Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 287 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA KINO BAYRAMI: VILOYATIMIZDA TOJIKISTON VA QOZOG’ISTON KINO KUNLARI TASHKIL ETILDI

×

 2021-10-02 15:51:52    348

PDF yuklash
Chop etish


Ma'lumki, joriy yilning 28 sentyabrdan 3 oktyabr kuniga qadar mamlakatimiz bo’ylab “Ipak yo’li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali bo’lib o’tmoqda.

O’zbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan tashkil etilayotgan mazkur xalqaro kinofestivali “Tinchlik, ma'rifat va taraqqiyot uchun” shiori ostida va "Festivallar festivali" formatida o’tmoqda.

Kinofestival davomida 13 ta davlatning kino kunlari o’tkazilishi rejalashtirilgan bo’lib, Farg’onada bugun, 2 oktyabr kuni Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondonligi qoshidagi Ma'naviyat va ma'rifat markazida “Tojikiston kino kunlari”, Islom Karimov nomidagi viloyat Teatr va kontsert saroyida “Qozog’iston kino kunlari” tashkil etildi.

Dastlab “Tojikiston kino kunlari”ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda viloyat hokimining o’rinbosari – viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig’i Xurshidjon Ahmedov, “Tojikfilm” bosh direktori Mahmadsaid Shohiyon rahbarligidagi Tojikiston delegatsiyasi a'zolari, san'at namoyondalari hamda viloyatimizdagi kino ixlosmandlari ishtirok etishdi. 

So’z olganlar ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va sa'y-harakatlari bilan barcha sohalarda bo’lgani kabi kinematografiya yo’nalishida ham hamkorlik munosabatlari kun sayin yangi bosqichga chiqayotganini ta'kidlashdi.

Shundan so’ng delegatsiya tarkibida viloyatimizga kelgan tojikistonlik san'atkorlar, kino ustalari birma bir tanishtirildi. Ular farg’onacha mehmondo’stlik uchun minnatdorchilik bildirdilar. Mehmonlarga viloyat hokimligining esdalik sovg’alari topshirildi. Ayni paytda tojikistonlik ijodkorlar tomonidan yaratilgan, Muhabbat Sattori rejissyorligida tasvirga olingan “Hayot raqsi” (“Raqsi zindagi”) nomli film ishtirokchilar e'tiboriga havola etildi.

Shu kuni Farg’ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat Teatr va kontsert saroyida “Qozog’iston kino kunlari” ham tantanali tarzda boshlandi. Unda Qozog’iston Respublikasi xalq artisti Nurjuman Ixtыmbayev boshchiligidagi qozoq kino ustalari bilan bir qatorda Respublikamizdagi taniqli aktyor va aktrisalar ham qatnashdilar. 

O’zbekiston davlat filarmoniyasi Farg’ona viloyat bo’limi yosh ijrochilari tomonidan tayyorlangan kichik kontsert dasturidan so’ng qozog’istonlik va o’zbekistonlik kino san'ati ustalarini tanishtiruv marosimi bo’lib o’tdi. Shuningdek, yig’ilganlar e'tiboriga qozoq kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan "Oralman" nomli film (rejissyor Sabit Kurmanbekov, stsenariy muallifi Nurlan Sanjar) namoyish etildi.

Kunning ikkinchi yarmida Tojikiston hamda Qozog’istondan kelgan mehmonlar, kino san'ati ustalari viloyatimizning Marg’ilon shahri va Rishton tumanidagi diqqatga sazovor joylarida bo’ldilar.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube