar evaziga 300 ta 9009 xonadonli ko’p qavatli uy-joylarni qurish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo’lib, shundan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 martdagi PF-6186-sonli Farmoniga asosan viloyatda jami 97 ta 2760 xonadonli ko’p qavatli uy-joylar qurilmoqda. Bugungi kunda ko’p qavatli uy-joylarda g’isht terish, tom yopish, ichki suvoq ishlari amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, viloyat hokimining tashabbusi bilan 193 ta 6369 xonadonli ko’p qavatli uy-joylar qurilishi amalga oshirilmoqda. Bulardan 105 tasi ko’p qavatli 1 pod'ezdli energiya tejamkor turar-joy binolaridir. Bugungi kunda ko’p qavatli uy-joylarda g’isht terish, tom yopish, ichki suvoq ishlari amalga oshirilmoqda.
Joriy yil yakuniga qadar yuqorida keltirilgan uy-joylarni to’liq foydalanishga topshirish bo’yicha zarur chora-tadbirlar belgilangan.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube