
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMLIGIDA YAPONIYA TASHQI SAVDONI RIVOJLANTIRISH TASHKILOTINING MAMLAKATIMIZDAGI VAKOLATXONASI RAHBARI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

2021-10-13 14:48:59 289
Bugun viloyat hokimining o’rinbosari — viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Iqboljon Ergashev “JETRO” Yaponiya tashqi savdoni rivojlantirish tashkilotining O’zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Dzyun Takaxashi bilan uchrashdi.
Viloyat hokimligida o’tgan uchrashuvda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ularning aniq yo’nalishlarini belgilash kun tartibidan o’rin oldi.
Samimiy ruhda kechgan muloqotda Dzyun Takaxashiga Farg’onaning investitsion salohiyati to’g’risida atroflicha ma'umot berildi. Shu bilan birga davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli O’zbekiston va Yaponiya o’rtasida yaqin do’stlik aloqalari o’rnatilganligi, pirovard natija o’laroq yaponiyalik investorlar tomonidan Farg’ona viloyatiga katta qiziqish bildirilayotganligi ta'kidlandi.
Yaponiya kompaniyalarini viloyatimizga yanada ko’proq jalb etish, viloyatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport hajmini kengaytirish, shu bilan birga kunchiqar mamlakatga malakali ishchi kuchi yuborish uchun o’quvlarni yo’lga qo’yish maqsadida shu yilning noyabr oyida biznes forum tashkil etilib, startaplar va loyihalar taqdimotini o’tkazish masalasi atroflicha muhokama qilindi.
Forumga tayyorgarlik doirasida joriy yilning 28 oktyabr kuni yuzga yaqin yaponiyalik kompaniyalar ishtirokida vebinar o’tkazilishiga kelishib olindi.
“JETRO”ning O’zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari viloyatimizdagi yirik ishlab chiqarish korxonalari va Farg’ona shahridagi monomarkazda joylashgan Yaponiyaning "Yamato IT Academy" markazi faoliyati bilan ham tanishishi ko’zda tutilgan.
JETRO – Yaponiya Hukumati tomonidan 1958 yilda tuzilgan tashkilot bo’lib, Yaponiya va dunyoning 54 mamlakati o’rtasida o’zaro savdoni rivojlantirish va investitsiyalarni olib kirish bo’yicha ko’mak ko’rsatadi. Uning vakolatxonalari dunyoning 74 ta shahrida mavjud.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube