
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV KOREYA-O’ZBEKISTON BIZNES ASSOTSIATSIYASI RAHBARINI QABUL QILDI

2021-10-19 18:20:14 271
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun Koreya-O’zbekiston Biznes assotsiatsiyasi rahbari Edvard Kim, assotsiatsiyaning YEvroosiyo aloqalari direktori Vang Jun Xo hamda viloyatdagi vakolatxonasi rahbari Yun Jeong Sokdan iborat koreyalik ishbilarmonlar guruhini qabul qildi.
Muloqot chog’ida Farg’ona viloyatining Koreya Respublikasi bilan hamkorligini yangi bosqichga ko’tarish masalalari yuzasidan keng qamrovli fikr almashinildi.
Uchrashuvda Hanshin Engineering & Construction tomonidan Qo’qon shahrida Koreya sifati va texnologiyasi asosida barpo etilishi rejalashtirilayotgan 5000 xonadonli K-Town turar-joy majmuasi loyihasini amalga oshirish jarayonlarini jadallashtirish masalasi ham alohida muhokama qilindi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube