
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONA SHAHRIDA G’ALLADAN QISQARGAN MAYDONLARDAN SAMARALI FOYDALANISH BO’YICHA YANGI TIZIM ISHLAB CHIQILADI

2021-10-19 10:16:26 309
Farg’ona viloyati hududlarini qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish bo’yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar doirasida Farg’ona shahridagi g’alladan qisqargan maydonlarda raqobatbardosh mahsulotlar yetishtirishni ko’paytirish imkoniyatlari o’rganib chiqilmoqda.
Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov shaharning Beshbola mavzesidagi 407 gektar g’alladan qisqaradigan maydonda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.
Tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda eng samarali ekin turini tanlash hamda qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi sub'ektlarning manfaatdorligini ta'minlash bu jarayonda asosiy omil bo’ladi.
Ilmiy asoslangan intensiv agrosanoat tizimini yo’lga qo’yish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasidagi salohiyatini yanada oshirish hamda eksport imkoniyatlarini kengaytirish uchun kooperatsiya usulida ish tashkil etish rejalashtirilmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube