Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 431 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


RASMIY MUNOSABAT

×

 2021-10-04 18:43:39    287

PDF yuklash
Chop etish


Bugun ijtimoiy tarmoqlarda “Xayrullo Bozorov chin yetim bolaning 76 mln so’mlik ipoteka kreditini to’lab berdi” sarlavhali material e'lon qilindi. Ushbu material yuzasidan viloyat hokimligi tomonidan quyidagilar ma'lum qilinadi:

Ota-ona mehridan mahrum va nogironligi bor bolalarni qo’llab-quvvatlash, ularni jamiyatning faol a'zolari sifatida tarbiyalash bugungi kunda Muhtaram Prezidentimiz rahbarliklarida olib borilayotgan siyosatning ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib kelmoqda.

Davlatimiz rahbari Mehribonlik uylaridagi bolalarni oilaga yaqin muhitda tarbiyalash, bilim va ma'naviyatli, vatanparvar insonlar etib voyaga yetkazish masalasiga katta e'tibor qaratib kelmoqdalar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi “Etim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-5216-son qarori ham bu toifadagi bolalarning huquq va erkinliklarini ro’yobga chiqarish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan.

Ushbu qarorga asosan 18 yoshga to’lgan, uy-joyga muhtoj yetim bolalarga yangi qurilgan uy-joylar bepul ajratib boriladi, buning uchun joriy yilning o’zida byudjetdan 120 milliard so’m yo’naltiriladi.

Qaror bilan 2021 yilda Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar uchun uy-joy xarid qilishning maqsadli parametrlari belgilab berilgan bo’lib, unga ko’ra O’zbekiston Respublikasi byudjetidan hamda mahalliy byudjetlarning qo’shimcha manbalari hisobidan Farg’ona viloyatida 26 ta bunday uy-joylar xarid qilinishi belgilab berilgan. Marg’ilonlik chin yetim fuqaroning uy-joy uchun ipoteka krediti to’lovi ham ana shu qaror doirasida amalga oshirilgan bo’lib, buni viloyat hokimi nomi bilan bog’lanishi noto’g’ri ekani ma'lum qilinadi.

Ommaviy axborot vositalaridan va ijtimoiy tarmoqdagi kanallardan rasmiy manbaga ega bo’lmagan bunday axborotlarni tarqatmaslik so’raladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube