
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
GERMANIYA KOMPANIYALARI FARG’ONAGA KATTA QIZIQISH BILDIRMOQDA

2021-10-26 16:54:35 325
Bugun viloyat hokimining o’rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Iqboljon Ergashev viloyat hokimligi qabullar uyida Germaniyaning “AV Consulting” kompaniyasi vakili Andreas Vorig boshchiligidagi ishbilarmonlar bilan uchrashdi. Unda “ABM-technik”, “Vitronic”, “Tatweer”, “Gühring” kompaniyalarining O’zbekistondagi vakillari ham qatnashdilar.
Samimiy uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirgan Andreas Vorig, “AV Consulting” kompaniyasi YEvropa davlatlari va Turkiyada samarali faoliyat olib borayotganligini, tadbirkorlar tomonidan mahsulotlar, jihozlar sotib olinayotganda moliyaviy masalalarda to’g’ri qarorlar qabul qilishlariga ko’mak ko’rsatib kelinayotganligini aytib o’tdi. Xususan, Farg’onada ham obodonlashtirish yo’nalishida zamonaviy texnikalar xarid qilish va sotib olingan texnikalarga xizmat ko’rsatishda yordam berish niyatida ekanliklarini ma'lum qildi.
“ABM-technik” kompaniyasi vakili esa temir va plastmassani qayta ishlovchi uskunalar sotib olinishida, ularning o’rnatilishida, mazkur jihozlarga servis xizmatni amalga oshirishda o’z takliflarini ilgari surdi. Mehmonlar arzon narx va yaxshi sifat uchun harakat qilishlarini, mahsulotlarni mahalliylashtirishga, to’g’ridan to’g’ri xorijiy kreditlardan foydalanishga ko’mak ko’rsatishlarini ta'kidlashdi.
O’z navbatida Iqboljon Ergashev Germaniya bilan aloqalar so’nggi yillarda mustahkamlanib borayotganligiga, germaniyalik investorlar tomonidan viloyatga katta qiziqish bildirilayotganligiga ishtirokchilar e'tiborini qaratdi.
Shuningdek, kundan kun obod va ko’rkam bo’lib borayotgan Farg’onani yanada obodonlashtirish yo’nalishida germaniyalik kompaniyalar, investorlar bilan hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdi.
Ushbu hamkorlik doirasida noyabr oyida Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasida germaniyalik va farg’onalik tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv tashkil etiladi. 2022 yil fevral oyida esa viloyat delegatsiyasi Germaniyaga amaliy tashrif bilan boradi. Tomonlarning taklif va loyihalari o’rganib chiqilib, o’zaro kelishilgan holda shartnomalar imzolanishi uchrashuvda ma'lum qilindi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube