Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MARG’ILONDA FAOLIYAT BOSHLASHI KUTILAYOTGAN AQSHNING “WEBSTER” UNIVERSITETI FILIALI, KEYINCHALIK FARG’ONADA BARPO ETILADIGAN EKOSHAHARGA KO’CHIRILADI

×

 2021-10-07 18:51:26    278

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Amerika Qo’shma Shtatlarining “Webster” universiteti prezidenti, doktor Djulian Shuster boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. 

Ta'lim yo’nalishida dunyo reytingida yuqori natijalarga erishib kelayotgan “Webster” xususiy notijorat universiteti 1915 yilda AQShning Sent-Luis shahrida tashkil topgan bo’lib, 2019-2020 o’quv yilidan Toshkent shahrida o’z filialini ochdi. Endi esa ushbu xorijiy oliygoh Farg’onada ham faoliyat olib borish niyatida. 

"Poytaxtda talabalar uchun yaratilgan barcha shart-sharoitlar, Farg’onada ham yaratiladi. Biz shu orqali yoshlarga sifatli ta'lim berishni maqsad qilganmiz”, - dedi muloqot davomida doktor Djulian Shuster.

“Webster” asosan san'at, tasviriy va sahna san'ati, o’qituvchilar ta'limi, biznes va menejmentni o’z ichiga olgan turli fanlar bo’yicha bakalavr va magistrlik dasturlarini taklif etadi. Lekin fanlar bo’yicha takliflar har bir filialda davlat va hudud ichki talabidan kelib chiqqan holda yo’lga qo’yiladi. Universitet 4 ta qit'adagi (Shimoliy Amerika, YEvropa, Afrika va Osiyo) 9 ta davlatda (AQSh, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Shveytsariya, Avstriya, Gretsiya, Xitoy, Singapur, O’zbekiston) 62 ta shaharda o’z faoliyatini olib bormoqda. Uning 200 ga yaqin ta'lim dasturlari mavjud.

Viloyat hokimi uchrashuvda yurtimizda, xususan, Farg’onada ilm-fanga e'tibor katta ekanligiga, bu amaliy natijalar bilan o’z tasdig’ini topayotganiga mehmonlar diqqatini tortdi. Bunga misol tariqasida 2020 yilda Markaziy Osiyo shaharlari ichida ilk bor Farg’onaning YuNESKO Ta'lim shaharlari global tarmog’iga qabul qilinganini ta'kidladi.

Viloyat hokimi, Marg’ilon shahrida faoliyat boshlashi kutilayotgan “WEBSTER” universitetini kelgusida Farg’ona shahridagi 300 gektar maydonda 40 ming aholiga mo’ljallab barpo etilayotgan ekoshaharga ko’chirilishi mumkinligini ma'lum qildi. Bu taklif universitet prezidenti Djulian Shuster tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi.

Muloqotda yana bir jihat, oliygohga vodiy viloyatlari bilan bir qatorda qo’shni Qirg’iziston va Tojikistondan ham yigit-qizlar kelib ta'lim olishlari mumkinligiga e'tibor qaratildi. 

Har ikki tomon ham hamkorlik jarayonlarini tezlashtirish, universitet filiali faoliyatini yo’lga qo’yish, talabalarga maksimum qulayliklar yaratish masalalari yuzasidan hamfikr ekanliklari qayd etildi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube