
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
QARISI BOR UYNING PARISI BOR: O’ZBEKISTON TUMANIDA “KEKSALAR HAFTALIGI” DOIRASIDA NURONIYLAR UCHUN BAYRAM TADBIRI O’TKAZILDI

2021-10-11 09:39:57 495
“Keksalarni e'zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko’rsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat” g’oyasi ostida mamlakatimizning barcha hududlarida o’tkazilayotgan “Keksalar haftaligi” O’zbekiston tumanida ham yuqori saviyada tashkil etilmoqda.
Bugun haftalik doirasida tumanning Yakkatut qishlog’i, "Umid" tantanalar saroyida yuzdan ziyod nuroniylar, mehnat faxriylari ishtirokida bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, tuman hokimi Sherzodjon Yuldashev, tuman sektorlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Bir piyola choy ustida kechgan uchrashuvda keksa avlod vakillari bugungi kunga shukronalar aytib, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida iqtisodiyotimiz yanada rivoj topib, turmush darajamiz tobora yuksalib borayotganini alohida e'tirof etishdi.
Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, keksalarni e'zozlash, kattalarga hurmat kabi fazilatlar, oilada yoshi ulug’larning bosh bo’lib bir kichik jamiyat sifatida hayot kechirishi O’zbek xalqigagina xos bo’lgan eng ulug’ qadriyatlardan biri ekanini ta'kidlab, bu qadriyatni kelajak avlodga yetkazish, bolalikdan yoshlarning ongiga singdirish milliy o’zligimizni yuksaltirish yo’lidagi eng katta targ’ibot bo’lishini, bunda nuroniy otaxon va onaxonlarning o’rni va roli katta ekanini qayd etdi.
Farzandlari va nabiralari qurshovida keksalik gashtini surib, ularga o’z o’git va nasihatlari bilan hayot yo’lini o’rgatib borishning nima ekanini unutgan G’arb tomonidan dunyoning har burchagida taqdim etishga urinilayotgan demokratik tamoyillar aynan ko’chirib olishga O’zbek jamiyati uchun mos kelmasligini aytib o’tgan viloyat hokimi, davlat qadriyatlar bilan to’yinganlar oilalardan iborat ekanini, xalqimiz orasida mavjud “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Jannat onalar oyog’i ostidadir”kabi hikmatli iboralar nuroniy otaxon va onaxonlarimizni e'zozlash, ularni hayotdan rozi qilish, qo’limizdan kelganicha umrlarini uzaytirish asrlar davomida eng buyuk qadriyatlarimizdan asosiysi bo’lib kelganining belgisi ekanini ta'kidladi.
Xayrullo Bozorov, hayotiy tajribaga ega, turmush sinovlarida toblangan, ko’pni ko’rgan yoshi ulug’ insonlar, keksa va nuroniylarning maslahatlari, pand-nasihatlari jamiyat rivoji uchun katta ahamiyat kasb etishini aytib, yig’ilganlarni bu borada faol bo’lishga, yoshlarni to’g’ri yo’lga yetaklashda, mahalliy davlat organlari rahbarlari faoliyatini ochiq baholab borishda yanada kengroq rol olishga chaqirdi.
To’kin dasturxon atrofidagi suhbatlar viloyatimizdagi taniqli san'atkorlar ijrosidagi kuy-qo’shiqlar, go’zal taronalar bilan davom etdi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube