
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
VILOYAT FILARMONIYASINING MODDIY-TEXNIK BAZASI MUSTAHKAMLANADI, FAOLIYATI RIVOJLANTIRILADI

2021-10-19 10:13:26 398
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun O’zbekiston davlat filarmoniyasi Farg’ona viloyat hududiy bo’linmasida bo’lib, bu yerdagi shart-sharoitlar hamda ijodiy guruh faoliyati bilan tanishdi. Joriy yildan e'tiboran viloyat filarmoniyasi Qirgulidagi “Kimyogar” madaniyat saroyi bino va inshootlarida faoliyat yuritmoqda.
Filarmoniya rahbari Otabek Muhammadzohid viloyat hokimiga filarmoniya faoliyati hamda taqdim etilayotgan ijodiy dasturlar haqida ma'lumot berdi. Ijodiy izlanishda ekanliklarini, yangi san'atkorlarni kashf etish hamda filarmoniyaga jalb etish bo’yicha qator ishlar amalga oshirilayotganini qayd etdi.
Xayrullo Bozorov filarmoniyaning kontsert zali, mashg’ulotlar xonalarini, ovoz yozish studiyasini ko’zdan kechirdi. Ijodiy guruh bilan muloqot davomida san'atkorlar o’z repertuarlaridan o’rin olgan turli yo’nalishdagi qo’shiqlardan parchalar ijro etdilar.
Filarmoniya faoliyati bundan buyon har tomonlama qo’llab-quvvatlanishini, moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, faoliyati rivojlantirilishini ta'kidlagan viloyat hokimi, qisqa muddatlarda ijrochilar va raqqosalar uchun zamonaviy sahna liboslari sotib olish, filarmoniya mashg’ulot xonalarini ta'mirlash hamda isitish tizimini kuchaytirish, viloyat teatr va san'at saroyida, shuningdek shahar va tumanlar markazlarida filarmoniya kontsertlarini tashkil etish bo’yicha viloyat mas'ullariga tegishli topshiriqlar berdi. Shuningdek, filarmoniyaga olib keluvchi ichki yo’llar asfaltlanadigan bo’ldi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube