
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMLIGIDA NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI O’TKAZILDI

2021-10-25 15:09:09 349
Viloyat ishbilarmonlari hamda tadbirkorlarini qiynayotgan masala va muammolarni hal etish, ularga yanada qulay muhit va sharoit yaratish maqsadida tashkil etilayotgan bu galgi qabulda 70 nafardan ziyod murojaat ko’rib chiqildi.
Viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Avazbek O’rinboyev va viloyat hokimi o’rinbosari - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Iqboljon Ergashevlar tadbirkorlar murojaatlarini birma bir tinglab, tegishli tashkilot va idoralar mas'ullari ishtirokida ularni hal etish chora-tadbirlarini belgiladilar.
Viloyat “Tadbirkorlar uyi”da o’tkazilgan qabulda viloyatning shahar va tumanlaridan kelgan tadbirkorlar 100 o’rinli savdo majmuasi, xizmat ko’rsatish shaxobchasi, xususiy klinika tashkil etish uchun yer maydoni ajratish, debitor qarzdorlikni undirish, 2 qavatli avtoturargoh tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini tiklash, egalik huquqini tiklash, kompensatsiya to’lovini undirish, aqlli bekat tashkil etish, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun kredit olish, eko do’kon tashkil etish, elektr, gaz ta'minotini yaxshilash va yana boshqa masalalarda murojaatlar qildilar.
Murojaatlarning ijrosi yuzasidan tegishliligi bo’yicha mas'ul mutasaddilarga tezkor va aniq vazifalar berildi. Qonuniy jihatdan qanoatlantirish imkoniyati mavjud bo’lmagan murojaatlar bo’yicha tadbirkorlarga tushunchalar berildi hamda loyihalarini takomillashtirish bo’yicha amaliy yordam berilishiga kelishildi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube