
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONA SHAHRIDA ZAMONAVIY TIBBIY DIAGNOSTIKA MARKAZI ISH BOSHLADI. XUSUSIY TIBBIYOT KO’RSATKICHLARIDA VILOYATIMIZ RESPUBLIKADA ENG YUQORI O’RINLARGA KO’TARILMOQDA

2021-08-25 13:54:39 780
O’zbekiston mustaqilligining 30 yilligi arafasida Farg’ona shahrida "Meridian diagnostic hospital" xususiy tibbiy diagnostika markazi ish boshladi. Ushbu zamonaviy tibbiyot muassasasining tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.
Tibbiyot sohasi jadal rivojlanib borayotgan Farg’ona viloyatida xususiy tibbiyot muassasalari soni 650 taga yetdi va viloyat ushbu ko’rsatkich bo’yicha Respublika hududlari orasida eng yuqori o’rinlarga ko’tarildi. Joriy 2021 yilning o’tgan davri davomida viloyatimizda 70 dan ortiq xususiy tibbiyot maskanlari foydalanishga topshirildi.
Shaharning Ma'rifat ko’chasida foydalanishga topshirilgan "Meridian diagnostic hospital" tibbiyot maskani Germaniyadan keltirilgan zamonaviy apparatlar bilan jihozlangan bo’lib, aholiga ambulator sharoitda ko’p tarmoqli tibbiy maslahat-diagnostika xizmatlari ko’rsatadi.
70 nafar tibbiyot xodimi faoliyat olib boruvchi ushbu xususiy muassasani barpo etish va zarur tibbiyot apparaturalari bilan jihozlash uchun 3 million AQSh dollari miqdorida mablag’ sarflandi. Bunda tadbirkorning o’z mablag’lari bilan birga xorijiy bank krediti jalb etildi.
Ushbu diagnostika markazining ikkinchi bosqichida radiologiya va murakkab angeografiya amaliyotlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Joriy yil yakuniga qadar amalga oshirilishi ko’zda tutilgan ushbu loyiha uchun qo’shimcha 4 million AQSh dollari miqdorida mablag’ yo’naltiriladi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube