
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONA SHAHRIDA ZAMONAVIY TUG’RUQ KOMPLEKSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

2021-10-05 14:37:02 783
Bugun Farg’ona shahar Qirguli mavzesida shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 105 o’ringa mo’ljallangan yangi tug’ruq kompleksi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, shahar sektorlari rahbarlari, senatorlar, viloyat sog’liqni saqlash tizimi mas'ullari va keng jamoatchilik vakillari qatnashdilar.
Dastlab keksa nuroniylar, imom-xatiblar ishtirokida ezgu niyatlar qilinib, duoga qo’l ochildi.
Tadbirda so’z olganlar ushbu tibbiyot maskanida tug’ilajak farzandlar kelajakda yurtimizga, xalqimizga, vatanimizga xizmat qiladigan, sog’lom, barkamol, vatanparvar yigit va qizlar bo’lishsin deb tilak bildirdilar.
- Duoga qo’l ochganda hamisha tan-sihatlik, xotirjamlik tilanadi. Salomatlik bo’lsa inson fikrlaydi, tafakkur qiladi. Sog’ tanda sog’lom aql bo’ladi, rivojlanish bo’ladi. “Ona va bola sog’lig’iga e'tibor – jamiyatga, kelajakka e'tibor” tamoyili asosida mamlakatimizda so’nggi 4-5 yilda tibbiy xizmat sifatini oshirish yo’lida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu ob'ekt uchun byudjetdan 20 milliard so’m mablag’ ajratib berilgani ham reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko’rsatiladigan yordam sifatini oshirish va ko’lamini yanada kengaytirish masalalariga Davlatimiz rahbarining alohida e'tiborlari natijasidir. Qisqa muddatda tug’ruq bo’limining 1958 yilda qurilgan 80 o’rinli eski binosi buzib tashlanib, barcha imkoniyatlarga ega bo’lgan yangi tug’ruqxona foydalanishga topshirilmoqda, - dedi viloyat hokimi.
Mamlakatimiz Prezidentining joriy yil 27 maydagi tegishli qaroriga binoan yurtimiz tez tibbiy yordam xizmati uchun yangi va zamonaviy rusumdagi tez tibbiy yordam avtomashinalarini xarid qilish belgilangan edi. Ushbu qaror ijrosini ta'minlash maqsadida viloyatimizga birinchi bosqichda keltirilgan, Jizzax avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan 10 ta A toifali “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam avtomashinalari shahar va tumanlar tibbiyot birlashmalariga topshirildi.
Shundan so’ng viloyat faollari ishtirokida ramziy tasma qirqilib, mehmonlar shahardagi 80 ming nafar tug’ruq yoshidagi ayollar uchun xizmat ko’rsatadigan tug’ruq kompleksida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube