
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
LATVIYADAGI “O’ZBEKISTON SAVDO UYI”DA FARG’ONA VILOYATI BURCHAGI TASHKIL ETILADI

2021-10-06 17:57:01 352
Viloyat hokimining o’rinbosari - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Iqboljon Ergashev bugun viloyat hokimligida Latviya poytaxti Rigadagi “O’zbekiston savdo uyi” asoschisi Vladimir Galperinni qabul qildi.
Ushbu Boltiq davlatidagi “O’zbekiston savdo uyi” direktorining Farg’ona viloyatiga tashrifi viloyatimiz ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlarini Latviya bozoriga chiqarishga ko’maklashish, ikki tomonlama savdo hajmini oshirish, Farg’ona viloyati va latviyalik ishbilarmonlar doiralari o’rtasida turli yo’nalishlarda istiqbolli hamkorlik imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
Uchrashuvda Savdo uyida tashkil etilayotgan ko’rgazma zalida alohida Farg’ona viloyati burchagini tashkil etish borasida kelishuvga erishildi, shuningdek viloyatimizda ishlab chiqarilayotgan tekstil, hunarmandchilik, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini Latviya va shu orqali YEvropa bozorlariga hamkorlikda olib chiqish masalalari muhokama etildi.
Bundan tashqari, Savdo uyi direktori Vladimir Galperinning tajribalaridan kelib chiqib, O’zbekistondagi mahsulotlarni YEvropa va Latviyada targ’ibot ishlarini amalga oshirish va unga tegishli bo’lgan mediakompaniyaga qarashli nashrlarda O’zbekiston mahsulotlari haqida piar materiallari e'lon qilish masalalari ham ko’rib chiqildi.
Joriy yilning 10 sentyabr kuni Rigada Latviyaning “Outdoor Media” kompaniyasi tomonidan asos solingan “O’zbekiston savdo uyi”ning umumiy maydoni 140 kvadrat metr bo’lib, u 2021 yil 6 avgustda Latviya investitsiyalar va taraqqiyot agentligi tomonidan ro’yxatga olingan.
Savdo uyida ko’rgazma zalini yaratish nazarda tutilgan bo’lib, u yerda o’zbek ishlab chiqaruvchilarining tovarlari namunalari, asosan, to’qimachilik, poyabzal, chinni, mebel, tibbiy buyumlar, qandolat mahsulotlari, elektrotexnika mahsulotlari, qurilish materiallari namoyish etiladi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube