
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VILOYATI DELEGATSIYASI «SO’G’D-2021» XALQARO SAVDO YARMARKASIDA MUHIM KELISHUVLARGA ERISHDI

2021-10-20 19:19:09 369
Bugun, 20 oktyabr kuni Xo’jand shahridagi «Qasri Varzish» stadionida turli davlatlar va viloyatlarning investitsiya va turizm salohiyatini ifoda etgan ko’rgazmalar tashkil etildi.
Tadbirning tantanali ochilish marosimida so’z olgan So’g’d viloyati raisi Radjabboy Ahmadzoda tashrif uchun mehmonlarga minnatdorchilik bildirdi. Xorijiy davlatlar, xususan, O’zbekiston bilan do’stona munosabatlar rivojlanib borayotganini qayd etdi.
Shundan so’ng Tojikiston hukumati a'zolari, delegatsiyalar rahbarlari bilan birgalikda ko’rgazmalar ko’zdan kechirildi. E'tiborlisi, Farg’ona viloyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar mehmon-u mezbonlarda iliq taassurot qoldirdi. Tojikistonlik tadbirkorlar, jurnalistlar katta qiziqish bildirdilar.
Mehmon ishbilarmonlar bilan joyning o’zida hamkorlik qilish, investitsiya kiritish masalalarida kelishuvlarga erishildi. Don, qurilish mahsulotlari va boshqa yana bir qator yo’nalishlarda 3 mln. AQSh dollariga yaqin eksport shartnomalari imzolandi.
Turizm yo’nalishida ham Farg’ona va So’g’d viloyatlari mutasaddilari o’rtasida 1,5 mln. AQSh dollari miqdoridagi memorandumlarga imzo chekildi.
Xalqaro savdo yarmarkasida viloyatimizdan qatnashgan tadbirkorlar tomonidan jami bo’lib 11 mln. 500 ming AQSh dollarlik shartnomalar tuzildi.
Shu kuni ikki viloyat mas'ullari savdo-investitsiyaviy va turizm aloqalarini yanada jonlantirish bo’yicha chora-tadbirlar yuzasidan kelishib oldilar.
Farg’ona viloyati delegatsiyasining Tojikiston Respublikasining So’g’d viloyatiga qilgan ikki kunlik tashrifi o’z yakuniga yetdi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube