Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYATIMIZDA TEKSTIL MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISHDA USHBU SOHADA DUNYO PESHQADAMLARIDAN BO’LGAN BANGLADESH TAJRIBASIDAN FOYDALANISH YO’LGA QO’YILADI

×

 2021-10-25 19:09:40    302

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimining o’rinbosari - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Iqboljon Ergashev bugun viloyat hokimligida Bangladesh eksportyorlar assotsiatsiyasi maslahatchisi, “Bangalore RMG Centre” kompaniyasi prezidenti, “Best Sourcing” boshqaruv Kengashi raisi Mehdi Mahbubni qabul qildi.

Suhbat chog’ida Farg’ona viloyatida ishlab chiqarilayotgan tayyor turdagi yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga zamonaviy boshqaruv tizimini olib kirish va eksport bozorini kengaytirishda Bangladesh tajribasini qo’llash yuzasidan fikr almashildi.

Tekstil sohasida taniqli xalqaro ekspert bo’lgan Mehdi Mahbub, so’nggi yillarda “O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasi mamlakatimizda tekstil sohasi rivojiga jahon andozalarini tadbiq etish hamda malakali mutaxassislar tayyorlash masalalarida hamkorlik qilib keladi.

Joriy yilning noyabr oyida Bangladeshning yirik ishlab chiqaruvchi va eksportyorlari bo’lgan “Masco Group”, “V&R Fashions Ltd”, "Urmi Group", "ABA Group" kabi kompaniyalar vakillarining viloyatimizga tashrifi rejalashtirilmoqda.

Kunning ikkinchi yarmida viloyatdagi yengil sanoat sohasidagi ishlab chiqaruvchilar ishtirokida Bangladesh tajribasiga bag’ishlangan seminar-davra suhbati tashkil etildi va B2B uchrashuvlar bo’lib o’tdi.

Bangladesh paxta xom ashyosini to’liq import qiluvchi davlat bo’lsada, 2020 yilda 32 mlrd. dollarlik tayyor kiyim kechaklarni ishlab chiqarib, eksport qilishga erishdi. Hozirgi kunda bu mamlakat kiyim kechak mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi bo’yicha dunyoda Xitoydan keyin ikkinchi o’rinda turadi. 5000 dan ortiq bangladeshlik ishlab chiqaruvchilar mahsulot sotuvi mamlakat eksportini 84 foizini tashkil etadi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube