Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 86 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


OSIYO TARAQQIYOT BANKI VITSE-PREZIDENTI SHIKSIN CHEN BOSHCHILIGIDAGI DELEGATSIYA FARG’ONADA BO’LDI

×

 2021-10-01 20:05:12    332

PDF yuklash
Chop etish


Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vitse-prezidenti Shiksin Chen boshchiligidagi delegatsiya O’zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida bugun Farg’ona viloyatida bo’ldi. 

Mehmonlar dastlab ko’hna Qo’qon shahri markazidagi XIX asr me'moriy yodgorligi bo’lgan Xudoyorxon saroyini borib ko’rdilar. Osiyo taraqqiyot banki vakillariga viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Avaz O’rinboyev hamrohlik qildi. Qo’qonning oxirgi xoni Xudoyorxon tomonidan 1863 yildan qurilishi boshlangan saroyning barpo etilishi jarayonlari, o’ziga xos me'moriy qiyofasi haqida majmua xodimlari atroflicha ma'lumot berdilar.

Shundan so’ng Rishtondagi xalqaro kulolchilik markazida tuman hokimi Sufxonjon Soliyev va mutasaddilar delegatsiya a'zolarini qarshi olishdi. Markazdagi Rishton tarixi muzeyi, 20 ta ikki qavatli kulollar xonadoni va ulardagi ustaxona, savdo do’konlari mehmonlarni hayratga soldi. O’zbekiston xalq ustasi Alisher Nazirov kulolchilik mahsulotlarining tayyorlanish bosqichlari, ulardagi milliy urf-odat va an'analarning uyg’unligi to’g’risida so’zlab berdi.

Keyingi manzil Oltiariq tumanidagi “Xolmurodov Imarali” fermer xo’jaligi bo’ldi. Tuman hokimi Xolmirza Niyozov hudud brendi bo’lgan uzumlar hamda anor mahsulotlari bilan mehmonlarni siyladi. Shu yerda delegatsiya tashrifidan ko’zlangan bosh maqsad Osiyo taraqqiyot banki kredit mablag’lari evaziga amalga oshirilgan naslli qoramollar yetishtirish loyihasi bilan ham tanishildi.

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 noyabrda “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Chorvachilik sohasida qo’shilgan qiymat zanjirini yaratishni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori qabul qilingan bo’lib, 2 foiz stavkada, shu jumladan, 5 yil imtiyozli davrga 25 yilda qoplash muddati bilan qiymati 150,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi qarz bitimi imzolangan.

Umumiy qiymati 237,45 mln. AQSh dollari ekvivalentiga teng bo’lgan loyihaning bir qismi aynan Oltiariq tumanida amalga oshirilmoqda. “Xolmurodov Imarali” fermer xo’jaligida amalga oshirilgan loyihaning umumiy qiymati 254 ming dollarga teng bo’lib, uning 174 ming dollarlik qismi Osiyo taraqqiyot banki kredit mablag’lari hisoblanadi.

Hozirda Germaniyadan 64 bosh Simmental zotli bo’g’oz sigirlar olib kelinib, parvarish qilinmoqda. 8 ta yangi ish o’rinlari yaratilgan. 

Delegatsiya a'zolariga amalga oshirilgan bosqichlar haqida ma'lumot berildi. Ular bu yerda olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Kelajakda Farg’onada nafaqat qishloq xo’jaligi, chorvachilik bo’yicha balki tadbirkorlikning boshqa yo’nalishlarida ham hamkorlik qilish niyatida ekanliklarini ta'kidlashdi.

Mehmonlar Marg’ilon shahridagi “Yodgorlik” fabrikasida ham bo’lishdi. Chunki, ushbu joy butun dunyodan turistlarni o’ziga jalb qilmoqda. 200 yildan ortiq tarixga ega bino va 1890 yilda ekilgan tut daraxti, o’zbek milliy matolari va ularning yaratilishi, pilla qurtini parvarish qilishdan tortib, undan ipak olish va hech qanday qo’shimchalarsiz tabiiy mahsulotlardan liboslar tayyorlashgacha bo’lgan jarayonlar tanishtirib o’tildi.

Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Shiksin Chen boshchiligidagi delegatsiya Farg’onaga tashrifini yakunlab, qo’shni Namangan viloyatiga yo’l oldi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube