
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
QIYMATI 70 MILLION DOLLAR BO’LGAN “FERGANA GLOBAL TEXTILE” LOYIHASI TO’LIQ ISHGA TUSHDI: KORXONADA MATO TO’QISH VA BO’YASH HAM YO’LGA QO’YILDI

2021-08-25 15:59:13 743
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayrami arafasida mamlakatimizdagi yetakchi to’qimachilik kompaniyalaridan biri – “Fergana global textile” MChJ korxonasida mato to’qish va bo’yash tsexlari ishga tushirildi. Ushbu munosabat bilan o’tkazilgan tantanali tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.
Tadbirda so’z olgan viloyat rahbari, O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida klasterlarning o’rni muhim ekanligini ta'kidlab, bu boradagi ishlar dastlabki samaralarini berayotganligini aytib o’tdi. Xususan, mazkur paxtachilik-to’qimachilik klasteri innovatsion texnologiya va ishlanmalarni tadbiq etib, minglab yangi ish o’rinlarini yaratayotganligi e'tirof etildi. Korxonaning bir guruh ishchi-xodimlari viloyat hokimligining sovg’alari bilan taqdirlandilar.
Umumiy qiymati 70 mln. AQSh dollarini tashkil etadigan Fergana Global Textile loyihasini amalga oshirish 2018 yilda boshlangan. Moliyalashtirish tadbirkorning 26 million yevro miqdorida o’z mablag’lari, 34 million yevro xorijiy kredit hamda 34 milliard so’m bank krediti hisobiga amalga oshirildi.
Jami 11 gektar hududda hayotga tadbiq etilgan loyihaning birinchi bosqichida yillik 18 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan bo’lsa, bugun ishga tushirilgan mato to’qish va bo’yash bo’limlarida yillik 4 ming tonna mato to’qish va bo’yash quvvati yaratildi.
Shunisi e'tiborga loyiqki, loyihaning navbatdagi bosqichini amalga oshirish natijasida 1500 kishi, asosan xotin-qizlar ish bilan ta'minlandi, ularning 1200 nafari yoshlardir.
O’tgan hafta bo’lib o’tgan davlatimiz rahbarinig tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti oldidan “Fergana global textile” MChJ rahbari Mo’minjon Razaqov mamlakatda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga munosib hissa qo’shib kelayotgan tadbirkorlar qatorida e'tirof etilib, “Eng ko’p ish joylari yaratgan tadbirkor” sifatida Prezidentimizning minnatdorchiligiga loyiq ko’rilgandi.
“Fergana global textile” ishlab chiqarish quvvatlari Shveytsariya, Italiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Isroil va Turkiyada ishlab chiqarilgan eng yangi raqamli texnologiyalar bilan jihozlangan.
Qisqa vaqt ichida YEvropa, Turkiya va Xitoy bozorlariga chiqishga muvaffaq bo’lindi, korxonada joriy 2021 yilning o’tgan davri mobaynida qiymati 22,5 million dollardan ziyod 8,3 ming tonnadan ortiq mahsulot eksport qilindi.
Korxona rahbariyati o’zi belgilab olgan maqsadlarga erishish uchun, Qo’shtepa va Uchko’prik tumanlari hududida paxta-to’qimachilik klasterini tashkil qildi. Hozirda 12,5 ming gektardan ortiq maydonda korxona o’z ehtiyojlari uchun paxta yetishtiradi.
Shuningdek, Isroilning Netafim kompaniyasi bilan birgalikda Qo’shtepa tumanida 213 gektar maydonda tomchilatib sug’orish tizimi o’rnatildi, loyihaning umumiy qiymati 1 million dollardan oshadi. Shu bilan birga, kompaniya chet ellik hamkorlar bilan birgalikda Agronomlar maktabini yaratdi, bu esa korxona kadrlari va fermerlarga tomchilatib sug’orish texnologiyasini o’rgatish, hosildorlikni oshirish, minerallardan to’g’ri foydalanish va boshqa shu kabi bilimlarni amaliy o’rganishda ancha qo’l keladi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube