
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VILOYATIDA HINDISTONNING “LNCT” XUSUSIY UNIVERSITETI BILAN QO’SHMA TIBBIYOT INSTITUTI TASHKIL ETISH REJALASHTIRILMOQDA

2021-10-22 20:15:31 253
Mamlakatimizning Dehlidagi elchixonasi sog’liqni saqlash hamda ta'lim sohasidagi O’zbekiston-Hindiston hamkorlik aloqalarini ilgari surish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida Farg’ona viloyati hokimligi hamda Hindistonning “LNCT” xususiy universiteti o’rtasida videokonferentsiya aloqa shaklida muloqot tashkil etildi.
“LNCT” xususiy universiteti 2015 yilda Hindistonning eng yirik shtatlaridan biri hisoblangan Madxya–Pradeshning ma'muriy markazi Bxopal shahrida tashkil etilgan. Mazkur oliy o’quv yurtida nafaqat Hindistonda, balki butun jahonda talab yuqori bo’lgan muhandislik, menejment, farmatsevtika, tibbiyot, ayurveda (an'anaviy tibbiyot), qishloq xo’jaligi va huquq yo’nalishlarida 15 mingga yaqin talaba, jumladan, xorijlik yoshlar tahsil oladi.
“LNCT” universiteti xalqaro aloqalar bo’yicha prorektori Svapna Singx Hindiston universitetining Farg’ona viloyatida qo’shma tibbiyot instituti tashkil etishga tayyorligini ma'lum qilib, ushbu loyihani amalga oshirishning birlamchi kontseptsiyasini taqdim etdi.
Hindiston vakillari, shuningdek, “LNCT” universiteti rahbariyatining hamkorlar bilan muzokaralar olib borish va qo’shma loyihani ishga tushirish shartlari bilan batafsil tanishish uchun O’zbekistonga tashrif buyurish niyatini ma'lum qildi.
Viloyat hokim o’rinbosari Iqboljon Ergashev viloyatda xorijiy investorlar uchun turli sohalarda, jumladan, ta'lim yo’nalishida yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar hamda qulay tadbirkorlik muhiti haqida tanishtirib, viloyatda tibbiyot yo’nalishida yangi o’zbek-hind institutining ochilishi Hindistonning ilg’or ta'lim texnologiyalarini respublikamizga joriy qilishga ko’maklashishini alohida qayd etdi.
Hindistonning ayurveda sohasidagi ulkan tajribasini hisobga olgan holda muzokaralar chog’ida bu yo’nalishdagi hamkorlikni yo’lga qo’yish borasida ham fikr almashildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube