Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


ERONLIK ISHBILARMONLAR FARG’ONADA INVESTITSION LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISHNI REJALASHTIRMOQDALAR

×

 2021-10-27 15:29:35    246

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimining o’rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Iqboljon Ergashev viloyat “Tadbirkorlar uyi”da eronlik investorlar bilan uchrashdi.

Mehmonlar uchta yo’nalishda o’z investitsion takliflarini ilgari surdilar. Jumladan, investor Javad Beik Zarea 300 ta yangi ish o’rinlari yaratiladigan va loyiha qiymati 3 million 150 ming dollarga teng qog’oz va qadoq mahsulotlari ishlab chiqarish, loyiha qiymati 1 million 600 ming dollarga teng tekstil mahsulotlari korxonasi tashkil etish, shuningdek, plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarish yo’nalishlarida Farg’onada ish boshlash istaklari borligini aytib o’tdi.

Viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev viloyatimizga ko’plab chet ellik investorlar kelayotganini, ushbu yo’nalishda Farg’ona respublikada eng oldi o’rinlarda ekanligini, chunki, hududda katta bozor mavjudligini hamda qulay biznes muhiti shakllanganini ta'kidladi. O’zbekistonda ishbilarmonlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar, mavjud talablar haqida tushuntirib o’tdi. Eronliklar ko’p qavatli turar-joylar qurish uchun investitsiya kiritish shartlari bilan ham qiziqdilar va bu ularga ma'qul keldi. 

Shundan so’ng investorlar o’zlari kabi boshqa eronlik tadbirkorlar bilan birga noyabr oyida shartnomalar tuzish maqsadida yana viloyatimizga kelishlarini ma'lum qilishdi. Unga qadar o’zaro kelishuvga erishish jarayonlarini davom ettirishga kelishib olindi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube