Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 62 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QO’QONDAGI INDORAMA KORXONASIDA SUVDA TEZ ERUVCHAN O’G’ITLAR ISHLAB CHIQARISH YO’LGA QO’YILDI

×

 2021-10-04 10:21:10    293

PDF yuklash
Chop etish


Kecha Qo’qon shahridagi “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” aktsiyadorlik jamiyatida yangi ishlab chiqarish tsexini ishga tushirish marosimi bo’lib o’tdi.

Loyiha qiymati 500 ming AQSh dollariga teng bo’lgan, suvda tez eruvchan azot-fosfor-kaliyli (NPK) mineral o’g’itlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi liniyani foydalanishga topshirish tadbirida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, “Indorama Corporation” kompaniyasi direktori Prakash Kejrival, viloyat investitsiyalar sohasi mas'ullari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda so’z olgan Xayrullo Bozorov, korxona faoliyati mamlakatimiz agrosanoat sohasi uchun muhim ekanligini, yangi ish o’rinlari yaratilayotganligini, qolaversa, tuproqshunoslik yo’nalishida ham ish tashkil etilib, agrokimyoviy tadqiqotlar olib borish orqali tuproqni qaysi bir minerallarga ehtiyoj sezayotganini aniqlashda korxona mutaxassislari ko’magi o’z ijobiy samarasini berayotganini ta'kidladi.

“Qo’qon superfosfat zavodi” faoliyatini diversifikatsiya qilish maqsadida 2019 yilda uning 96 foiz aktsiyalari Singapurning “Indorama Corporation” kompaniyasiga sotilib, bu yerda keng ko’lamli modernizatsiya ishlari amalga oshirildi. Bu ishlar natijasida ishlab chiqarish quvvati yiliga 75 000 tonnadan 350 000 tonnaga yetkazildi. Shuningdek, Ispaniya, AQSh, Rossiya, Turkiya, Hindiston, Xitoy davlatlarining yetakchi kompaniyalaridan zamonaviy uskunalar olib kelib o’rnatildi. Ayni kunlarda qishloq xo’jaligi sohasi uchun sifatli mineral o’g’it ishlab chiqarilmoqda.

Umumiy qiymati 70 million dollar bo’lgan ikki bosqichli investitsiya dasturining birinchi bosqichi doirasida joriy yilning fevral oyida bu yerda superfosfat ishlab chiqarish tarmog’i ishga tushirildi. Investitsiya miqdori 43 million dollarni tashkil qildi. O’tgan davr mobaynida 100 ming tonna 170 milliard so’mlik mahsulot ishlab chiqarildi. 2,7 million dollarlik mahsulot xorijga eksport qilindi. Ishga tushirilgan birinchi bosqich loyihasida 500 kishi ish bilan ta'minlandi. E'tiborli jihati, ishlab chiqarish quvvati besh barobarga oshirildi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube