
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONA JAMOAT SALOMATLIGI TIBBIYOT INSTITUTIGA MARKAZIY OSIYODA YAGONA BO’LGAN ZAMONAVIY MIKROSKOP OLIB KELINDI

2021-10-02 16:35:58 504
O’qituvchi va murabbiylar kunida Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining zamonaviy klinik bazasi o’z faoliyatini boshladi.
Davlatimiz rahbarining 2020 yil 3 dekabrda qabul qilingan “Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutini tashkil etish to’g’risida”gi qarori bilan, Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg’ona filiali negizida Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tashkil etilib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi institutning klinik bazasi etib belgilangandi.
O’tgan davr mobaynida institutning klinik o’quv-laboratoriya binosi rekonstruktsiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Yangi binoning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimligi vakillari, tibbiyot instituti rahbariyati hamda o’qituvchi-professorlar, talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda so’zga chiqqanlar mamlakatimizda keyingi yillarda sohaga malakali kadrlar tayyorlash tizimiga katta e'tibor berilayotganini qayd etdilar. Xususan, institutning yildan-yilga salohiyati, faoliyati jadallashuvi respublikamizda tibbiyot sohasining kadrlar bilan ta'minlanishi orqali aholiga sifatli tibbiy xizmat ko’rsatilishining asosi, deya ta'kidladilar. Ochilish marosimidan so’ng mehmonlar binoning o’quv xonalari va bu yerda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
- Bugungi kunda o’quv bazaga mamlakatimiz, qolaversa, Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan zamonaviy mikroskop olib kelindi. Salkam 500 mln. so’mga xarid qilingan mikroskopning afzalligi shundan iboratki, undan birdaniga 10 nafar o’quvchi foydalanishi mumkin, - deydi hamshiralik ishi kafedrasi mudiri Jamoliddin Mamasaidov. - Shuningdek, inson organizmidan tahlil uchun olingan namunalarni 1000 baravaridan 5000 baravarigacha kattalashtirib, mikroblar, bakteriyalarni, to’qimalardagi o’zgarishlarni ko’rish mumkin.
Endilikda oliy hamshiralik ishi yo’nalishida, epidemiologiya, mikrobiologiya hamda klinik farmakologiya kafedralaridagi talabalar, o’qituvchi-professorlarimiz yangi zamonaviy jihozlar va asbob uskunalardan o’quv mashg’ulotlarida, ilmiy tadqiqotlar maqsadlarida foydalanib, juda katta malakaga hamda amaliy ko’nikmaga ega bo’lishadi.
Viloyat cog’liqni saqlash boshqarmasi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube