Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 100 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADAGI PREZIDENT MAKTABI TANTANALI OCHILDI

×

 2021-10-29 16:42:48    780

PDF yuklash
Chop etish


Bugun 29 oktyabr kuni Farg’ona shahrida Prezident maktabining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirni ochib bergan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov o’z so’zida ushbu ta'lim dargohiga viloyatimizning eng zukko, eng bilimli, va eng odobli-ahloqli durdonalari yig’ilganini ta'kidlab, Prezident maktablari bitiruvchilari Uchinchi Renessans bunyodkorlari bo’lishlariga, ushbu ta'lim maskanidan katta olimlar, davlat arboblari yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.

Viloyat hokimi Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan bugungi davlat siyosati zamirida yoshlarga e'tibor va g’amxo’rlik, ularga zamonaviy bilim berish va iqtidorini rivojlantirish mujassam ekanini qayd etib, yoshlarning sifatli bilim olishlari hamda barkamol bo’lib ulg’ayishlari uchun, ta'limni isloh qilish uchun ulkan sarmoya kiritilayotganini, yaqinda bo’lib o’tgan saylovlar davomida Prezidentimizning saylovoldi dasturlarida hamda joylarda o’tkazilgan uchrashuvlarida asosiy e'tibor bilimga qaratilganini ta'kidladi.

 - Prezident maktablari har bir viloyatda ochilyapti. Ular o’rtasida ham endi raqobat bo’ladi. Mana shu bilimlar raqobatida Farg’onaning yoshlari eng birinchilar qatorida bo’lishiga tilakdoshman, - dedi viloyat rahbari o’z so’zi yakunida. 

Shundan so’ng, so’z olgan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova, Oliy Majlis Senati a'zosi, viloyat yozuvchilari uyushmasi rahbari Enaxon Siddiqovalar Prezidentimiz tashabbuslari bilan mamlakatimizning eng iqtidorli va bilimli yoshlari uchun bunyod etilgan maktab, tom ma'noda yuksak imkoniyatlar maktabi bo’lib qolishini ta'kidladilar. 

Viloyat hokimi bilan muloqot qilgan maktab o’quvchilari, yaratib berilgan sharoit uchun Davlatimiz rahbariga tashakkur bildirib, o’z javoblarini ilm-fan, ijod va sportdagi yutuqlari bilan izhor etishga va'da berdilar.

Shundan so’ng mehmonlar maktab faoliyati hamda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar, o’quv jarayonlarini kuzatdilar. 

2,4 gektar maydonda qad rostlagan va yoshlar ta'lim-tarbiyasi uchun barcha shart-sharoitlarga ega muhtasham Prezident maktabini qurish hamda jihozlash uchun 76 milliard so’m mablag’ sarflandi.

Viloyat miqyosida 9537 nafar o’quvchilar Prezident maktabi o’quvchisi bo’lish maqsadida imtihon jarayonlarida ishtirok etishdi va eng salohiyatli, eng bilimli, eng munosib 144 nafar yoshlar saralab olindi. Ularning 113 nafarini o’g’il bolalar, 31 nafarini esa qizlar tashkil qiladi.

Ta'kidlab o’tish joizki, Prezident maktabda o’quv jarayoni ham tubdan yangi texnologiyalar asosida tashkil etilgan. O’quv jarayoni Kembrij universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o’quv rejalar va dasturlar bo’yicha ingliz tilida amalga oshiriladi. Prezident maktablarining tashkil etilishi bilan mamlakatimiz ta'lim tizimida “STEAM – ta'lim” eng ko’p ishlatilayotgan, mohiyati endigina anglashilayotgan iboralardan biriga aylandi. Maktabda xuddi shu dastur asosida “STEAM” fanlar – tabiiy fanlar, texnologiya, texnik ijodiyot, san'at, matematika chuqurlashtirib o’rgatiladi. 10 nafar xorijlik mutaxassislar o’quvchilarga dars beradilar. 

Muhtaram Prezidentimiz so’zlari bilan aytganda, “Xalqning, mamlakatning buyukligini tarannum etadigan narsalar ko’p. Lekin eng afzali bilim bilan namoyon etish. Yoshlarimiz orasidan Xorazmiylar, Ibn Sinolar, Ulug’beklar chiqishiga barcha asoslarimiz bor.”











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube